140
IKKINCHI QISM
AMALIY – LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
QISHLOQ XO‗JALIK HAYVONLARINING EKSTER‘YERINI
O‗RGANISH
Darsning maqsadi:
Qishloq xo‗jalik hayvonlarining ekster‘yeri to‗g‗risida
tushunchaga ega bo‘lish va ekster‘yer bo‗yicha baholashni o‗rganish.
Kerakli jihoz va materiallar:
qoramol, ot, cho‗chqa, qo‗y va parandalar yoki
ularning mulyaji, fotosurati, chorva mollarini ekster‘yeri bo‗yicha
baholash
shkalasi, o‗lchov tayog‗i, sirkuli va lentasi.
Nazariy tushuncha:
Ekster‘yer deganda, hayvon tanasining tashqi ko‗rinishi
va tana qismlarining joylashuvi tushuniladi. Hayvonlarni ekster‘yeriga ko‗ra baho
berish muhim ahamiyatga ega bo‗lib, unda turli xil hayvonlarning zot talablariga
ko‗ra tana tuzilishi,
ixchamligi, konstitutsiyasi,
fiziologik faoliyati, salomatligi
hisobga olinadi. Masalan, sersut sigirlarni ekster‘yeriga ko‗ra go‗shtdor sigirlardan
farq qilish va ularga baho berish ancha qulay. Bunday farqlar ko‗z bilan chamalab
aniqlanadi. Sersut sigirlarning qorni va
yelini katta, yirik hajmli, bo‗yni va oyoqlari
uzun,
ingichka, boshi yengil, terisi yupqa va cho‗ziluvchan, ya'ni
elastik va teri
ostidagi yog‗ qavati yupqa bo‗lsa, go‗shtdor sigirlarda buning aksini ko‗rish
mumkin.
Hayvonlarni ekster‘yeriga ko‗ra baholashda bir necha: ko‗z bilan chamalash,
o‗lchash, fotosuratlari asosida baholash usullaridan foydalaniladi.
Ko‗z bilan chamalab baholash ikki xil bo‗ladi:
1) zot xususiyatlari yaxshi ifodalang‗anligi, muchalari mutanosib
rivojlanganligi va sog‗lomlik belgilarini aniqlash;
2) tana qismlarini ball shkalasi asosida baholash. Hayvonlar ekster‘erini
baholashda 10 balli baholash shkalasidan foydalaniladi.
Hayvonlar ekster‘yerini ko‗z bilan chamalab baholashda aniq ko‗rsatkichlarga
ega bo‗lish qiyin.
Binobarin, hayvonlar tanasining qismlari o‗lchov tayog‗i,
141
o‗lchov sirkuli, shtangensirkul, ruletka (o‗lchov lentasi) bilan o‗lchanadi (66-
rasm). Shular asosida hayvonlarning tana indekslari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: