O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


―Hayvonlar seleksiyasi‖ fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

―Hayvonlar seleksiyasi‖ fanining rivojlanish tarixi. 
Hayvonlar seleksiyasi 
fanining rivojlanishi insoniyatning moddiy rivojlanishi va jamiyat taraqqiyotining 
iqtisodiy sharoitlari bilan bevosita bog‘liqdir. 
Chorvachilik, shu jumladan hayvonlar seleksiyasidagi dastlabki qadam 
yangi tosh asridan, ya‘ni hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishdan boshlanadi. Shu davrda
tabiiy yaylovlarga boy bo‘lgan hududlarda (Don, Dnepr, Sirdaryo havzalarida) 
cho‘pon qabilalari paydo bo‘lib, ular asosan hayvonlarni ko‘paytirish bilan 
mashg‘ul bo‘lgan. 
Quldorlik tuzimining vujudga kelishi yilqichilik va mayin junli 
qo‘ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qadimgi Tog‘li Oltoyda yilqichilikning 



ikki tipi: oddiy past bo‘yli va chopqir tiplarini ko‘paytira boshladilar. Yilqilar 
asosan harbiy maqsadlarda va og‘ir ishlar uchun foydalanar edi. 
Quldorlik tuzumi davrida hayvonlarni tana tuzilishiga qarab baholash 
to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘la boshlandi. Rus davlatidagi slavyan-chorvadorlar 
Xorazm davlati bilan naslli mollarni oldi-sotti ishlarini yurgiza boshladilar. Lekin 
bu davrda, hali zot to‘g‘risidagi tushunchaga ega emasdilar. Gibridizatsiya 
(duragaylash) ham ma‘lum edi. Hangi eshaklarni biya bilan chatishtirib xachir 
olingan. 
Feodal tuzumi davrida ham chorvachilik unchalik tez rivojlana olmadi. 
Chunki xo‘jalikning tarqoq holda yashashi, qabila va davlatlar o‘rtasidagi 
ko‘psonli urushlar, savodsizlik kabi illatlar chorva mollarini urchitish usullarini 
takomillashtirishga yo‘l bermas edi. Yangi hayvon zotlarini yaratish nihoyatda 
sekinlik bilan, faqat ayrim davlatlardagina ko‘zga tashlanar edi. Madaniy turmush 
darajasi ancha yuqori bo‘lgan Sharq davlatlarida otlarning 
axal-tekin va arabi 
zotlari
yaratildi (1 va 2-rasmlar). 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin