O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining ta’lim sohasiga xarajatlari
12
(foizda)
Ko’rsatkichlar
2016-y.
2017-y.
2018-y.
(prognoz)
Davlat byudjetining ta’lim xarajatlari
33,7
34,9
31,4
Davlat byudjetidan ta’lim xarajatlarining
YaIM dagi ulushi
7,2
6,6
6,6
Ta’lim muassasalari eng keng tarqalgan davlat muassasalari hisoblanadi.
Ularni qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash,
kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan davlat mablag’lari evaziga amalga
oshirilib
kelingan.
Ta’lim tizimining joriy va kapital xarajatlarini
moliyalashtirishda davlat byudjetining ahamiyati hali ham katta. Davlat
byudjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibida ham asosiy
o’rinni ta’lim xarajatlari egallaydi. Ular ijtimoiy-madaniy sohalarga ajratilgan
byudjet mablag’larining o’rtacha 68-69 foizini tashkil qiladi.
Bugungi kunga kelib ta’lim sektorining joriy va kapital ehtiyojlarini
to’laqonli ta’minlashda, davlat mablag’lari, shubhasiz, muhim o’rin egallaydi.
Lekin moliyaviy muammolarning keskinlashuvi va shu munosabat bilan byudjet
mablag’larining chegaralanganligi sharoitida davlat ta’lim muassasasalarining
moliyaviy holatini yaxshilash, ularning byudjetdan tashqari mablag’lardan
12
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining hisobot ma’lumotlari asosida muallif
tomonidan tuzildi. www.mf.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti.
17
foydalanish ko’lamlarini kengaytirish, ta’lim masalalariga keng jamoatchilik
e’tiborini jalb qilish masalalari o’z dolzarbligini yo’qotmaydi.
Bugungi kunda O’zbekistonda kasb-hunar kollejlarida ta’lim tizimi
o’zgarishi bu ayni damda faoliyat yuritayotgan kollejlarning “yoppasiga yopiladi”,
degani emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi
qarorida
13
kollejlar vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari, tijorat banklari va
yirik korxonalarga biriktirilishi belgilab qo’yilgan.
O’zbekistondagi kasb-hunar kollejlarining kelajakdagi qiyofasi haqida
gapirishdan avval, iqtisodiyoti u qadar rivojlanmagan mamlakatdan qisqa vaqt
oralig’ida yuqori texnologiyalar mamlakatiga aylangan, ushbu sohada katta
sakrashni amalga oshirgan Koreya, Finlyandiya va Singapur tajribasini ko’rib
chiqish maqsadga muvofiq.. Mamlakatlar bunday yutuqqa o’z ta’lim tizimiga
to’g’ri o’zgartirishlarni kiritgani, ta’lim tizimida to’g’ri siyosatni olib borgani
uchun erisha oldi. Ular o’qituvchilikka iste’dodli kadrlarni jalb qilish maqsadida,
ularning maoshi va obro’sini keskin oshirgan edi.
Kollejlar vazirlik va idoralar, buyurtmachi ish beruvchi korxonalar va tashki-
lotlarga biriktiriladi. Har bitta tayyorlov yo’nalishi bo’yicha rivojlanish konsep-
siyasi ishlab chiqiladi, milliy malaka talablari belgilanadi va kasbiy standart ishlab
chiqiladi. Kasbiy standart ma’nosi shuki, deylik, bitta ish o’rni ishchidan qanday
malaka va ko’nikmalarni talab qiladi, ushbu holat o’rganilib, shu asosda modulli
o’quv rejalari paydo bo’ladi. Ta’lim jarayoni esa doimiy ravishda takomillashtirilib
boriladi. Bundan maqsad – kasb-hunar ta’limi tizimi iqtisodiyot rivojlanishining
muhim komponentiga aylanadi, ya’ni kollejlarda yuqori malakali ishchilar,
zamonaviy kasb egalari, iqtisodiyotning o’rta bo’g’ini mutaxassislari tayyorlanadi.
Yaqin istiqbolda kasbiy standartlar, milliy malaka talablari xalqaro
kvalifikatsiya standartlariga mos ravishda ishlab chiqiladi. Bu degani, kollejlarda
13
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini
takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3504-son Qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 03.02.2018 y., 07/18/3504/0654-son)
18
jahon mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yiladi.
Kasblarning, mutaxassisliklarning murakkabligidan, o’quvchilar egallashi kerak
bo’lgan bilimi, malaka, ko’nikma va kompetentsiyalar hajmidan kelib chiqib
tabaqalashtirilgan 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan ta’lim dasturlari joriy qilinadi.
Ayni damda kollejlar faqat 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilgan bo’lsa,
endilikda bunday standartlardan voz kechilmoqda. Misol uchun, fuqaro o’z kasbini
o’zgartirishni niyat qildi deylik, u o’zi yashaydigan hududda yangi qurilgan
to’qimachilik fabrikasiga ishga kirish uchun kasb-hunar o’rganmoqchi. Biroq,
bunday niyatda bo’lganlarga keskin “yo’q” javobi berilgan. Sog’lig’i to’g’ri
kelmaganligi sababli, boshqa kasbni egallamoqchi bo’lgan fuqarolar ham xuddi
shunday muammoga duch kelishgan.
