74
sobvaraq ochgan. Unga quyidagi talab qilinguncha saqlanadigan hisob-
varaq nomeri berilgan.
20214000700430552001
Bunda:
20214 – qo„shma korxonalarning talab qilinguncha saqlanadigan
depoziti bo„yicha Bosh kitob balans hisobvarag„i;
000 – valuta kodi, bu uchta nol hisobvaraqning “so„m”da ochilgan-
ligini bildiradi;
7 – nazorat kaliti;
00430552 – ushbu mijozga BDMABda berilgan xosraqam;
001 – ushbu balans hisobvarag„i bo„yicha mijozning tartib nomeri.
Barcha hisobvaraq nomerlari bankda 61-shakldagi daftarda qayd
etiladi. Shaxsiy hisobvaraq nomerlari bank bosh buxgalteri tomonidan
imzolar va muhr nomunalari tushirilgan varaqchalarga hamda hisobva-
raq ochish haqidagi mijozning arizasiga yozib qo„yiladi.
4.2. Mijoz hisobvarag„i bo„yicha operatsiyalarni o„tkazish tartibi
Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraq-
lardagi mablag„lari bank uchun mablag„larining manbalari hisoblanadi.
Ulardagi mablag„lar bank balansining passiv qismida hisobga olib bori-
ladi. Mijozlarning depozitlari bo„yicha hisobvaraqlari mazmunan passiv
hisobvaraqdir. Shuning uchun hisobvaraqning saldosi (qoldig„i) uning
kredit tomonida bo„lib, mablag„larning kelib tushishi ham kreditda,
mablag„larning kamayishi hisobvaraqning debet tomonida aks ettiriladi.
Mijozlarning depozit bo„yicha hisobvaraqlaridan to„lovlar shu hisobva-
raq qoldig„i chegarasida o„tkazilishi lozim.
Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari orqali quyi-
dagi operatsiyalar o„tkazilishi mumkin:
9-jadval.
Dostları ilə paylaş: