45
ajralib turadi (qora-ola, qo‘ng‘ir, oq, qizil va h.k.). Har bir zotga xos bo‘lgan
boshqa fenotipik belgilari ham ko‘p uchraydi.
Zotlarning zot sifatida saqlanib qolishi uchun, ular ma‘lum
bir miqdorda
bo‘lishi va kamayib ketmasligi zarur. Akademik D.A.Kislovskiyning
ta‘kidlashicha, hayvonlarni zot sifatida tasdiqlash uchun,
uning tarkibida kamida
4500 bosh ona mollar va 150 bosh erkak hayvonlar bo‘lishi shart. M.F.Ivanov
yangi zot yaratilishi uchun, ular tarkibida kamida 5-6 ta qarindosh bo‘lmagan
tizimlar bo‘lishini ta‘kidlaydi.
Zotlar ancha keng tarqalgan bo‘lishi kerak, ya‘ni
tabiiy-iqlim sharoiti
turlicha bo‘lgan zonalarda tarqalishi va shunday sharoitga moslasha olishi zotning
rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Hayvonlarning yangi tabiiy-iqlim sharoitiga moslasha olish qobiliyati
qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha keng maydonga tarqalishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: