O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Nazariy tushuncha va ishni bajarish tartibi



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Nazariy tushuncha va ishni bajarish tartibi:
Eng avvalo genealogik tizim 
bilan zavod tizimi o‘rtasidagi farqni ajrata bilish lozim. Genealogik tizim deganda 
umumiy bitta urug‘boshi (ota) dan kelib chiqqan hayvon vakillari tushuniladi. 
Zavod tizimida esa hayvonlar nafaqat kelib chiqishi umumiy, balki tegishli tizimga 
xos bo‘lgan alohida sifat belgilari bilan ham ajralib turgan bo‘lishi lozim. Shunday 
xususiyatga ega bo‘lgan eng yaxshi tizim davomchilaridan yangi tizimlar 
yaratishda urug‘boshi sifatida foydalanish mumkin, yomonlari esa naslchilik 
ishlarida foydalanilmaydi. 
Tizimlar sxemasini tuzish va ularni tahlil qilish uchun hayvonlarning
nasllilik kitobi va xo‘jalikning birlamchi naslchilik hujjatlaridan foydalaniladi. 
Har bir tizim sxemasini tuzish va uni tahlil qilish uchun, mazkur tizimga 
mansub bo‘lgan kamida 30-40 nusxadan iborat hayvonlarning shajarasi va 
mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yozilgan individual kartochkasi bo‘lishi lozim va 
ulardan tarqatma material sifatida foydalaniladi. Talabalar kartochkadagi hayvon 
shajarasini ko‘zdan kechirar ekan, eng oxirgi (odatda IV) qatorning o‘ng 
chekkasidagi erkak hayvonning laqabi va individual nomerini topadi. Har bir 
hayvon shajarasidan tahlil qilinayotgan erkak hayvonning ketma-ketlikdagi 
avlodlari (o‘g‘li, nevarasi, chevarasi va x.k.)ning laqabi, mahsuldorlik 
ko‘rsatkichlari va ekster‘erini ish daftariga yozib olib, genealogik tizim sxemasini 


180 
tuzadi. Masalan, 77-rasmda Orlov zotiga mansub Epizod laqabli ayg‘irning 
shajarasida IV qatorning chetki o‘ng tomonida joylashgan ajdodlaridan Letuchiy 
laqabli ayg‘ir yozilgan. Uni ish daftarining chap betiga yozib qo‘yamiz, undan 
keyin esa izchil kelayotgan o‘g‘li – Smelchakni, nevarasi – Ptenesni, chevarasi – 
Voinni va oxirida, Epizodning o‘zi yoziladi: 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin