15
ota-onalarning (o’qitish uchun) to’lovlari, qo’shimcha pullik ta’lim;
jamoatchilik yordamlari;
boshqa xususiy manbalar (masalan,
tadbirkorlar va homiylarning, hayriya
tashkilotlarining moliyaviy yordamlari).
Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni
voyaga yetkazish hamda
ularning huquqlarini muhofaza qilish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshiril-
moqda. Xususan, 2015-2017-yillar mobaynida davlat byudjetining qariyb 60 foizi
ijtimoiy sohalarga yo’naltirilganligi, uchdan bir qismi ta’lim sohasiga safarbar qili-
nayotganligi ham kelajagimiz vorislariga bo’lgan g’amxo’rlikning yorqin
ifodasidir.
Uzoq
yillar
mobaynida
davlat
byudjetining
ijtimoiy
sohalarni
moliyalashtirishda yagona manba bo’lib kelganligi hech kimga sir emas. Ta’lim
tizimi ham klassik ijtimoiy soha sifatida bir necha o’n
yilliklar davomida
to’lig’icha byudjetga qaram soha bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham byudjet
xarajatlarining aksariyat qismi ta’lim tizimini ta’minlashga safarbar etilmoqda.
Xususan, ta’lim sohasiga ajratilgan byudjet mablag’lari davlat byudjetidan amalga
oshirilgan jami xarajatlarning o’rtacha 33-34 foizini tashkil etib kelmoqda.
Bundan
tashqari, davlatning maqsadli jamg’armalari (Kitob jamg’armasi,
Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi, Ta’lim va tibbiyot muassasalarining
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi), davlat tomonidan ta’limning
taraqqiyotiga jalb qilinadigan qarz mablag’lari (davlat ta’lim
tizimini
rivojlantirishga mo’ljallangan xorijiy zayomlarning qaytarilishini kafolatlaydi) va
grantlar xuddi davlat mablag’lari kabi ishlatiladi.
Ta’lim sohasi xodimlari faoliyatini baholash va rag’batlantirish mezonlari
tubdan o’zgartirildi. Masalan, keyingi 10 yilda kasb-hunar kollejlari, litsey va oliy
ta’lim muassasalarida ish haqining o’sish sur’atlari iqtisodiyotning real sohasidagi
ish haqi miqdoridan tahminan 1,5 barobar ko’p o’sdi. O’zbekiston ta’lim sohasini
rivojlantirish va isloh etishga yo’naltirilayotgan yillik
xarajatlar yalpi ichki
16
mahsulotning 10-12 foizini tashkil etib, bu tizimning davlat byudjeti xarajatlaridagi
ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.
Hozirgi kunda byudjet xarajatlarining aksariyat qismi ta’lim tizimini
ta’minlashga safarbar etilmoqda. Xususan, ta’lim
sohasiga ajratilgan byudjet
mablag’lari davlat byudjetidan amalga oshirilgan jami xarajatlarning: 2016-yilda –
33,7 foizini, 2017 yilda – 34,9 foizini, 2018-yil prognoz ko’rsatkichlari bo’yicha
esa 31,4 foizini tashkil qilgan (1-jadval).
1-jadval
Dostları ilə paylaş: