O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Korrelyatsiya.
Organizmlarning o‘sish va rivojlanish jarayoni muayyan 
qonuniyat asosida vujudga kelishi mumkin. Ma‘lumki, organizmdagi barcha 
organlar o‘zaro chambarchas bog‘langan. Binobarin, biron organning shakli va 
funksiyasi o‘zgarishi, so‘zsiz, boshqa organlarga ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Bu 
organ va to‘qimalarning o‘zaro bog‘liklik qonuni, ya‘ni korrelyatsiya qonuniyati 
asosida vujudga keladi. 
Moslanish
(adaptatsiya) natijasida hayvon organizmi o‘sish va rivojlanish 
jadalligini tezlashtiradi yoki susaytiradi. Agar organizm kam oziq qabul qilishga 
moslashgan bo‘lsa, unda avvalo yog‘, muskul va suyak to‘qimalari o‘sishdan 
to‘xtaydi. Lekin nerv, yurak, ko‘rish, eshitish organlari rivojlanishda davom 
etaveradi. Bu xususiyat organizmning genotipik xususiyatlariga bog‘liq holda 
o‘zgarishi mumkin. 
Embrionalizm va infantilizm.
Organizmning to‘liq rivojlanishdan to‘xtab 
qolishi yoki sust holda rivojlanishi uning embrionlik davrida yuz berishi mumkin, 
unga 
embrionalizm 
deyiladi yoki postembrional davrida vujudga kelishi mumkin
unga 
infantilizm 
deyiladi. Buning asosiy sabablari organizm etarli miqdorda oziq 
moddalar bilan ta‘minlanmaganligi, kasal mollarni juda erta qochirish kabilardir. 
O‘sish va rivojlanish 
Barcha turdagi chorva mollari va parandalardalarning o‘sishi va rivojlanishi 
ota-onadan o‘tgan irsiy xususiyatlar va tashqi muhit ta‘siri asosida yuz beradi.
O’sish
organizm hajmi va salmog‘ining ortib borishi, organlari ham bo‘yiga, 
ham eniga kattalashib borishi hisoblanadi.


37 
Rivojlanish
 
organizmdagi sifat o‘zgarishlar hisoblanadi. Bu jarayon tuxum 
hujayraning urug‘lanishidan boshlanib, hayvonlar qariguncha davom etadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin