103
yo‗llagan elchiligiga javoban qilingan edi. Tarixiy manbalarda keltirilgan
ma‘lumotlarga qaraganda, XIV asrning 80-90 yillarida
Temur davlatining shon-
shuhrati Ovropa mamlakatlarigacha yetib borgan. Angliya, Fransiya, Ispaniya,
Genuya va Vizantiya singari davlatlarning hukmdorlari Amir Temur bilan siyosiy
va iqtisodiy (savdo) munosabatlarni o‗rnatishga intilib, ulug‗ jahongir huzuriga
muntazam ravishda o‗z elchilarini yuborib turdilar. Masalan, yuqorida tilga olingan
Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi don Pelagiya de Samotmatir va don
Ferdinand de Polasuslos 1402 yili Amir Temur Qorabog‗da
turganda uning
huzuriga kelishgan va o‗sha yilning 20 iyulida Amir Temur bilan Boyazid I
Yildirim (1389-1402 yy.) qo‗shinlari o‗rtasida bo‗lgan eng katta qirg‗in barot
urushni tomosha qilishgan edilar. Jangdan keyin uyushtirilgan katta qabul
marosimida bulardan boshqa yana bir necha mamlakatlarning elchilari ham
qatnashdilar. Xullas, o‗sha yillarda Temur bilan Ovropa davlatlari o‗rtasidagi
savdo va siyosiy munosabatlar qanday bo‗lganligini juda ko‗p rasmiy hujjatlardan
bilib olish mumkin.
Rui Gonsales de Klavixoning «Kundaliklari»da o‗sha vaqlarda Amir Temur
qo‗l ostidagi mamalkatlar va shaharlarning umumiy ahvoli,
xalqning kun
kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar,
qasrlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, ustaxonalar,
Temuriylar
davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O‗rda, Mo‗g‗iliston va boshqa mamlakatlar
bilan bo‗lgan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda bo‗lgan siyosiy
va savdo aloqalari, tartib-qoidalar va ularning mamlakatning
ijtimoiy-siyosiy
hayotida tutgan o‗rni haqida e‘tiborga molik ma‘lumotlar keltirilgan. Bu
ma‘lumotlar, shubhasiz Turkiston zaminining o‗sha vaqtlardagi ijtimoiy-siyosiy
tarixini, ota-bobolarimizning turmush tarzini o‗rganishda muhim tarixiy
manbalardan biri rolini o‗tashi turgan gap.
Samarqand va unda Amir Temur tarafidan qurdirilgan binolardan ba‘zilari
haqida Klavixo jumladan quyidagilarni yozadi:
Samarqandning boyligi haqida «Bu yurt don-dun, may, meva-cheva,
parranda go‗shti, har xil go‗sht, qo‗yinki hamma narsa boydir…bir juft semiz
qo‗yning narxi bir dukat (dukat – Ispaniyada o‗sha vaqtda amalda bo‗lgan
oltin
pul)».
Katta xiyobon va savdo rastalari haqida, «Samarqand shahrida har yili
Xitoy, Hindiston, Tatariston va boshqa mamlakatlardan keltirilgan mollar
sotiladi….Podsho ikki tarafida qator dehqonlar joylashtirilgan savdo rastalaridan
tarafida qator dehqonlar joylashtirilgan savdo rastalaridan iborat ko‗cha o‗tkazishni
buyurdi. Mazkur ko‗cha shaharning
bir chekkasidan boshlanib, qoq o‗rtasidan
o‗tib, ikkinchi chekkasidan chiqishi lozim edi… Ko‗chaning tepasi gumbaz
shaklida yopilgan bo‗lib, yorug‗lik tushib turadigan tuynukchalarga qo‗yilgan».
104
«Shu yili (1404 y.) iyul oyida Xonbaliq shahridan qariyb 800 tuyadan tashkil
topgan savdo karvoni Samarqandga yetib keldi».
Ko‗ksaroy qasri va undagi podshohga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi
ustaxona haqida «Shahar chetidagi bir qasr bo‗lib….Tevarak atrofi suv oqib turgan
xandaq bilan o‗ralgan bo‗lib, qasr yo‗lab bo‗lmaydigan istehkom bo‗lib qolgandi.
Qasrda podshohning farmoyishiga binoan, bir mingga yaqin hunarmand asirlar
joylashtirilgandi. Ular saltanat uchun yil bo‗yi sovut, dubulg‗a, kamon, nayza
yasaydilar». Umuman Klavixo o‗zining «Kundalik»
igida quyidagi asosiy
masalalar haqida ham to‗xtalib o‗tadi:
Amir Temurning o‗zi bilan birga olib yuradigan ko‗chma masjid haqida;
Mahalliy xalqning (uni Klavixo Chig‗atoylar deb ataydi) turmush tarzi
haqida;
Feodal majburiyatlarning biri haqida;
Amir Temur saroyida ayollarning mavqei haqida;
Shahzodalar va Amir Temur saroyidagi xotinlar tasviri to‗g‗risida
to‗xtaladi.
Jumladan, Xonzoda begim va Saroymulxonimni tasvirlab bergan.
«Kundalik»da shunga o‗xshash qiziqarli ma‘lumotlar juda ko‗p.
Klavixoning «Kundalik»ida ayrim noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham
uchraydi.
Dostları ilə paylaş: