10- MAVZU: PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. IBTIDOIY JAMOADA
TARBIYA.ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA
PEDAGOGIK FIKRLAR.VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YATMIGACHA O’RTA
OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR.
Reja
1.
Pedagogika tarixi predmeti va vazifalari.
2.
Tarixiy yodgorliklarda inson tarbiyasi to‟g‟risidagi qarashlar.
3.
“Avesto” inson to‟g‟risidagi eng qadimiy yozma yodgorlik.
4.
O‟rxun – Yenasoy yodgorliklari va ularning ahamiyatlari.
5.
Islom madaniyati va tarbiya masalasini o‟rganishning ahamiyati.Qur‟on va uni tarbiyaviy
ahamiyati.
6.
SHaxs tarbiyasida so‟fizm va uning ahamiyati.Naqshbandiylikning tarbiyaviy g‟oyasi va inson
ma‟naviy – psixologik qiyofasi.
Tayanch so’z va iboralar: Pedagogika tarixi,yodgorliklar, “Avesto”, millat, fahr, Islom
madaniyati, Qur’on, psixologik qiyofa, tarbiyaviy g’oya, so’fizm
1.Pedagogika tarixi predmeti va vazifalari.
O‟zbek xalqi tarixan ta‟lim-tarbiya sohasida o‟ziga xos dorilfunun yaratgan. Zotan, o‟zbek
madaniyati, chunonchi sharqona milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti uzoq moziygacha borib yetgan
tarixiy ildizlar orqali oziqlanadi. Uning tarbiyaviy g‟oyalari o‟tgan har bir tarixiy davr va bosqichlar
davomida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini o‟zida mujassamlashtirgan holda tomir otdi.
O‟zbekistonda pedagogik tafakkur va ta‟lim-tarbiya taraqqiyoti tarixini shartli ravishda, asosan,
quyidagi uch davrga bo‟lib o‟rganish mumkin:
Oktyabr to‟ntarilishigacha bo‟lgan davr (1917 yilgacha).
SHo‟ro tuzumi davri (1917 yildan 1991 yilgacha).
Mustaqillik davri (1991 yildan keyin).
1-davr Zardushtiylik dinining chuqur ildiz otishi va shu dinning muqaddas kitobi -«Avesto»ning
Markaziy Osiyoga, Eronga yoyilishi bilan boshlanadi. VI-VIIasrlar Markaziy
Osiyoda Islom dinining
yoyilishi bilan xarakterlanadi.
VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlanib bordi.
Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish keskin ortdi. O‟sha davrda Al-Xorazmiy,
Al-Kindiy, Zakariya ar-
Roziya, Al-Beruniy, Al-Farg‟oniy, Ibn Sino, Az-Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi.
XV-XVI asrlarga kelib turkiy xalqlar Qozizoda Rumiy, Ulug‟bek,
Ali Qushchi, Haydar
Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Abulg‟oziy Bahodirxon singari allomalarni voyaga yetkazdi.
SHunday qilib, o‟tmishdagi progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlarning ta‟lim-tarbiyaga
oid fikrlarini o‟rganish pedagogik tafakkurning o‟sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga imkon
berdi.
Pedagogika tarixijamiyat taraqqiyoti qonunlariga tayangan holda
turli pedagogik nazariyalarni,
ta‟lim-tarbiyaning mazmun va metodlarini o‟rganish haqida bahs yuritadi. O‟tmishning pedagogik
tizimlaridagi ilg‟or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi.
Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogik hodisalarga davr talabi asosida
yondashadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo‟lganligini
ochib beradi,
ilg‟or qarashlarning taraqqiyot yo‟lini ko‟rsatib beradi.
Pedagogika tarixini o‟rganish o‟qituvchilarning faqat pedagogik madaniyatini oshiribgina
qolmay, balki ularning pedagogik mahoratini egallashiga ham yordam beradi,
chunki ushbu fan
o‟tmishning ta‟lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o‟rganadi, umumlashtiradi, ulardan
foydalanish imkoniyatlarini ko‟rsatadi.