O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Embrional davrda hayvonlarni individual rivojlanishini boshqarish usuli



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Embrional davrda hayvonlarni individual rivojlanishini boshqarish usuli. 
Hayvonlar genotipi xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha belgi va 


39 
xususiyatlarining rivojlanishini aniqlab beradi. Shuning uchun kerakli genotiplarni 
olish uchun hayvonlarni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda juftlashtirishda, ularning 
zoti va individual xususiyatlarini, nasldorlik sifatini, yoshi, konstitutsiyasi, tirik 
vazni, mahsuldorligi va sog‘lomligi e‘tiborga olinadi. Keyingi vaqtlarda 
immunogenetika va sitogenetikaning rivojlanishi natijasida erkak va urg‘ochi 
hayvonlarni saralashda qon guruhlari va immun tizivining, shu jumladan 
kariotipining o‘zaro mos kelishi e‘tiborga olinmoqda. 
Yirik va og‘ir vaznli nasl olish uchun hayvonlarni saralash rejalari 
tuzilayotganda onasining yirikligiga e‘tibor berish muhimdir. Chunki, hayvonlar 
seleksiyasida 
onalik effekti
degan qonuniyat bo‘lib, birinchi bo‘g‘in (F
1

avlodlarida gavda og‘irligi va yirikligi kabi irsiy belgilar, aksariyat holatlarda, ona 
tomonidan ko‘proq naslga o‘tar ekan. Masalan, poni ayg‘iri bilan shayr biyasi 
(og‘ir yuk tortuvchi ot zoti) chatishtirilganda, shayr ayg‘iri va poni biyasi varianti 
bo‘yicha chatishtirilganga qaraganda ancha yirik qulunlar olingan (27- rasm). 
27-rasm. Qulunlarning katta-kichikligiga onasining ta‘siri. 
Bunday misollar qoramolchilik, cho‘chqachilik va parandachilik tarmoqlarida 
ham ko‘plab qayd etilgan.
 
Genetik omillar ta’sirida hayvonlar individual rivojlanishini boshqarish usuli. 
Keyingi yillarda hayvonlarning individual rivojlanishini boshqarishda genetik 
usullardan foydalanish amalga tadbiq qilinmoqda. Shular jumlasiga fizik va ximik 


40 
olimlar tomonidan yaratilgan rentgen nurlari va yuqori faollikka ega bo‘lgan 
kimyoviy birikmalardan hayvonlar mahsuldorligini oshirish va rivojlanishini 
jadallashtirish 
maqsadlarida 
foydalanilayotganligini 
ko‘rsatish 
mumkin. 
Supermutagenlar( alkilsulfat, etilenimin va b.)ni mutatsion seleksiya amaliyotida 
qo‘llash natijasida yangi sermahsul o‘simlik navlari, mikroorganizm shtammlari va 
hayvon zotlarini yaratish imkoniyatlarini ochmoqda. Shunday supermutagenlardan 
foydalanish natijasida quyonlarning jun qoplami rangining o‘zgarishiga erishildi.
Har xil supermutagenlarni ta‘sir ettirish natijasida norka va shimol tulkilarining 
nasl berish qobiliyati oshirildi, tovuqlar tuxumi embrionini stimullashtirib, jo‘jalarni 
ochib chiqarish va saqlab qolish foizi ko‘tarildi, o‘sishi va rivojlanishi jadallashtirildi. 
Respublikamiz va xorijiy davlatlarda individual rivojlanishni boshqarishning 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin