102
Ushbu ―Kundalik‖ Amir Temurning Hindistonga qilingan alohida yurishiga
bag‗ishlangan bo‗lib, bizgacha yetib kelgan mukammal qo‗lyozmalardan biridir.
Asarda Temurning harbiy yurishlarining ildizini, uning
urushlarda va shaharlarni
qamal qilishda qo‗llagan strategiya hamda taktikaga oid usullarini,
Temur
zamonasida amal qilingan amirlar va bahodirlar tizimining mohiyati va
strukturasini tushunishga taalluqli qiziqarli ma‘lumotlar,
Hind xalqining Temur
qo‗shinlariga ko‗rsatgan qarshiliklari to‗g‗risida muhim xabarlarning shohidi
bo‗lamiz. Bulardan tashqari Temur zamonalari hamda safdoshlari to‗g‗risida,
Samarqand va boshqa shaharlar haqida ham qiziqarli ma‘lumotlar bor.
1902 yilda Toshkentda bo‗lib, Turkiston xalq kutubxonasining qo‗lyozma
asarlari bilan tanishgan V. V. Bartold ―Kundalik‖ning qo‗lyozmasiga e‘tiborini
qaratadi. Qo‗lyozmaning forscha matnini uning shogirdi P. A.
Zimin tomonidan
nashriga tayyorlandi va V. V. Bortoldning tahriri va kirish so‗zi bilan chop etildi.
Nizomiddin Shomiy
. Olimning hayoti haqida quyidagilar ma‘lum: 1393 yili
Amir Temur Bog‗dodni ishg‗ol qilgan vaqtda Nizomiddin Shomiy o‗sha yerda
bo‗lgan va Amir
Temur xizmatiga qabul qilingan, 1404 yilgacha u bilan birga,
jahongirning harbiy yurishlarida voqeanavis va voiz sifatida ishtirok etgan.
1402 yilda Temur unga o‗zining tarixini aniq
va sodda tilda yozishni
buyurgan. Nizomiddin Shomiy bu asarni 1402-1404 yillar orasida yozib
tamomlagan. Asar buyuk jahongirning hokimiyat tepasiga kelishidan to 1404
yilgacha bo‗lgan voqealarni o‗z ichiga oladi. «Zafarnoma» haqiqatdan
ham sodda
tilda ravon uslubda yozilgan bo‗lib, faktik materiallarga boy. Lekin Amir
Temurning hayoti mazkur asarda bir muncha ideallashtirilgan. Asar O‗rta Osiyo,
Qozog‗iston, Yaqin va o‗rta Sharq mamlakatlarining XIV asrning
ikkinchi yarmi
XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‗rganishda muhim va ishonchli
manbalardan biri hisoblanadi.
1937 yilda Nizomiddin Shomiy asari F. Tauer
tomonidan chex tilida chop
etiladi. Shungacha ―Zafarnoma‖ Yevropa tillariga o‗girilmagan edi.
Dostları ilə paylaş: