8
VI-IX asrlarda qadimgi Rus davlatida slavyanlar yilqichilik va
qoramolchilikni rivojlantirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bu erda
davlat yilqichilik zavodlari tashkil etildi, xolmogor zotli qoramollarning nasldorlik
sifatini yaxshilashga harakat qilindi.
Feodal tuzumi o‘rniga kapitalizmning almashinishi qishloq xo‘jaligini
tubdan o‘zgartirib yubordi.
Sanoatning rivojlanishi, shahar aholisining o‘sishi,
savdo-sotiqning keng avj olishi, oziq-ovqat va xom-ashyoga bo‘lgan talab va
ehtiyojning ortishi, chorvachilik va hayvonlar seleksiyasining rivojlanishiga qulay
sharoit yaratdi. Kapitalizm davriga kelib, birgina XVIII asrda 100 dan ortiq hayvon
zotlari (qoramol, qo‘y, cho‘chqa, ot, paranda) yaratildi. Angliyalik chorvadorlar
R.Bekvell, Ch.Kolling, I.Tuley dunyoga mashhur bo‘lgan shortgorn, gereford
qoramol
zotlarini, yirik oq cho‘chqa zoti, ingliz chopqir ot zotlarini yaratdilar.
Yangi zot yaratish bilan bir qatorda, hayvonlar mahsulot turi bo‘yicha ham
ixtisoslashtirila boshladi.
Hayvon zotlari yaratish Rossiya, O‘rta Osiyo va Bolqon davlatlarida ham
rivojlana boshladi. XVIII asrda Rossiyada Orlov yo‘rtoqi ot zoti,
Bolqon
davlatlarida – sigay qo‘y zoti yaratildi.
XVIII-XIX asrga kelib hayvonlar seleksiyasi bo‘yicha naslchilik ishlari
gurkirab rivojlana boshladi. Juda ko‘p davlatlarda otchilik zavodlari,
qoramolchilik, qo‘ychilik va cho‘chqachilikka ixtisoslashtirilgan naslchilik
xo‘jaliklari tashkil etila boshladi. 1773 yilda Angliyada otlarning birinchi nasllilik
kitobi
nashr etildi, keyinchalik boshqa davlatlarda ham har xil turdagi
hayvonlarning nasllilik kitobi yaratila boshladi.
Qo‘ylarni bonitirovka qilish, erkak hayvonlarni avlodining sifatiga ko‘ra
baholash yuritila boshladi. Shu davrga kelib mollarni sersutlik va sutining
seryog‘lik ko‘rsatkichlarini
nazorat qilib borish, naslli mollar ko‘rgazmasi va
kimoshdi savdosi, otlarni ippodromlar (otchopar maydonlari) da sinash tadbirlari
o‘tkazila boshladi.
9
Chorvador-seleksiyachilarning katta amaliy yutuqlari asosida tanlash va
saralash, hayvonlarning mahsuldorlik va nasldorlik sifatini yaxshilash usullari
ishlab chiqildi.
Hayvonlar seleksiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan
dunyo
olimlari qatoriga K.Burjeliya (1712-1779) - ekster‘er ta‘limoti asoschisi, J.Byuffon
(1703-1788) - chatishtirish asoslarini ishlab chiqqan, Yustinus, G.Natuzius,
Zettegas va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Rus olimlaridan M.I.Livanovning (1711-1800) sutchilik yo‘nalishidagi
qoramol zotlarini ko‘paytirish va naslini yaxshilash, mayin junli qo‘ychilikni
ko‘paytirish, qon-qarindoshli urchitishning ahamiyati, erkak hayvonlarni naslining
sifatiga ko‘ra
baholash, tashqi muhit omillarining hayvon zotlari sifatiga ta‘siri
kabi ilmiy ishlari chop etildi.
XIX-XX asrlarda hayvonlar seleksiyasining rivojlanishiga o‘zining ilmiy
ishlari bilan katta hissa qo‘shgan olimlardan A.A.Maligonov, P.N.Kuleshov,
M.F.Ivanov, U.F.Liskun, D.A.Kislovskiy. A.Raximov, Sh.A.Akmalxonovni
ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: