O’sish va rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar. Hayvonlarning o‘sishi va
rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillarning eng muhimlaridan biri ularning
irsiy xususiyatidir . Ikkinchi omil ularning
jinsidir . Bunda ko‘pincha erkak hayvonlar
urg‘ochilariga qaraganda tezroq o‘sadi.
Boqish, havoning harorati va namligi, yorug‘lik, asrash, parvarishlash,
motsion va hokazolar ham muhim omillardir. Yaxshi boqilgan yosh mollar tez
o‘sib, yaxshi rivojlanadi.
Hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishiga oziq miqdori va turi katta ta‘sir
ko‘rsatadi. Masalan, sut va em bilan boqilgan buzoqlarning tirik vazni og‘ir va
go‘shtdor bo‘lsa, sersuv va dag‘al oziqlar bilan boqilgan buzoqlar ixcham, sut
mahsulot yo‘nalishiga mansub bo‘ladi.
Molxonalarning nam va zax bo‘lishi hayvonlar sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir
ko‘rsatadi. Quyosh nuri, sun‘iy yorug‘lik etarli bo‘lsa, hayvonlar sog‘lom,
kasalliklarga chidamli va baquvvat bo‘lib o‘sadi, yosh mollar organizmida
moddalar almashinuvi jarayoni ancha jadal boradi. Bunga asosiy sabab, ular o‘sishi
va rivojlanishi uchun ko‘p oziq moddalar talab etishidir.
O‘sishni hisoblash. Qishloq xo‘jalik xayvonlarining o‘sishini aniqlash uchun,
asosan, ularning tanasini o‘lchash va tortish usullari qo‘llaniladi. Hayvonlarning
o‘sish darajasi
absolyut, ya‘ni ma‘lum davr bilan (sutka, oy hisobida), o‘sish
sur‘ati n
isbiy, ya‘ni oldingi vazni, yoshi va boshqa ko‘rsatkichiga nisbatan qancha
o‘sganligi hamda qancha semirganligi foiz hisobida aniqlanadi.
Masalan, buzoqning dastlabki tirik vazni 30 kg, bir oy o‘tgach, 45 kg
bo‘lgan. Bunda: 45-30 = 15 kg yoki sutkasiga 500 grammdan semirganligini
aniqlash mumkin.