78
togʻlar, dengizlar, orollar va daryolar kitobi")
asarida Kaspiy dengizi yoki
Xorazm dengizi haqida qimmatli ma‘lumotlar bor. Uning ―Surat al-arz― asari
fan tarixidagi muhim manbalardan biridir. Kitob Ptolemeyning ―Geografiya‖si
asosida yozilgan boʻlsada, shunchaki sharh emas, balki mustaqil asar hisoblanadi.
Unda birinchi marta yer sirtini yetti iqlimga boʻlish ilmiy yondashuv bilan,
iqlimlarning geografik kattaliklari asosida berilgan hamda 2402 geografik obʼyekt
haqida maʼlumotlar, xususan, ularning kengligi va uzunligi keltirilgan (bu
maʼlumotlarning koʻpchiligi Ptolemey ―Geografiya‖ sida berilmagan). Xususan,
Xorazmiy geografiya tarixida birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi. U oʻzi
yashagan
joylardan
juda
uzoqdagi
boshqa
obʼyektlar: Atlantika va Hind okeanlaridagi
orollar,
jumladan, Buyuk
Brita-
niya, Irlandiya, Sarandib (Shri Lanka) joylashuvini toʻgʻri tasvirlaydi.
Kitobda
tasvirlangan xaritalar xaritagrafiya tarixida muhim oʻrin tutadi.
Ushbu tarixiy jug‗rofiyaga oid asardagi O‗rta Osiyoga oid ma‘lumotlar katta
ilmiy ahamiyatga ega. Kitobning 937 milodiy, hijriy 428 yili ko‗chirilgan
mo‗tabar qo‗lyozmasi bizgacha yetib kelgan bo‗lib, unga turli xaritalar chizib ilova
qilingan.
Bu kitob 12-asrdayoq, lotin tiliga tarjima qilingan va geografiya fani
rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Ushbu mo‗tabar qo‗lyozma matni 1926 yili
sharqshunos H.M.Mjik tomonidan Leypsigda nashr qilingan. Kitobni o‗zbek
tiliga A.Ahmedov
tarjima qilib, ilmiy sharhlar bilan 1983 yili chop etgan.
Dostları ilə paylaş: