7
ikki tipi: oddiy past bo‘yli va chopqir tiplarini ko‘paytira boshladilar. Yilqilar
asosan harbiy maqsadlarda va og‘ir ishlar uchun foydalanar edi.
Quldorlik tuzumi davrida hayvonlarni tana
tuzilishiga qarab baholash
to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘la boshlandi. Rus davlatidagi slavyan-chorvadorlar
Xorazm davlati bilan naslli mollarni oldi-sotti ishlarini yurgiza boshladilar. Lekin
bu davrda, hali zot to‘g‘risidagi tushunchaga ega emasdilar. Gibridizatsiya
(duragaylash) ham ma‘lum edi. Hangi eshaklarni biya
bilan chatishtirib xachir
olingan.
Feodal tuzumi davrida ham chorvachilik unchalik tez rivojlana olmadi.
Chunki xo‘jalikning tarqoq holda yashashi, qabila va davlatlar o‘rtasidagi
ko‘psonli
urushlar, savodsizlik kabi illatlar chorva mollarini urchitish usullarini
takomillashtirishga yo‘l bermas edi. Yangi hayvon zotlarini
yaratish nihoyatda
sekinlik bilan, faqat ayrim davlatlardagina ko‘zga tashlanar edi. Madaniy turmush
darajasi ancha yuqori bo‘lgan Sharq davlatlarida otlarning
axal-tekin va arabi
zotlari
yaratildi (1 va 2-rasmlar).
Dostları ilə paylaş: