Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

 

korxona tugatilganda;
 

bank talabi bilan. 
Asosiy hisobvaraq bo„yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasi-
ning farmoyishiga ko„ra, hisobvaraqdagi pul mablag„lari surishtiruvchi, 
tergovchi qarori bo„yicha yoki sud ajrimiga ko„ra xatlanganda to„xtatib 
qo„yiladi.
Bank hisobvarag„i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga 
hamda bank talabiga ko„ra bekor qilinadi. Bank talabiga ko„ra bank 
hisobvarag„i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi 
mumkin: 
– agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko„rsatilgan 
minimal miqdorda hisobvaraqda pul mablag„larini ushlab turmasa va bu 
haqda bank tomonidan ogohlantirilgandan so„ng, bir oy ichida belgilan-
gan summaga yetkazilmasa; 
– agar shartnomada boshqa muddat ko„rsatilmagan bo„lsa, kor-
xona hisobvarag„i bo„yicha 1 yil davomida operatsiyalar o„tkazilmasa.
Hisobvaraqdagi pul mablag„lari qoldig„i mijozning tegishli yozma 
arizasiga ko„ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko„r-
satmasiga binoan boshqa hisobvaraqqa o„tkaziladi. Bank hisobvarag„i shart-
nomasining bekor qilinishi hisobvaraqning yopilishi uchun asos bo„ladi. 
Agar shartnomada boshqa muddat ko„rsatilmagan bo„lsa, kor-
xona hisobvarag„i bo„yicha 6 oy, savdo-vositachilik korxonalarining 
hisobvarag„i bo„yicha 3 oy davomida operatsiyalar o„tkazilmasa, 
faoliyatini amalga oshirmagan hollarda banklar 3 kun ichida bunday 
korxonalar haqida korxona yoki tadbirkor ro„yxatga olingan soliq 
idorasiga xabar qilishlari shart. Sudning bank hisobvaraqlari bo„yicha 
operatsiyalarni to„xtatib qo„yish haqida qarori taqdim etilganda 
banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay hisobvaraqlarni yopishlari 
lozim. Bunda ham bank hisobvarag„i bo„yicha shartnoma bekor 
qilinadi. 


82 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo„lgan yuridik shaxslar 
ixtiyoriy tugatilayotganda, xabardor qilish muddatidan boshlab: 
A.
Ularning milliy valutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari
jamg„arma va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat ko„rsatayotgan 
banklar-tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi asosida mazkur 
hisobvaraqlarini yopadilar va uning to„lov topshiriqnomasi asosida ular-
dagi mavjud mablag„lar qoldiqlarini tugatilayotgan yuridik shaxslarning 
asosiy hisobvarag„iga o„tkazadilar. 
B.
Ularning chet el valutasidagi ikkilamchi depozit hisob-
varaqlari, jamg„arma va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat 
ko„rsatayotgan banklar – tugatuvchining ularni yopish haqidagi arizasi 
asosida mazkur hisobvaraqlarini yopadilar va uning to„lov topshi-
riqnomasi asosida ulardagi mavjud mablag„lar qoldiqlarini tugatilayot-
gan yuridik shaxslarning uning milliy valutadagi asosiy hisobvarag„i 
ochilgan xorijiy valutadagi talab qilib olinguncha depozit hisob-
varag„iga o„tkazadilar. 
C.
Yuridik shaxslarning asosiy hisobvarag„iga xizmat ko„rsatayot-
gan bank tugatish jarayoni tugagandan so„ng tugatuvchining arizasi aso-
sida bir ish kuni davomida asosiy hisobvarag„ini yopadi va tugatuvchiga 
asosiy hisobvaraqning yopilishi haqida ma‟lumotnoma beradi. 
Korxonani tugatish komissiyasi o„z ishini yakunlagandan so„ng hi-
sobvarag„ini yopish uchun mijoz korxonaning budjet oldidagi o„z 
majburiyatlarini bajarganliklari haqidagi davlat soliq idoralarining 
xulosasi, tugatish ishlari tugagani to„g„risida maxsus komissiya tomoni-
dan rasmiylashtirilgan bayonnoma, foydalanilmagan cheklar chek daf-
tarchasi bilan birgalikda bankka topshiriladi. Agar mijoz hisobvarag„ida 
kredit qoldiq mavjud bo„lsa ushbu qoldiq mijozlarning ta‟sischilariga 
yoki tugatish komissiyasining majlis qaroriga ko„ra boshqa hisobva-
raqqa o„tkaziladi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin