22
Kurkalarning qadimgi ajdodi Markaziy va Shimoliy
Amerikaning janubiy
qismidagi o‘rmonlarda keng tarqalgan yovvoyi kurka (Meleagrus gallopono)
hisoblanadi, ularni Meksika hindulari xonakilashtirgan (15-rasm).
15-rasm. Yovvoyi kurka
Tuyalar
- qumloq erli cho‘l va sahrolarda yashashga moslashgan. Ularning
ikki turi:
ikki o‘rkachli yoki baktrian
(Camelus bactrianus) va
bir o‘rkachli
yoki dromedar (Camelus dromedarus)
mavjud (16 va 17-rasmlar).
16-rasm. Bir o‘rkachli tuya 17-rasm. Ikki o‘rkachli tuya
Tuyalar eramizdan taxminan 1000 yil avval Markaziy va O‘rta Osiyoda
hamda Hindistonning ayrim erlarida qo‘lga o‘rgatilgan degan ma‘lumotlar bor.
Baktrian tuyalar yirikroq bo‘lib,
asosan Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, quyi
Povoljeda, dromedar tuyalar esa Shimoliy Afrika,
Janubiy Osiyoda, Kavkazda
boqiladi. O‘zbekistonda ikki o‘rkachli, Turkmanistonda esa bir o‘rkachli
tuyalar
23
ko‘proq yashaydi. Baktrian tuyalar serjun va sergo‘sht, dromedar tuyalar esa sersut
va vazni jihatidan kichikroq bo‘ladi.
Cho‘chqalar
O‘rta dengiz, Shimoliy Evropa, O‘rta Osiyo va Sharqiy Osiyo
o‘lkalarida oddiy yovvoyi cho‘chqa – to‘ng‘iz (kaban – Sus scrofa) dan kelib
chiqqanligi aniqlangan.
Hozirgi cho‘chqa zotlarining deyarli hamma dastlabki ajdodlari:
Evropa
to‘ng‘izi, Hindiston to‘ng‘izi va ola to‘ng‘iz
dan tosh
asrining oxirlarida kelib
chiqqan (18-rasm).
18-rasm. To‘ng‘iz (yovvoyi cho‘chqa)
19-rasm. Таrpаn.
24
Otlar
qachon va qanday ajdodlardan kelib chiqqanligi to‘g‘risida har xil
fikrlar bor. Lekin,
arxeologik qazilmalar, olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy
izlanishlar natijalariga ko‘ra, otlar bundan 10-11 ming yil avval (muzlik davrining
oxirlarida) o‘rmon otlari va dasht tarpanlaridan kelib chiqqan (19-rasm).
Ular janubi-sharqiy Evropa o‘rmonlari va Osiyoda yashagan. Lekin
Dostları ilə paylaş: