O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Дурагайлаш
Дурагайлаш
усули
усули
билан
билан
олинган
олинган
ҳ
ҳ
айвонлар
айвонлар
21-rasm. Arxar x Merinos = Arxaromerinos 
Arxaromerinos qo‘y zotlari mustahkam konstitutsiyali, baland bo‘yli, 
tog‘larda yaxshi harakatlana olish xususiyatiga ega bo‘lib, go‘sht yo‘nalishidagi 
qo‘y zotlariga xos bo‘lgan ko‘kragining chuqur va kengligi, tez etiluvchanligi


27 
sutdorlik va nasldorlik belgilarining yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi (21-
rasm).
Qo‘chqorlarining tirik vazni 100-110 kg, sovliqlari 60-65 kg, 
qo‘chqorlarining jun qirqimi 7-10kg, sovliqlariniki 3,5 – 4,5 kg, toza holdagi 
yuvilgan jun chiqimi 50 – 55%. Juni ingichka va mayin bo‘lib, 22-23 mkm, tola 
uzunligi 8-9 sm ni tashkil etadi. 
Xachir (mul).
Eshak (hangi) bilan ot (biya)ni chatishtirish natijasida olingan 
duragay avlod (22-rasm) 
xachir
deyiladi. Mocha eshak bilan ayg‘ir chatishtirilishi 
natijasida olinadigan duragay avlodlar esa loshak deb ataladi. Xachir bilan loshak 
bir–biridan chidamliligi, baquvvatligi va bo‘y-bastiga ko‘ra farq qiladi. Xachirlarni 
turli xil ot sporti o‘yinlarida qatnashtiradi, ular loshaklarga nisbatan ancha 
baquvvat va yirikroqdir. Xachirning rangi asosan, biya (onasining) rangiga bog‘liq 
holda irsiylanadi. Xachirlar 40 yilgacha yashashi mumkin, har xil kasalliklarga 
chidamli, oziqalarga talabchanligi kam, tirik vazni 300-400 kg dan (yuk 
ko‘taruvchi tiplari) 400-600 kg gacha (yuk tortuvchi tiplari) etadi. Xachirlarga xos 
bo‘lgan xususiyatlardan biri shuki, ularda urg‘ochi vakillarining vazni 
erkaklarinikiga nisbatan og‘irroqdir. Individual xususiyatiga ko‘ra, xachirlar tirik 
vaznining 18-20 % gacha bo‘lgan yuklarni ko‘tara oladi. Xachirlar Osiyo, Afrika, 
Janubiy Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika qit‘alari davlatlarida boqiladi. 
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha xachirlar 16 mln. boshni tashkil qiladi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin