O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasini
tayinlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son
qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida”gi
Nizomga muvofiq
soha ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi
Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi (keyingi o‘rinlarda –
Vazirlik
stipendiyasi)ni tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Vazirlik stipendiyasi o‘qishda, ilmiy izlanishlarda hamda ijtimoiy hayotda
muvaffaqiyatlarga erishgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti (keyingi o‘rinlarda – TATU)
va uning filiallari,
Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent
shahridagi Amiti universiteti,
“IT-Park University” raqamli universiteti bakalavriat (kunduzgi va masofaviy)
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1-2-3-bosqichni tamomlagan talabalari hamda TATU
va uning filiallari huzuridagi texnikumlar, TATU va
uning filiallari qoshidagi
akademik litseylarning o‘quvchilari (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik tizimidagi ta’lim
muassasalarining talaba va o‘quvchilari) uchun Vazirlik Tarmoq ilmiy-texnik
kengashi qarori asosida Vazirlikning buyrug‘iga muvofiq tayinlanadi.
3. Har o‘quv yilida Vazirlik stipendiyasi kvotasi ta’lim muassasalari bo‘yicha
quyidagicha taqsimlanadi:
TATUga –
10 ta
;
TATU filiallarining har
biriga
3 tadan
;
Toshkent shahridagi Inha universitetiga –
5 ta
;
Toshkent shahridagi Amiti universitetiga –
5 ta
;
“IT-Park University” raqamli universiteti –
3 ta;
TATU va uning filiallari huzuridagi texnikumlar hamda TATU va uning
filiallari qoshidagi akademik litseylar (keyingi o‘rinlarda –
texnikum
va litseylar)ning har biriga