Although Huns are said to have belonged to the tribes of Altaic language group, there were other
tribal unions speaking different languages as well. And among them were Turkic groups
of people on
whose history is based. Migration of Turkic and Mongolian group of people to the west started from the
earliest time. This can be proved by the study of western researchers on resemblance in facial features of
Mongolian and Sakas tribes,
who occupied Ural region, thus facial characteristics of two similar,
assimilated groups of people
2
Urxun-Enasoyqabr toshlarida yozilishicha Xun qabilalari Oltoy tillar guruhi tegishli bolgan o‟z
tillarini boshqa qabilalar bilan muloqotga kirishishning asosiy vositasi deb bilishgan.
Ular Turk
qabilalarining tamadduni manbasi bo‟lib hisoblanadi. Turk Va Mug‟ul qabilalar ning G‟arbga ko‟chish
dastlabki davrlari aks etgan. Bu Ural mintaqasini mo'g'ul va Sakas qabilalari tomonidan zabt etilgan,
G'arb tadqiqotchilari izlanishlariga ko‟ra bu xalqlarning tashqi korinishidagi o‟xshashliklariga asos
bo‟lgan.
Turkiy xalqlarning yozma ma‟rifiy yodgorliklari o‟ziga xos xususiyatga ega bo‟lib, ular yangi
davr kishisini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “O‟rxun-Enisey yodgorliklari», «Irq
yozuvlari» (ta‟birnoma) kabilardir.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan O‟rxun-Enisey
bitiklari VI-
VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo‟lib, ular ta‟lim-tarbiyaga oid qimmatli ma‟lumotlar beradi.
Toshga o‟yib yozilgan O‟rxun-Enisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, so‟ngra
Mo‟g‟ilistonning O‟rxun daryosi bo‟yidan topilib, daniyalik olim Vilg‟gelm Tomson 1893 yilda bu
yozuvlarni birinchi bo‟lib o‟qigan. O‟zbekistonda esa Oybek, O. SHarofuddinov, N. Mallaev, A.
Qayumov, N. Rahmonovlar mazkur yozuvlar bo‟yicha tadqiqot ishlarini olib bordilar va ularning ta‟lim-
tarbiyadagi o‟rnini yoritib berdilar.
Turk xoqonligining tashkil topishi. Bitiktoshlar va ularda ilgari
surilgan fikrlar
Mahlumki, VI asr o‟rtalariga kelib, Oltoy, Yettisuv, Markaziy Osiyo hududlarida turk xoqonligi
tashkil topdi. Bu xoqonlik g‟arbda Vizantiya, janubda Eron, Hindiston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh
edi.
Xoqonlik 604 yilda SHarqiy va G‟arbiy xoqonlikka ajralgan. Turk xoqonligi asosan 3 kishi:
Bilga Xoqon (Mo‟g‟ilyon), sarkarda Kul Tegin va vazir To‟nyuquqlar qo‟lida markazlashgan edi.
Bitiktoshlarda o‟z vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asoratdan olib chiqish,
ularning
birligini tahminlash xoqonlar Bo‟liyon, Istemi, Eltarish, Eltarishning o‟g‟illari Bilga xoqon va
lashkarboshi
Kul Tegin, ma‟naviy otalari To‟nyuquq zimmasiga tushgani hikoya qilinadi.
Kul Tegin Eltarish xoqonining kichik o‟g‟li, u 731 yilda 47 yoshda vafot etdi. 732 yili o‟rnatilgan
Bitik toshi Kul Teginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Ushbu bitikda Kul Tegin
tahriflanadi.
Ikkinchi bitiktosh Eltarish xoqonning katta o‟g‟li, Kul Teginning akasi Bilga xoqon sharafiga
735 yili o‟rnatilgan. Bilga xoqon o‟z yaqinlari tomonidan 734 yilda 50 yoshida zaharlab o‟ldirilgan. Bu
bitik ham Yo‟llig‟ Tegin tomonidan yozilgan. Uning xoqonligi davridagi ittifoqlik, adolat haqida fikrlar
aytiladi.
Dostları ilə paylaş: