Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


– «Bankning vakillik hisobvarag„i



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

........... – «Bankning vakillik hisobvarag„i. 
Kredit 
........... – «Ko„rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qim-
matliklari uchun to„langan mablag„lar
». 
Kredit 45917 
«
Boshqa xususiy mulk/aktivlarni sotish yoki dispo-
zisiya qilishdan olingan foyda» 
Agar nomoddiy aktivlarning sotilish bahosi qoldiq qiymatidan kam 
bo„lsa, oradagi farq 55910 
«
Boshqa xususiy mulk/aktivlarni sotish yoki 
dispozitsiya qilishdan ko„rilgan zarar» hisobvarag„iga kiritiladi. 
10.5. Moddiy qimmatliklarni ombordan berish va ulardan 
foydalanish hisobini yuritish 
Hisobvaraqlar rejasiga bank omboridagi asosiy vositalar “Ombor-
dagi asosiy vositalar” nomli 16561-hisobvaraqda, ombordagi kam baholi 
va tez eskiruvchi buyumlar esa “Ombordagi kam baholi va tez 
eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” nomli 19921-hisob-
varaqda hisobga olinadi. Ombordagi asosiy vositalar va ombordagi kam 
baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonadan yozma talabnomalar 
bo„yicha beriladi. Bu talabnomalarni imzolash va ombordan materiallar 
berishga ruxsat etish huquqi berilgan shaxslar to„g„risida buyruq chiqa-
rilishi kerak. Buyruq nusxasi mazkur shaxslar imzolarining namunalari 
bilan birga ombor mudiriga va buxgalteriyaga, hisobvaraq bo„yicha 
hisob yuritadigan xodimga topshiriladi.


187 
Qiymati tegishli hisobvaraqlarga kiritilishi kerak bo„lgan material-
lar uchun yozilgan talabnomalarda bank buyrug„i bo„yicha imzolash hu-
quqi berilgan tasarruf etuvchining ruxsat beruvchi imzosi bo„lishi lozim. 
Ombordan materiallar olish uchun yoziladigan talabnoma uch 
nusxada tuziladi. Ularda ko„zda tutilgan barcha rekvizitlar, shuningdek, 
talab qilinayotgan moddiy qimmatliklarning nomenklatura bo„yicha ra-
qamlari, nomi (navi), soni va maqsadi ko„rsatiladi. 
Talabnomalarning dastlabki ikki nusxasiga materiallar oluvchi 
ularni olgani haqida tilxat yozadi va bu qog„ozlarga materiallarni bergan 
omborchi imzo chekadi. 
Berilgan materiallar ombor hisob yuritish qaydnomalarida chiqim 
qilinganidan keyin omborchi talabnomaning ikkinchi nusxasini xrono-
logik tartibda o„zidagi chiqim hujjatlari yig„majildiga tikib qo„yadi. 
Birinchi nusxa buxgalteriyaga topshiriladi, uchinchisi esa materiallarni 
oluvchining qo„liga beriladi. 
Materiallar boshqa filialga jo„natilayotganda talabnomalar to„rt 
nusxada tuziladi. Ularning biri moddiy qimmatlik jo„natmasiga qistiri-
ladi, ikkita nusxasi buxgalteriyaga beriladi va to„rtinchi nusxasi ombor 
mudiriga beriladi. Talabnomalar umumiy summasiga materiallar sarfini 
hisob hujjatlarida aks ettirish uchun kirim-chiqim orderi tuziladi. 
Yoqilg„i va moylash materiallari haydovchilarga, shuningdek, 
boshqa xo„jalik materiallarni muayyan limitlar bo„yicha muntazam olib 
turadigan shaxslarga talabnomalarsiz, har bir oyda har bir oluvchi uchun 
tutiladigan limit kartalari asosida berilishi mumkin. Bu kartalarda beril-
gan materiallar summasi qayd etiladi. Ana shu limit kartalari asosida har 
oy oxirida materiallarning qiymati balansdan chiqariladi. 
“Omborda” ilova (sub) hisobvarag„i bo„yicha materiallar hisobi 
miqdor va qiymat ifodasida (turi va naviga qarab) yuritiladi. 
Qo„shimcha kitobda shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi, bundan 
tashqari, materiallar turlari hamda hisobdor shaxslar bo„yicha varaqcha-
lar va daftarlarda hisob olib boriladi. Varaqchaning old tomonida bank 
nomi, anjom nomi, daftar bo„yicha nomer, hisobvaraq nomeri, anjom-
ning narxi, anjomlar soni, anjomni beruvchining nomi, buxgalteriya 
yozuvi qayd qilingan sana ko„rsatiladi, shuningdek buxgalteriya xodim-
lari imzo chekadilar. Varaqchaning orqa tomonida anjom uchun javob-
gar shaxsning ismi sharifi, anjomlar soni va ular summasi, u saqlanayot-
gan joy ko„rsatiladi, shuningdek, buxgalteriya xodimlari imzo chekadi-
lar. Varaqchalar bir turdagi buyumlar guruhlari bo„yicha kartotekaga 


188 
joylashtiriladi. Asosiy vositalar hisobini yuritish daftari yil oxirida 
yakunlanmaydi va undagi yozuvlar yangi yilda davom ettiriladi. Moddiy 
qimmatliklar umumiy belgilangan tartibda yo„qlama qilib turiladi. Bank-
larning bosh buxgalterlari hisoblash, tashkiliy va boshqa turdagi texnika 
pasportlari u foydalanishdan chiqarilguncha saqlanishini ta‟minlaydilar. 
Xo„jalik materiallari balansdan chiqarilayotganda texnik pasportlar tex-
nikani hisobdan chiqarish hujjatlariga ilova qilinadi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin