Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar


SHaxs tarbiyasida so’fizm va uning ahamiyati



Yüklə 358,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix22.09.2023
ölçüsü358,93 Kb.
#146575
1   2   3   4   5   6   7   8
6.SHaxs tarbiyasida so’fizm va uning ahamiyati. 
So‟fiylik VIII asr oxiri va IX asr boshlarida paydo bo‟lgan. Musulmon mamlakatlarida, ayniqsa, 
O‟rta Osiyoda keng tarqalgan oqim hisoblanadi. 
So‟fiylik butun SHarq ma‟naviy hayotida komil inson haqidagi g‟oyalarning shakllanishida 
muhim rol o‟ynadi. 
So‟fiylik nazariyasiga ko‟ra dunyo - butun olam, xudoning mujassamlanishi. 
Xudo barcha ko‟rinadigan narsalarda mavjud, narsalar esa xudoda mavjud. Dunyo - dunyoviy 
ruh shaklida butun olamga tarqalgan xudo singari yagonadir. Inson ana shu ruhning bir qismi, ertami-
kechmi u bilan qo‟shiladi. 
So‟fiylikning amaliy qismi axloqiy mehyorlar va hulq-atvor qoidalarining muayyan tizimidan 
iborat bo‟lib, bu mehyor va qoidalar xudbinlik va shaxsiy manfaatlardan o‟zini tiyishni talab etadi. 
So’fiylikda uch oqim mavjud:
Birinchi 
oqim: 
Mansur 
Xalloj. 
Fariduddin 
Attor, 
Jaloliddin 
Rumiy. 
Bular 
umuminsoniy 
g‟oyalarni 
ilgari 
suradilar. 
Ikkinchi oqim birinchilarning g‟oyasini islomlashtiradilar. Bular Imom G‟azzoliy (1058-1111 
y.), Ahmad Yassaviylardir (1041-1166 y.). 
Uchinchi oqim: Naqshbandiya ta‟limoti. 
Birinchi ta‟limotda dunyoni hissiy anglash ustun tursa, ikkinchi ta‟limotda so‟fiylikning asl 
mohiyatini amaliyot orqaligina anglab yetish mumkin, deyiladi. 
Uchinchi ta‟limotning asoschisi Xoja Abdulholiq G‟ijduvoniy Xojagon (keyinchalik 
Nashqbandiya) hisoblanadi (1103-1220 y.). 
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy - Bahovuddin Naqshband 1318 yilda Buxoroga yaqin 
Qo‟shki, Hinduvon qishlog‟ida tug‟ildi. Bahovuddin Naqshband Naqshbandiya tariqatining asoschisi. 
Naqshbandiylikning tarbiyaviy g’oyasi va inson ma’naviy – psixologik qiyofasi. 
Naqshbandiya ta‟limotining boshqa ta‟limotlardan farqi nimalardan iborat? 
1. Bu 
ta‟limot, 
asosan, 
halol 
mehnat 
qilish 
orqali 
kun 
kechirishni targ‟ib qiladi. Yahni: «Dil ba yoru, dast ba kor» (Dil Allohda, qo‟l ishda). 
2. Bu g‟oya tarafdorlari ichida Jomiy va Alisher Navoiy ham bo‟lgan. Bu g‟oya namoyondalari 
«Zikri aloniya» (ovoz chiqarib zikr tushish)dan, «Zikri xufiya» (Allohni ovozsiz yurakdan aytish)ni 
afzal bilganlar. 
3. Naqshbandiy sulukidagi valiylar bemorlardan kasallikni tortib, so‟ng bu kasallikni o‟zlaridan 
chiqarib tashlaganlar. 
4. Naqshbandiylar karomatfurushlikka yo‟l qo‟ymagan, har qanday bidhatga qarshi turgan. 
Avliyo‟lar kuch-quvvatini faqat ilm-fan rivojiga, xalqni ma‟naviy-ruhiy poklashga, zulm va 
bidhatlardan xalos bo‟lishga sarflaganlar. Nashqband avliyo‟lari boshqalardan ana shu 4 jihatdan 
farqlanadi. 
Xulosa qilib aytganda, Naqshbandiya tariqati G‟ijduvoniy va Yassaviy ta‟limotini birlashtirdi. 
Demak, so‟fiylik - bu muruvvat, mehnat, qanoat, diyonatdir. U inson hulqidagi barcha illatlar 
bilan kurashishni targ‟ib qiladi. 
So‟fiylar inson ma‟naviy-ruhiy komillikka erishishuchun to‟rt bosqichni o‟tishi kerak, deb 
hisoblaydilar: 

SHariat: diniy marosimlar va shariat aqidalari - taqvolarini aynan bajarish shariat qonunidir. 

Tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik - yahni fano, o‟zdan kechish, ko‟ngilni poklab, ruhni 
nurlantiruvchi faoliyat. 



Ma‟rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi xudo ekanini anglab yetish. SHunda u Orif
yahni bilimli, xudoni taniydigan bo‟ladi. 

Haqiqat: bunda so‟fiy xudoning dargohiga erishadi, vasliga vosil bo‟ladi, u bilan birlashadi, shu 
bilan inson foniy, yahni analhaq bo‟la oladi. 

Yüklə 358,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin