Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 To„lov topshiriqnomalari bo„yicha hisob-kitoblar



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

5.2. To„lov topshiriqnomalari bo„yicha hisob-kitoblar,
ularning hisobi va rasmiylashtirilishi 
 
To„lov topshiriqnomasi bu
– to„lovchi korxonaning uning bank-
dagi depozit hisobvarag„idan pul mablag„larining ma‟lum bir summa-
sini boshqa mijozning hisobvarag„iga o„tkazish haqida o„ziga xizmat 
ko„rsatuvchi bankka bergan topshirig„idir.
 
To„lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada 
to„lovchi tomonidan rasmiylashtirilib, bankka topshiriladi.
To„lov topshiriqnomalari orqali quyidagi to„lovlar amalga 
oshiriladi: 
– tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar; 
– notovar operatsiyalar bo„yicha hisob-kitoblar; 
– Markaziy bankning me‟yoriy hujjatlarida ko„zda tutilgan bo„lsa, bank 
ssudalari va unga qo„shilgan foizlarni qoplash uchun mablag„ o„tkazish;
– Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi 
bank to„lovlari. 
Ilgari to„lov topshiriqnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 
10 kun ichida bankka topshirilishi mumkin bo„lib, shu davr ichida u ha-
qiqiy hisoblanar edi. “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to„g„ri-
sida”gi yangi Nizomga asosan to„lov topshiriqnomasi rasmiylashtirilgan 
kun bankka taqdim etilishi lozim, ya‟ni topshiriqnomaning sanasi uni 
bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo„lishi kerak, ular mos 
kelmagan holda to„lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi. 
Lekin budjetga va budjetdan tashqari fondlar bo„yicha to„lovlar bundan 
mustasno. 
To„lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni 
to„lovchi va mablag„ oluvchilarning qaysi bankda joylashganligiga bog„-
liq. To„lovchi va mablag„ oluvchi korxonalar bir bank bo„limi xizmati-
dan foydalansalar, topshiriqnomalar bankka uch nusxada taqdim etiladi. 
Topshiriqnoma nusxalarining har biri quyidagicha ishlatiladi:
– birinchi nusxa to„lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas‟ul 
ijrochisi tomonidan imzo, to„lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish 
sanasi ko„rsatilgan, bankning to„rtburchak muhrining izi tushirilgan 
holda kunlik hujjatlar yig„masiga tikiladi; 
– ikkinchi nusxasi to„lov oluvchining hisobvarag„iga ilova sifatida 
mas‟ul ijrochi tomonidan imzo, to„lov amalga oshirilgan sana, bankning 


88 
to„rtburchak muhr izi tushirilgan holda to„lovni oluvchi korxona vakiliga 
beriladi; 
– uchinchi nusxa operatsiya bajarilgandan so„ng, bank bo„limining 
to„rtburchak shtampi izi tushirilgan, mas‟ul ijrochi tomonidan imzo
to„lovni amalga oshirish va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko„rsa-
tilgan holda to„lovchi korxona vakiliga ularning depozit hisobvarag„idan 
ko„chirma bilan birgalikda beriladi.
Lekin har doim ham bir-biri bilan munosabatda bo„lgan xo„jalik 
yurituvchi subyektlar bir bank xizmatidan foydalanmaydilar, chunki 
hisob-kitoblar bir hudud tashqarisiga chiqishi mumkin. Agar to„lovchi 
va mablag„ oluvchi korxonalarga bir hudud ichidagi yoki boshqa hudud-
da joylashgan turli bank bo„limlari tomonidan xizmat ko„rsatilsa, to„lov 
topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim etiladi: 
– birinchi nusxasi to„lovlar amalga oshirilgandan keyin bank 
mas‟ul ijrochisi tomonidan imzo, to„lov amalga oshirilgan sana, bank-
ning muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko„rsatilgan holda kunlik 
hujjatlar yig„masiga tikiladi; 
– ikkinchi nusxasi bank bo„limining muhr izi tushirilgan, bank 
mas‟ul ijrochisining imzosi, to„lov amalga oshirilgan sana va topshiriq-
nomani qabul qilish sanansi ko„rsatilgan holda to„lovchi korxona vaki-
liga beriladi. 
To„lov topshirig„ida quyidagi rekvizitlar ko„rsatilishi lozim: 
a) to„lov topshirig„ining nomi va nomeri. 
b) to„lov topshirig„i to„ldirilgan sana, ya‟ni kun, oy va yil. 
v) to„lovchining nomi, to„lovchi bankining nomi va kodi. 
g) to„lovchining hisobvaraq nomeri va identifikatsiya kodi. 
d) mablag„larni oluvchi korxona nomi, unga xizmat ko„rsatuvchi 
bank nomi va kodi. 
j) mablag„ oluvchining hisobvaraq nomeri. 
z) to„lovlarning summasi raqam va yozuvlarda ko„rsatiladi. 
i) to„lovning maqsadi. 
To„lov topshirig„ining barcha rekvizitlari to„ldirilgandan so„ng, 
topshiriqnomaning alohida ajratilgan pastki qismiga to„lovchi korxona 
rahbari va bosh buxgalterining imzosi hamda muhr izi qo„yiladi. Ushbu 
muhr va imzolar to„lov topshirig„ining faqat birinchi asl nusxasiga qo„yiladi. 
Korxonalardan hujjatlar qabul qilish, shartnomada boshqa narsa 
ko„zda tutilmagan bo„lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ish-
lash vaqtidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunda operatsion 


89 
kun davomida bank tomonidan korxonalardan qabul qilingan hujjatlar 
shu kunning o„zidayoq ijro qilinadi. Mas‟ul ijrochi mijozlardan to„lov 
topshirig„ini olgandan so„ng to„lov topshirig„idan barcha rekvizitlarning 
to„liq va to„g„ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Bundan tashqari, to„-
lovchi korxonaning depozit bo„yicha ochilgan hisobvarag„ida hujjatda 
ko„rsatilgan summani to„lashga yetarli pul mablag„lari borligini aniq-
laydi. Agar to„lov topshirig„i to„g„ri va to„liq rasmiylashtirilib, uni to„-
lashga yetarli pul mablag„lari bo„lsa, mas‟ul ijrochi topshiriqnomadagi 
barcha ma‟lumotlarni dasturiy yo„l bilan kompyuter orqali bankning 
elektron to„lovlarini amalga oshiruvchi hisoblash markaziga o„tkazadi. 
Ertasi kun ertalabdan kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgan-
dan keyin hujjatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig„majildiga 
tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy arxivda saqlanadi, bir yil 
o„tgandan so„ng umumiy bank arxiviga topshiriladi. To„lov topshiriqno-
masining ikkinchi nusxasi esa mijozning hisobvarag„idan ko„chirma 
bilan birgalikda operatsiyalar o„tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat sifati-
da mijozga qaytarib beriladi.
Ushbu bank operatsiyasi bo„yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi 
amalga oshiriladi: 
Debet To„lovchining “Talab qilinguncha saqlanadigan 
depozit” bo„yicha ochilgan hisobvaraq nomeri 
Kredit Mablag„ oluvchining “Talab qilinguncha saqlanadi- 
gan depozit” bo„yicha ochilgan hisobvaraq nomeri 
Ushbu operatsiyani misolda ko„rib chiqamiz. 
Davlat korxonasi xususiy korxonadan mahsulot sotib oldi. Davlat 
korxonasi sotib olingan mahsulotning pulini to„lash uchun to„lov 
topshirig„i rasmiylashtirib o„ziga xizmat ko„rsatuvchi bankka taqdim 
etdi. To„lov topshirig„i tegishli nazoratdan o„tkazilgandan so„ng, pul o„t-
kazish bo„yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajarildi: 
Debet 20210 “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab 
qilib olinguncha saqlanadigan depoziti”. 
Kredit 20208 “Xususiy korxonaning talab qilinguncha saqlana-
digan depoziti”. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin