46
Piroplazmoz kasalligini qo‘zg‘atuvchi kanalar keng tarqalgan zonalarda, shu
kasallikka chalinmaydigan hayvon zotlarigina ko‘paya olishi mumkin.
Zotlarni
iqlimlashtirish
(aklimatizatsiyalash).
Zotlarning
yashash
sharoitiga moslashishi (adaptatsiyalanishi),
ularning nasl berishi, yashovchanligi,
konstitutsiyasining mustahkamligi, mahsuldorlik darajasi bo‘yicha aniqlanadi.
Zotlarning yangi sharoitga moslashish jarayoni akklimatizatsiya deyiladi,
hayvonlar va tashqi muhit sharoiti o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan
ekologiya deyiladi.
Hayvon zotlari tashqi muhit sharoitiga moslashish darajasiga ko‘ra 3
guruhga bo‘linadi:
1.
Yangi sharoitga tez moslasha oladigan zotlar. Bularga Qozog‘iston
sharoitiga
yaxshi moslashgan, Ukrainadan keltirilgan qizil cho‘l zotini misol
tariqasida ko‘rsatish mumkin. Mazkur zot Qozog‘iston sharoitiga yaxshi
moslashib, ayrim sigirlari sut mahsuldorligi bo‘yicha asl vatani –
Ukrainadagi
ko‘rsatkichlardan ham o‘zib ketdi.
2.
Yangi sharoitga dastlab yaxshi moslasha olmaydigan. Keyinchalik esa
ularni sof holda urchitilganda bir necha avloddan keyin yangi sharoitga yaxshi
moslashib ketadi. Shvetsariyadan simmental zotlarini Rossiyaga keltirilganda,
avvaliga, ular yaxshi moslasha olmasdan ko‘p kasal bo‘lar edi, qisir qolib, nimjon
va yashash qobiliyatiga ega bo‘lmagan nasl berar edi.
Keyinchalik, asta –sekin
ularning avlodlari Rossiya sharoitiga yaxshi moslashib, Shvetsariyadagiga nisbatan
ancha yuqori bo‘lgan rekord ko‘rsatkichlarga ega bo‘la boshladi.
3.
Yangi sharoitga umuman moslasha olmaydigan zotlar. Ular bir necha
avlod davomida sof holda urchitilganda o‘z belgilarini yo‘qotishi yoki tamoman
qirilib ketishi mumkin. Tajribalar natijasida issiq sharoitdagi hayvonlarni ob-
havosi
sovuq sharoitga olib kelinsa, sovuqdan issiq sharoitga keltirilgan
hayvonlarga nisbatan yaxshi moslashadi.
Hayvonlarning oziqalarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini uzoq vaqt davomida
ta‘minlay olmasa, ular oriqlab, ko‘taram
holiga kelib qoladi, bunda ularning
mahsuldorligi kamayibgina qolmasdan, tana tuzilishi va shakli ham buziladi.