Endilikda esa kollejlarda nafaqat maktab bitiruvchilari, bunga qadar ham
o’rta maxsus ma’lumot olgan, oliy ma’lumotga ega bo’lgan, ishsiz qolish xavfi
ostida qolgan ixtiyoriy yoshdagi fuqarolar ham tahsil olishlari mumkin bo’ladi.
Kelgusida O’zbekiston fuqarolari mehnat bozorida talab yuqori darajada
bo’lgan kasb-hunar sirlarini qisqa muddat ichida o’qib o’rganishlari yoki mehnat
bozorida yaxshi ish o’rnini qo’lga kiritish uchun o’z malakalarini oshirishlari
mumkin bo’ladi.
Hozirgacha kollejlar faqat kunduzgi ta’lim shakliga ega edi. Endilikda
kollejlarda kunduzgidan tashqari, sirtqi, masofaviy va uyg’unlashtirilgan ta’lim
yo’nalishlari yo’lga qo’yiladi.
Shuningdek, hozirda o’qish muddati 3 yil majburiy bo’lgan bo’lsa, endilikda
kasblarning murakkabligidan kelib chiqib 6 oydan 2 yilgacha muddatda ixtiyoriy
etib belgilandi, ya’ni yangi kasbni o’rganishga ehtiyoj bo’ldimi, kelib o’qib
ketaverish imkoniyati yaratildi.
Endilikda kollejlarda ta’lim innovatsion texnologik jarayonga o’tkaziladi.
Ilgari an’anaviy ta’lim jarayonida darsga kirilganda, o’qituvchining aytgani aytgan
bo’lib, kitobdan boshqa qo’llanma bo’lmagan. Bunday holatlar o’tmishda qoladi.
Zamonaviy kollejlarda o’quv materiallari kasbga o’rganuvchida tasavvur
19
uyg’otishi uchun vizuallashtiriladi, videodarslar yo’lga qo’yiladi (o’quvchi
xohlagan vaqtda o’tilgan darsni qaytadan ko’rishi mumkin bo’ladi),
videoinstruktorlar ta’lim jarayoniga kiritiladi (darsda biron sabab tufayli qatnasha
olmagan talabalar uchun bu katta qulaylik tug’dirishi turgan gap).
Shuningdek, virtual amaliy mashg’ulotlar, multimediya resurslari yaratiladi,
virtual laboratoriyalar tashkil qilinadi. Endilikda kollejlarda qattiqqo’l “mening
aytganim bo’ladi” deydigan pedagoglar o’rnini insonning yoshiga qarab, uning
salohiyatini belgilay oladigan, ta’lim olish jarayonida unga hamrohlik qiladigan
“o’qituvchi-andragog”lar egallaydi. Ularning mahorati va salohiyatini oshirish
maqsadida yangitdan tashkil etilgan Innovatsion rivojlantirish institutida maxsus
maqsadli o’quv kurslari, seminar-treninglar, masofaviy hamda onlayn kurslar
tashkil etiladi. Endilikda kollejlarda o’quvchilar vatanparvarlik ruhida va
professional kasb egalari qilib tarbiyalanadi.
Ta’lim dasturlari toifalariga bog’liq bo’ladi: 50 dan ortiq kasblarga
tayyorlash ta’lim dasturlari 10-11-sinflarda ta’lim olish davomida o’rgatiladi va
to’liq davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
Yuqori texnologik tayyorgarlik talab qiladigan 6 oydan 1 yilgacha bo’lgan
kasbiy ta’lim dasturlari buyurtmachi ish beruvchi korxonalar, idora va tashkilotlar
tomonidan moliyalashtiriladi.
Buyurtmachisi bo’lmagan shaxslar o’zlarining shaxsiy jamg’armalari
hisobidan to’lovni amalga oshirishi mumkin.
1,5 - 2 yillik mutaxassislikni egallash bo’yicha o’rta maxsus o’rta bo’g’in
ta’lim dasturlari oliy ta’limga muqobillik asosida bir qismi grant hisobidan, bir
qismi kontrakt hisobidan amalga oshiriladi.
Kelgusida kollejlarda stipendiya, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar bilan
ta’minlanish masalalari kollejni saqlash xarajatlarini qoplaydigan vazirlik va
idoralar, xo’jalik birlashmalari, tijorat banklari imkoniyatlari doirasida belgilanadi.
Iqtisodiy jihatdan barqaror vazirlik, idora, korporatsiyalar, yirik ish
beruvchilar o’zlarining aktsionerlari, ichki imkoniyatlari doirasida o’quvchilar
20
uchun qo’shimcha stipendiya va shu kabi qo’llab-quvvatlashlarni amalga
oshirishlari mumkin bo’ladi.
Texnologik yangiliklarni ta’lim tizimiga kiritish - ta’lim tizimini hozirgi
davrning eng qiziqarli jarayonlaridan biriga aylantiradi. Demakki, ta’lim
sohasidagi islohotlarni o’z taraqqiyot strategiyasi, ichki siyosatining eng muhim
yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab olgan O’zbekiston yaqin kelajakda ta’lim
tizimi bilan ham dunyo e’tirofiga sazovor bo’ladi.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |