72
raqlari bo„yicha bankka faqat hisobvaraq
egasi imzosining namunasi
qo„yilgan va notarial tasdiqlangan varaqcha topshiriladi.
Ushbu varaqchalar faqat yangi hisobvaraq ochilayotgandagina
emas, balki hisobvaraq bo„yicha bitta imzo o„zgargan yoki qo„shilgan
hollarda, korxona nomi o„zgarganda, yuqori tashkilot nomi o„zgarganda
birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega shaxslarning imzolari va muhr
izi tushirilgan holda bankka topshiriladi. Umuman varaqchalar 0401026
shaklda rasmiylashtirilib, muassis yoki notarius tomonidan tasdiqlangan
bo„lishi lozim. Bu hujjatning bank yozuvi uchun ajratilgan joyida varaq-
chani qabul qilishga ruxsatni tasdiqlovchi bank bosh buxgalterining im-
zosi qo„yiladi.
Bundan tashqari, kartochkaning orqa tomonida hisob-
varaqning nomeri va bank tomonidan korxonaga beriladigan pul chek
daftarchalarining nomerlarini qayd etish uchun alohida joy ajratilgan.
Demak, yuqorida sanab o„tilgan barcha hujjatlarning har biri ma‟-
lum
maqsadda tuzilib, hammasi birgalikda korxona rahbari tomonidan
bank boshqaruvchisiga topshiriladi. Bu hujjatlar bank huquqshunosi,
boshqaruvchisi tomonidan o„rganib chiqilgandan so„ng
hisobvaraq
ochish uchun ruxsatni bank boshqaruvchisi beradi. Boshqaruvchi hisob-
varaq ochish uchun roziligini arizaga maxsus ajratilgan joyga o„z imzo-
sini qo„yish orqali bildiradi.
Dostları ilə paylaş: