Naqshbandiya tariqatining mohiyatini belgilaydigan asosiy talablar:
1. Hush dar tam - tiriklik nafasda. Ichkaridan chiqayotgan har
bir nafas ogohlik va huzur
yuzasidan bo‟lishi, unga g‟aflat kirishiga yo‟l qo‟ymasligi kerak.
2.
Nazar bir qadam, yahni nazar qadamda. Solih yo‟l yurganida
uning nazari doimo oyoq
panjalarida bo‟lsin, nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin degan mahnoni beradi.
Safar
dar
vatan
-
Solih
odamiylikning
tabiatida
safar qilsin, yahni yomonliqdan yaxshilik tomon yursin degani.
Xilvat
dar
anjuman
-
Solih
tashqi
tomondan
xalq
bilan,
qalb bilan, Haq bilan bo‟lsin.
Bunga G‟ijduvoniy yana 4 aqidani qo‟shadi:
1.
Edkard
- bu til va dil zikri, yahni «Lo iloha illollohu Muhammadur Rasululloh»ni uch marta dilda
aytish.
2.
Bozgasht - har xil fikrlardan xalos bo‟lish, tashqi olamdan ajralishga intilish.
3.
Nigohdasht - xayo‟lni boshqa narsalarga bo‟lmaslik. Bunda xayo‟l quvvati, o‟z
amalidan qolish
malakasi hosil bo‟ladi.
4.
Yoddasht
Alloh
bilan
doimo
birga
ekanligidan
zavq
olishdir.
Yoddasht
hosil
bo‟lganda
Haq
muhabbati
ko‟ngilni
qamrab oladi, huzur baxsh etadi.
Bunga Naqshband, o‟z navbatida, quyidagi uch talabni qo‟shadi:
1. Vuqufi zamoniy - hamma vaqt Allohga shukronalik va uzr aytmoqdan voqif bo‟lish.
2.Vuqufi
adadiy
-
«Lo
iloha
illolloh»
kalimasini
ko‟p
aytish
emas,
balki
haqiqatni
anglash
va
zikr
toq
sonni
tashkil etishiga e‟tiborni berish.
3. Vuqufi Qalbiy - aytilgan zikrdan qalbning to‟liq ogoh bo‟lishi.
Nazorat savollari:
1.
Pedagogika tarixi
fanini predmeti, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat?
2.
Pedagogika tarixi fanining metodologiyasi nimaga asoslanadi?
3.
Buyuk olmon olimi Xerler: «SHarq Yevropaning muallimidir»
-deganda nimani
nazarda tutgan?
4.
«Pedagogika tarixi» fanini o‟rganish bo‟lajak o‟qituvchiga
qanday imkoniyat
yaratib beradi?
5. Musulmon maktablarida ta‟lim tizimi va mazmuni qanday edi?
6.Qur‟oni Karimda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar haqida so‟zlang.
7. Hadis ilmida qaysi davr “Oltin davr” deb nom oldi.
8. “Hadis” va “Sunnat” tushunchalarining mazmunini so‟zlab bering.
Adabiyotlar:
1.
Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: O„qituvchi, 1996.
2.
Hasanboev J., Hasanboeva O., Homidov H. Pedagogika tarixi. – T.: O„qituvchi, 1997.
3.
Safo Ochil., Hoshimov K. O„zbek pedagogikasi antologiyasi. – T.: O„qituvchi, 1999.
4.
Hoshimov K., Safo Ochil. O„zbek pedagogikasi antologiyasi. – T.: O„qituvchi, 2010.
5.
Dolimov U. Milliy uyg„onish pedagogikasi. – T.: NOSHIR, 2012.
6.
Ataeva N., Rasulova F., Hasanov S. Umumiy pedagogika (Pedagogika tarixi). – T.: “Fan va
texnoligiya”, 2011.