O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



BIRINCHI QISM 
 
I BOB
―HAYVONLAR SELEKSIYASI‖ FANIGA KIRISH 
 
Fanning maqsadi va vazifalari.
―Hayvonlar seleksiyasi‖ fanining asosiy 
maqsadi – hozirgi kunda mavjud hayvon zotlarini sifat jihatdan yaxshilash va 
takomillashtirish, zamonaviy, sanoat asosidagi chorvachilik texnologiyasiga mos 
keladigan yangi, sermahsul zotlarni yaratish nazariyasi va metodlarini ishlab 
chiqishdan iborat. 
―Seleksiya‖ so‘zi o‘zbek tiliga tarjima qilinganda ―tanlash‖ ma‘nosini 
anglatsada, uning mazmun-mohiyati faqatgina tanlash bilan chegaralanib 
qolmaydi. Hayvonlar seleksiyasi fanining vazifasi, sermahsul hayvonlar zotini 
yaratish, uy hayvonlari evolyutsiyasining qonuniyatlarini tadqiqot qilishdan iborat. 
Shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish uchun zamon talablariga javob bera 
oladigan seleksiya ishlarining yangi, takomillashgan shakl va usullarini ishlab 
chiqish hayvonlar seleksiyasi oldida turgan asosiy vazifalar qatoriga kiradi. Buning 
uchun: 
1.
Hayvonlarni kompleks belgilari asosida tanlash va bir-biriga har 
tomonlama mos keladigan urg‘ochi va erkak hayvonlarni saralash (juftlash); 
2.
Yosh mollarni maqsadli tarzda parvarishlash, katta yoshdagi 
hayvonlardan ratsional ravishda foydalanish; 
3.
Seleksiya ishlarining ob‘ekti hisoblangan hayvon zotlari va turlarining 
bioxilma-xilligini o‘rganish va saqlash; 
4.
Irsiy o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini tahlil qilish; 
5.
Hayvonlar fenotipining rivojlanishiga ichki va tashqi muhit omillarining 
ta‘sirini o‘rganish talab etiladi. 
Hayvonlarda seleksiya-naslchilik ishlarini rivojlantirish ko‘p jihatdan 
chorva mollari va parandalar mahsuldorligiga bog‘liq. Shuning uchun, avvalo, 
seleksiya-naslchilik ishlarini jadallashtirish, yangi, sermahsul zot va zot guruhalari 
yaratish, mavjud zotlarni takomillashtirish, duragaylash ishlarini kengaytirish, 



sanoat asosida chatishtirish tadbirlarini keng qo‘llash muhim vazifalardan 
hisoblanadi. Shuningdek, fanni rivojlantirishda eng muhim xo‘jalik ahamiyatiga 
ega bo‘lgan belgilarning nasldan-naslga o‘tish qonuniyatlarini bilish va ularni 
chorvachilik amaliyotida qo‘llay olish zarur.
Hayvonlar seleksiyasi o‘simliklar seleksiyasiga nisbatan bir qancha o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, hayvonlar uchun asosan jinsiy ko‘payish 
xarakterlidir. Shuning uchun har qanday zot, murakkab geterozigotali tizim 
mahsuli hisoblanadi. Ikkinchidan, ko‘pchilik hayvon turlarida jinsiy etilish 
muddati juda kech kuzatiladi, tug‘ilgandan keyin bir necha yillar o‘tgach ko‘payish 
va avlodlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Uchinchidan, hayvonlarning nasl berish 
qobiliyati o‘simliklarga nisbatan bir necha baravar kam bo‘lib, umri davomida
sanoqli miqdordagina (sigir, qo‘y va echkilar 10-15 bosh, cho‘chqalar – 150-200 
boshgacha) nasl qoldiradi. Shuning uchun seleksiyachi olimlar hayvonlardan 
maksimal darajada foydalanish, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish 
maqsadida tanlash va saralashning yangi, zamonaviy usullarini yaratib, amaliyotga 
joriy etmoqda. Ularga hayvonlarni sun‘iy urug‘lantirish, jinsiy mayillikni 
sinxronlashtirish 
va 
superovulyatsiyani 
yuzaga 
chiqarish, 
murtakni 
transplantatsiyalash (ko‘chirib o‘tkazish), hujayra va gen muhandisligi usullari 
orqali transgen hayvonlar olish va boshqalarni misol keltirish mumkin. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin