12
1996 yilda Angliyalik olimlar tomonidan qo‘ylarni
genetik klonlashtirish
bo‘yicha olib borilgan eksperiment natijalari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Buning
uchun qo‘yning sut bezidagi somatik hujayralardan foydalanildi.
Tuxum
hujayrasidagi
yadro olib tashlanib, uning o‘rniga sut
bezi somatik xujayrasining
yadrosi kiritildi. Hosil bo‘lgan diploidli zigota elektroshok ta‘siri natijasida yadro
bo‘linishining morula bosqichida boshqa (retsipient) qo‘y
bachadoniga murtak
transplantatsiyasi yo‘li bilan kiritildi. Retsipient sovliq 148 kundan so‘ng
tirik
qo‘ziladi va unga Dolli laqabi berildi.
SAVOLLAR:
1.
Hayvonlar seleksiyasi maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
2.
Kapitalizm davrida hayvonlar selektsiyasining rivojlanishiga qanday
omillar turtki bo‟ldi?
3.
Kapitalizm davrida qancha va qanday hayvon zotlari yaratildi?
4.
Hvyvonlar seleksiyasining rivojlanishiga hissa qo‟shgan olimlarga misol
keltiring
5.
Hayvonlar seleksiyasining o‟simliklar seleksiyasidan farqlanishi va
o‟ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.
6.
Hayvonlar seleksiyasida qo‟llanilayotgan zamonaviy usullariga misollar
keltiring
TEST TOPSHIRIQLARI:
1. O‘zbekistonda Hayvonlar seleksiyasi fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan
olimlarni ko‘rsating
A. S.N.Kuleshov, A.A.Atbashyan, A.A.Raximov
B. N.P.Chirvinskiy, N.O Mavlonov, U.N.Nosirov
C. P.F.Kiyatkin,, A.A.Rahimov, Sh.A.Akmalxonov
D. U.N.Nosirov, S.A.Arzumanyan, I.A.Tapilskiy
Dostları ilə paylaş: