242
undan so‗ng Jurjonga ketgan (avvalgi fikrlarga ko‗ra, Jurjondan Rayga ketgan
edi). P. G. Bulgakovning biz fikr yuritayotgan
kitobida bu haqda batafsil
ma‘lumotlar berilgan.
Kitobning to‗rtinchi bo‗limi alloma «hayotining noma‘lum sahifalari»,
ya‘ni 995-998 yillariga bag‗ishlangan. P. G. Bulgakovning «Geodeziya» asari
ustida olib borgan uzoq yillik ilmiy izlanishlari bu borada katta yordam bergan.
Tadqiqot natijalariga ko‗ra, 995 yildan boshlangan Beruniyning o‗z vatanidan
ketishi 1010
yilda emas, 1004
yilning oxirida nihoyasiga yetgan.
Mazkur
emigratsiya davri ham muallif tomonidan quyidagi ikki bosqichga bo‗lingan: 1)
995—997 yillar-Ray davri; 2) 998 yilning oxiri-999 yilning boshlaridan 1003
yilning oxiri-1004 yilning boshlarigacha - Jurjon davri. 997—998 yillarda esa
Beruniy Kot shahrida yashagan (59-bet). Ayni shu yillarda u mashhur matematik
Abul Vafo Buzjoniy va yana bir qomusiy
olim Abu Ali ibn Sino bilan
yozishmalar olib borgan. Beruniyning Jurjondan Xorazmga qaytishi sanasi
xususida o‗sha
paytga qadar tadqiqotchilarda turlicha fikrlar mavjud edi. P. G.
Bulgakov bu boradagi E. Zaxau, R. Rayt, D. Bualo, K. Brokelman, M. Krauze, S.
P. Tolstov, B. A. Rozenfeld kabi olimlarning xulosalarini tarixshunoslik nuqtai
nazaridan o‗rganib, «Qonuni Mas‘udiy» asaridan
olingan ayrim parchalarini
tanqidiy tahlil qilib o‗zining yakuniy xulosasini bergan: Abu Rayhon Beruniyning
Jurjondan Xorazmga, aniqrog‗i Urganch shahriga qaytishi 1003
Dostları ilə paylaş: