77
hisobvaraq ochish to„g„risida ariza;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug„ilganlik to„g„risida
guvohnoma);
imzo namunasi qo„yilgan varaqcha.
Ariza asosida jismoniy shaxs bilan bank o„rtasida shartnoma tuzi-
ladi va unda depozit shartlari belgilab qo„yiladi. Shartnomada depozitor-
larning hisobvaraq ochilayotganda jamg„arma yoki muddatli depozit
shartlari bilan tanishtirilishi ko„zda tutiladi hamda bu haqda depozitor bel-
gilangan shakldagi dastlabki hujjatlarga tegishli yozuv kiritib, imzo qo„yadi.
Budjet tashkilotlari ham jamg„arma va muddatli depozit hisobva-
raqlarini ochishlari mumkin, lekin ularning talab qilinguncha saqlanadi-
gan depozit hisobvaraqlariga budjetdan o„tkazilgan mablag„lari hisobi-
dan jamg„arma va muddatli depozit hisobvarag„i ochilishiga yo„l qo„yil-
maydi. Budjet tashkilotlari uchun jamg„arma va muddatli depozit hisob-
varaqlari faqat ularning budjetdan tashqari mablag„lari uchun ochiladi.
Buning uchun budjet tashkilotlari tomonidan bankka tegishli hisobvaraq
ochish uchun ariza taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: