257
7.5. Bank talabi bilan bank hisob raqami shartnomasi
sud orqali quyidagi
hollarda bekor qilinishi mumkin:
– mijozning hisob raqamida saqalanadigan pul mablag„lari miqdori, bank
qoida yoki shartnomaga ko„ra kam miqdorda bo„lganida, agar bu miqdor bank to-
monidan shu to„g„risida ma‟lum qilingandan so„ng, bir oy davomida tiklanmagan;
– hisob-kitob raqami bo„yicha yil davomida hech qanday operatsiyalar yuri-
tilmaganda.
Sud qarori bilan hisob raqami yopilgan taqdirda va hisob raqami to„xtatil-
gandan so„ng mijoz tomonidan bir oy davomida ma‟lumot bo„lmaganda
qoldiq
moliyaviy mablag„lar mijozning yuridik turar joy manzilgohidagi notarial tashki-
lotning depozit hisob raqamiga ko„chiriladi.
Hisob raqamidagi qoldiq mablag„lar mijozning topshirig„iga muvofiq, bu
haqda tegishli yozma ma‟lumotnoma olinganidan kamida yetti kun o„tgandan
keyin, mijozga berilishi yoki boshqa hisob raqamiga ko„chirilishi mumkin.
7.6. Bank hisob raqami shartnomasining bekor qilinishi mijozning bankdagi
hisob raqamining yopilishiga asos bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: