28
BNMX –
bitta kasb-hunar kolleji uchun o’quv-ishlab chiqarish ustaxonasi
mexanigi mehnatiga haq to’lash bo’yicha xarajatlarning bazaviy normativi;
BNI –
bitta O’MKHT muassasasi uchun guruhlar bo’yicha axborot-resurs
markazlari xodimlari mehnatiga haq to’lash xarajatlarining bazaviy normativi;
BNO –
bitta O’MKHT muassasasi uchun yotoqxona
xodimlari mehnatiga
haq to’lash bo’yicha xarajatlarning bazaviy normativi (O’MKHT muassasasi
yotoqxonalarida haqiqatda yashaydigan har 100 nafar o’kuvchi uchun).
O’MKHT muassasalari byudjetini hisoblashda qo’llaniladigan xarajatlarning
bazaviy normativlarini ko’rib chiqishga o’tamiz.
O’MKHT muassasasi bir nafar o’quvchisini o’qitish xarajatlarining bazaviy
normativlariga pedagog xodimlar, ishlab chiqarish ta’limi
ustalari mehnatiga haq
to’lash bo’yicha xarajatlar, shuningdek, O’MKHT
muassasasini saqlash
(kommunal xizmatlar, joriy ta’mirlash, materiallar sotib olish va b.) bilan bog’liq
xarajatlar, O’MKHT muassasasining to’liq davlat ta’minotida bo’lgan, etim va ota-
ona qarovisiz qolgan bir nafar o’quvchisi ta’minoti bo’yicha xarajatlarning bazaviy
normativlariga esa ularga beriladigan pullik nafaqalar, ularni ovqatlantirish, kiyim-
bosh, poyabzal va shaxsiy gigiena buyumlari, muassasani bitirish va ishga
joylashish uchun beriladigan bir martalik nafaqa bilan ta’minlash bilan bog’liq
xarajatlar kiradi.
Xarajatlarning bazaviy normativlariga Direktor jamg’armasi mablag’lari va
yagona ijtimoiy to’lov summalari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgi-
langan miqdorlarda kiritiladi.
Bir nafar o’quvchini o’qitish xarajatlarining bazaviy normativlariga quyidagi
xarajatlar kiritilmaydi (bu xarajatlar ularga bo’lgan
haqiqiy ehtiyojdan kelib
chiqqan holda, tegishli O’MKHT boshqaruv organlari, tarkibida o’rta maxsus
muassasaga ega bo’lgan vazirliklar(idoralar)ning tegishli
moliya organlari bilan
kelishilgan holda tasdiqlanadigan manzilli ro’yxatlar asosida ajratiladi):
ko’mir va boshqa turdagi energiya tashuvchilarni (tabiiy gaz va issiqlik
energiyasidan tashqari) sotib olish va etkazib berish;
29
barcha turdagi kommunal xizmatlar iste’molini o’lchaydigan hisoblagichlar
sotib olish va o’rnatish;
kasb-hunar kollejlari o’quv ustaxonalarida o’quvchilarning
amaliy
mashg’ulotlarini o’tkazish va tashkil etish uchun zarur xomashyo va materiallar
sotib olish;
asosiy aktivlarni sotib olish;
kapital ta’mirlash.
Quyida biz O’MKHT muassasalari byudjetini hisoblash uchun zarur bo’lgan
formulaning tarkibiy qismlarini ko’rib chiqamiz.
1.
Bir nafar o’quvchini o’qitish xarajatlarining bazaviy normativi (BNZ
1
)
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun O’zbekistonning barcha
mintaqalari (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri) bo’yicha
yagona o’rnatilgan (4-jadval).
4-jadval
Dostları ilə paylaş: