O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Individual rivojlanishni boshqarish usullari



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Individual rivojlanishni boshqarish usullari.
Hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishini boshqarishning ham bir qancha 
usullari mavjud. Jumladan: 
Maqsadga yo’naltirilgan tarzda parvarish qilish usuli.
Hayvonlarni 
yoshligidan ma‘lum maqsadga yo‘naltirilgan tarzda parvarish qilish, uning 
mahsuldorligiga va mahsulot yo‘nalishiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishini soha 
mutaxassislari va olimlari tomonidan ko‘rsatib berilgan. Haqiqatdan ham yo‘rg‘a 
va chopqir otlarni yoshligidan mashq qildirib borilmasa, ularning kelib chiqishi va 
ota-onasining musobaqalardagi ko‘rsatkichlari qanchalik yuqori bo‘lmasin, 
ippodromda yaxshi tarbiyalangan va muntazam mashq qildirib borilgan, lekin kelib 
chiqishi bo‘yicha unchalik dong taralmagan otlar bilan bo‘lgan musobaqada g‘olib 
chiqishi qiyin bo‘ladi. Shuningdek, og‘ir yuk tortuvchi otlarni qanchalik mashq 
qildirmang, baribir chopqir otlar kabi tez chopa olmaydi, yoki qorako‘l qo‘ylarini 
qanchalik yaxshi parvarish qilmang, baribir mayin junli qo‘ylardek sifatli va 
sermahsul jun bera olmaydi. Shuning uchun yosh mollarni parvarish qilishda, 
ularning zoti, mahsulot yo‘nalishi va biologik xususiyatini e‘tiborga olgan holda, 
maqsadli parvarish qilish zarur. Bu hayvonlar individual rivojlanishini 
boshqarishning maqsadga yo‘naltirilgan tarzda parvarish qilish yoki tarbiyalash 
usuli
 
deyiladi.
Maqsadga yo‘naltirilgan tarzda parvarish qilishni amalga oshirish quyidagi 
tarkibiy qismlardan, ya‘ni elementlardan tashkil topadi: 1) ish yo‘nalishini 
aniqlash; 2) ta‘sir etish vositalarini tanlash; 3) ushbu ta‘sir etish vositalarini 
qo‘llash tartibi va vaqtini aniqlash; 4) ta‘sir etish vositalarini me‘yorlash. Ta‘sir 
etish vositalariga, misol tariqasida, yosh mollarda go‘sht va yog‘ to‘qimalarining 
jadal o‘sishini ta‘minlovchi oziqalar bilan to‘ygunicha mo‘l-ko‘l qilib 
oziqlantirish, ishchi hayvonlarda muskullarining rivojlanishini ta‘minlovchi 
mashqlar bajartirish (otlarda), sut mahsuldorligini ko‘paytirish maqsadida sut 
bezlarini massaj qilish, sog‘ish va h.k. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin