O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112
Savol va topshiriqlar: 
1.
«Turk hoqonligi» nomli asar bayoni. 
2.
«Muqanna qo`zg`oloni muarrixlar talqinida» asarning muallifi va 
asarda yoritilgan masala haqida fikrlaringiz. 
3.
«Tarix ul-anbiyo» va – r-rasul va-l-xulofo» nomli asar muallifi kim? 
4.
So‗nggi yillarda sug‗d yozma yodgorliklari va sug‗diylarning 
Markaziy Osiyo tarixi masalasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan 
fransuz tadqiqotchisi. 


218 
XVIII-BOB. MADANIYAT MASALALARINING NAZARIY 
JIXATLARI 
 
XVIII asrning mashxur nemis faylasufi I.G.Gerder Uzining "Insoniyat 
falsafasiga doyr g‗oyalar" nomli fundamental asarini yozishga kirishayotganda 
"madaniyat iborasidan ko‗ra noaniqroq so‗z bo‗lmasa kerak‖, deb aytgan edi. 
Xaqiqatan ham qayd etilgan fikrlar mutafakkirning ―madaniyat‖ tushunchasini 
aniqlashdagi asosiy qiyinchiliklarni, uning murakkab, qarama-qarshi va ko‗p 
qirrali moxiyatini to‗g‗ri tushunganligidan dalolat beradi. Har bir inson bu iborani 
o‗z dunyoqarashidan kelib chiqib tushunadi. Shuning uchun ham "madaniyat‖ 
tushunchasi haqida aniq bir yagona to‗xtamli izox yaratilmagan. Zero ―madaniyat‖ 
so‗zining mohiyati shu qadar kengki, uni bir so‗z bilan ta‘riflash imkoniyati yo‗q. 
1952 yilda amerikalik olimlar A.Kreber va A.Klakxonlar madaniyatning 164 ta 
tavsifini va yuzdan ortiq uning moxiyatini ochishga qaratilgan intilishlarni 
xisoblab chiqdilar. 1964 yilda ular to‗plagan ta‘riflar 257 taga yetib, xozirda bu son 
ikki barobar ortgan. YUNESKO ekspertlarining taxminicha, ushbu raqam 600 ga 
qarab yaqinlashmoqda. Dunyo olimlarining madaniyatga bu qadar qiziqishi uning 
tushuncha sifatida o‗ziga xos murakkabligi va doimiy taraqqiyotda bo‗lgan ko‗p 
qirrali ko‗rinish ekanligini isbotlaydi. Darhaqiqat, madaniyat shu qadar 
cheksizlikka ega bir tushunchaki, uning chegarasini aniqlash va ma‘lum me‘yorga 
solib qo‗yish to‗g‗ri emas. Shuning uchun ham uning turlari, mazmun-moxiyati, 
imkoniyatlari doirasi juda keng va doimiy rivojlanishda ekanligini e‘tirof etish 
lozim. 
Insonlar madaniyatni xis qilishi va tushunishi bevosita ularning hayot tarzi, 
o‗zaro muloqotga kirishuvi, ijtimoiy munosabatlarning xarakteri va boshqa bir 
qancha omillar bilan chambarchas bog‗liq O‗zbekiston Respublikasi Milliy 
Ensiklopediyasida: ―Madaniyat - jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy 
taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar xayoti va faoliyatining turli 
ko‗rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma‘naviy boyliklarda 
ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr, konkret jamiyat, elat va 
millat, shuningdek inson faoliyati va turmushining o‗ziga xos soxalarini izoxlash 
uchun qo‗llaniladi. Tor ma‘noda "madaniyat" atamasi kishilarning faqat ma‘naviy 
xayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi‖, deb ta‘rif berilgan. Umuman lotin tilidan 
yevropa xalqlari uchun kirib kelgan "cultura" iborasi insonning tabiatga 
ko‗rsatadigan maqsadga muvofik; ta‘siri, insonga ta‘lim-tarbiya berish mazmunini 
bersa, "madaniyat" so‗zi arabchadan turkiy xalqlar tiliga o‗rnashib, uning mazmuni 
"madina" - shaxarni anglatadi. Arablar kishilar xayotini ikki turga: birini badaviy 
yoki sahroi turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik - 
ko‗chmanchi holda dashtu saxrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik - shaxarda 


219 
o‗troq holda yashab, o‗ziga xos turmush tarziga ega bo‗lgan xalqlarga nisbatan 
ishlatilgan. Shunga muvofiq, musulmon dunyosi falsafasida, ilm axli dunyo 
qarashida madaniyat talqiniga aynan shu nuqtai-nazardan yondashuv ustuvorlik 
qiladi. 
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlarning ilmiy 
merosida ham "madaniyat‖ tushunchasi, uning moxiyatini ochishga intilish kuchli 
bo‗lganligini kuzatamiz. Shuningdek, insonlarning madaniylik darajasini belgilash 
bevosita va bilvosita ijtimoiy xayot, ular yashayotgan jamiyatning ichki va tashqi 
xolati, siyosiy jarayonlar bilan bog‗liqlikda talqin etish ustuvorlik qiladi. O‗rta asr 
sharq madaniyatining buyuk namoyondasi Abu Nasr Forobiyning fikricha, xar bir 
inson o‗z tabiatiga ko‗ra, "oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi", 
bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Ma‘lumki, Forobiy 
qarashlari Aflotun, Arastu nazariyalari ostida shakllangan bo‗lib, allomaning 
ezgulik va yaxshilik kategoriyalari xususidagi falsafiy qarashlarida yaqqol 
namoyon bo‗ladi va bu tasavvurlarni umumiy xolda "fozillik‖ iborasida qo‗llaydi. 
Forobiy jamiyat o‗z rivojida yetuklikka tomon intilishi, shuning uchun kurash olib 
borishi va nihoyat fozil jamiyat, fozil shaxar darajasiga ko‗tarilishi xaqida fikr 
yuritar ekan, ―fozil jamiyat va fozil shaxar (yoki mamlakat) shunday bo‗ladiki, 
bunday mamlakatda xar bir odam kasb-xunarda ozod, hamma bab-baravardir, 
kishilar o‗rtasida farq bo‗lmaydi, har kim o‗z istagan yoki tanlagan kasb-xunari 
bilan shug‗ullanadi. Odamlar chin ma‘nosi bilan ozod yashaydilar, deb yozadi. 
Mutafakkir o‗z qarashlarida "fozillik‖ iborasi ostida "madaniylik" mazmunini 
beradi. Jamiyatning mavjudligining ma‘naviy asoslarini alloma "tenglik", 
"birodarlik", "ozodlik", "haqiqat‖, "go‗zallik", "insoniylik" kabi tushunchalar 
orqali ta‘riflashga intiladi va ular insonlar xayotini asosiy maqsadlaridan bo‗lishi 
kerak, degan fikrga urg‗u beradi. Umuman olganda, Forobiyning bu fikrlari 
asosida Sharq mutafakkirlari Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, 
Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar shahar turmush tarzini 
jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Masalan, Alisher Navoiy yetuk 
axloq ma‘rifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, 
ma‘naviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik g‗oyalariga 
muvofiqlikni tushundi. O‗rta asr mutafakkirlari yuqorida qayd etilgan 
insonparvarlik tushunchalari orqali madaniyatning holati va turlarini ochishga 
intilganlar. 
Sharq tarix falsafasining asoschilaridan biri Ibn Xaldun
o‗zining 
"Muqaddima" asarida jamiyat va insonlar xayotini "umron" sivilizatsiyaga 
taqqoslaydi. Uning barcha ko‗rinishlarini umumlashtirilgan xolda, uch bosqichga 
yoki turga taqsimlaydi. Ya‘ni ―vaxshiylik‖ - insonlarni o‗troq hayyot 
kechirgungacha bo‗lgan davri, "badaviya" - ko‗chmanchi xayot kechiruvchi, yarim 


220 
madaniyatli, "shahariy" yuqori darajadagi xo‗jalik va iqtisodiy, siyosiy, madaniy 
rivojlangan jamiyat. ―Shaxariy" madaniyatga o‗tganda jamoalar o‗rtasidagi tenglik 
yo‗qola boradi va bir-biridan farqlanuvchi ―tabaqa‖lar vujudga keladi. Ular orasida 
xokimiyatga intiluvchi gurux to‗planib, davlat tuzadilar. Albatta mutafakkir 
asarining bosh moxiyatida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan birgalikda falsafiy 
mushohadalar yotsa-da, shu bilan bir qatorda, turli-tuman xalqlar, qabilalar hamda 
sivilizatsiyalarning taraqqiyoti va tanazzuli masalalari ham taqdim etilgan. Ibn 
Xaldun sivilizatsiyani tabiat qonuniyatiga taqqoslaydi va uning qo‗llash hamda 
boshqa sivilizatsiyaga o‗z o‗rnini berish jarayonini - "asabiylik" davri deb baxolab, 
uni Mag‗rib tarixi misolida taxlil qilib beradi. Mutafakkirning nazariy fikricha, o‗ta 
rivojlanib ketgan jamiyat oxir-oqibat tanazzulga yuz tutishi mumkin. 
XX asr boshlari Turkiston jadidlari madaniyat va ma‘rifatni ijtimoiy 
taraqqiyotning bosh omili deb bildilar. Ular o‗z davrining ijtimoiy-siyosiy holatini 
inobatga olgan xolda xalqning milliyligini saqlab qolish bilan birga turmush tarzini 
zamonaviylashtirish madaniyatlilikning bir belgisi deb hisobladilar. Jadidlar ham 
dunyo mutafakkirlari singari "madaniyati iborasini ko‗proq "taraqqiyot" ma‘nosida 
qo‗llaganlar. Islom dunyosi vakillari sifatida madaniyat haqida mushohada 
yuritganlarida musulmon falsafasidagidek ular ham taraqqiyotning vaxshiylik 
badaviylik va madaniylik bosqichlarini sanab o‗tadilar, hamda tamaddun, ya‘ni 
sivilizatsiya - madaniyatli jamiyat yaratish uchun ilm, xunar, din zarurligini 
uqtiradilar. Ular maishiy turmush va axloq mukammalligi madaniyatning eng 
muxim tarkibiy qismi ekanligiga urg‗u berdilar. Ularning bu qarashlari Yevropada 
ma‘rifatparvarchilik davrlaridan boshlangan madaniyat masalalarining nazariy 
jihatlariga o‗xshash edi. Bu tabiiy edi albatta, chunki ular Aflotun, Suqrot, Arastu 
qarashlari bilan bir qatorda, I.Kant, Sh.Senoboss, O.Kant asarlari bilan ham 
yaqindan tanish bo‗lganlar va shu bilan birga Sharq falsafasining ham bilimdonlari 
edilar. Shuning uchun ularning nazariy xulosalarining aksariyatida nemis faylasufi 
I.Kantning tafakkur mukammalligi konsepsiyasiga yaqin bo‗lgan - inson 
madaniylikka tayangan xolda o‗z oldiga maqsadlar qo‗yishi mumkin, 
madaniyatning "tarbiya madaniyati" va "bilim madaniyati‖ mavjud kabi fikrlari 
bilan hamoxanglikni kuzatish mumkin. 
Madaniyat masalalarining nazariy-uslubiy jihatlari xususida fikr yuritganda 
bevosita jahon ilmiy adabiyotlarida ishlab chiqilgan qarashlar, konsepsiyalarni 
ba‘zilarini ko‗rib chiqish maqsadga muvofiq bo‗lur edi. Chunki aynan G‘apb 
falsafiy tafakkurida madaniyat nazariyasiga oid turli-tuman munozaralar, 
yondashuvlar vujudga keldiki, ular bugungi kunga qadar madaniyatshunoslik 
nazariyasini takomillashtirishda eng muhim asosni tashkil etadilar. Darhaqiqat, 
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov "Fidokor" gazetasi 
muxbiri savollariga bergan javoblarida ta‘kidlaganidek: "Albatta, falsafa zamon va 


221 
makon bilan bog‗liq murakkab fan ekanligini tushunamiz. Shu bois haqiqatni 
topish uchun qarama-qarshi fikrlarni o‗rtaga tashlaylik, muxokama qilaylik. 
Talabalar, ziyoli yoshlarimizning o‗zi kerakli xulosani chiqarib oladi. ...Men G‘apb 
falsafasida barcha muammolar yechilgan, demoqchi emasman. ...Lekin ularni 
hisobga olishimiz, kerakligini e‘tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur". 
Ma‘lumki, Yevropada "ma‘rifatparvarlik" g‗oyalari XVIII asrda keng 
tarqaldi. Aynan shu davrdan boshlab madaniyat zamirida sivilizatsiyalar paydo 
bo‗lganligi xususidagi fikrlar rivojlanib, ularning falsafiy talqinida bu ikki ibora 
teng ma‘noda o‗rganila boshladi. Shu bilan birga bu davrda madaniyat va 
sivilizatsiyalarning "tanqidi" ham vujudga keldi. Masalan, J.J.Russo "madaniy 
millatlarning" buzilganligi va axloqan tubanlashganligini taraqqiyotning ilk 
davrlarida bo‗lgan xalqlar axloqining soddaligi va sofligiga qarshi qo‗ydi. Nemis 
faylasuflari bu ziddayatli holatdan chiqishning yo‗lini axloqiy (I.Kant), estetik 
(Shiller) yoki falsafiy (Gegel) ong doirasidan qidirdilar. Ular bu ong soxalarini 
haqiqiy madaniyat va inson taraqqiyotining omillari deb bildilar. 
Umuman XIX asr - XX asr o‗rtalari dunyo ijtimoiy tafakkurida turli 
madaniyatlarning kelib chiqish sabablarini tushunish, o‗rganishga qiziqish yanada 
ortdi. Bu davr G‘apb falsafiy tafakkurida "lokal sivilizatsiya" degan qarashlar 
vujudga keldi. Bugungi kun madaniyatshunoslik fanida "madaniyatning moxiyatini 
bilishga sivilizatsiyali yondashuv har bir milliy madaniyatning betakrorligini, unda 
umuminsoniylik va o‗ziga xoslik mavjudligini e‘tirof etishni nazarda tutadi'', - deb 
tushuntiriladi. Bu g‗oyalar N. Ya. Danilevskiy, O. Shpengler, Aloynbi kabi 
mutafakkirlarning asarlarida qayd etilib, ular o‗z nigohlarini ijtimoiy xayotning 
sivilizatsion tuzilmasiga e‘tibor qaratdilar. Ular ijtimoiy xayotning asosini turli 
darajadagi bir-biridan aloxida bo‗lgan siklli "madaniy - tarixiy tiplar" yoki 
"sivilizatsiyalar" o‗z taraqqiyoti bosqichida tug‗ilish, rivojlanish, keksalik va 
qulash davrlaridan o‗taydi, degan fikrga urg‗u berganlar. 
Mazkur "madaniyat sikllari nazariyasi"dan farqli ravishda nemis faylasufi 
Karl Yaspers (1883-1969) "insoniyat yagona kelib chiqish va yagona rivojlanish 
yo‗liga ega" degan g‗oyani o‗rtaga tashladi. Shunga ko‗ra u insoniyat bosib o‗tgan 
juda katta yulni 4 ta yirik madaniy tipdagi bosqichga bo‗ladi: 
-
ibtidoiy davr - madaniyatning Prometey tipi (mil.avv 5000y.) 
-
qadimiyatning buyuk madaniyatlari davri (Qadimgi Misr, Shumer, Bobil, 
Hindiston, Xitoy madaniyati) 
-
"O‗q atrofidagi vaqt" - madaniyatning umuminsoniy asoslarining vujudga 
kelishi, shaxslarning shakllanishi (mil.avv 7-1 asrlar). U madaniyatshunoslikka 
"O‗q atrofidagi vaqt" - "osevoe vremya" tushunchasini kiritdi. Os - bu markaz, 
tayanch, mazmunan vaqt nuqtasidir - Yuqori davr (imper davri) - fan va texnika 
rivojiga suyanadi. 


222 
Yaspers bunda Yevropadagi ilmiy-texnika sivilizatsiyasining shakllanishi 
bilan bog‗lanadi. XVII-XX asrlar) 
Yaspers bu tipologiyaning yevrotsentrik ko‗rinishga ega bo‗lishini 
istamagan va tarixiy vaqt o‗qi barcha insoniyatga ta‘lluqli deb xisoblaydi. Uning 
konsepsiyasi bo‗yicha eng zarur tayanch nuqtasi, ya‘ni markazi sifatida muhim 
tarixiy voqealar ko‗rsatiladi va ular insoniyat tarixini tubdan o‗zgarishiga ham 
sabab bo‗lgan. Yaspersga ko‗ra, ibtidoiy davr - bu tarixgacha bo‗lgan davr. Chunki 
inson bunda vaqt oralig‗ini bilmagan holda tarixdan ayro yashagan. Bu davrda 
asta-sekin til, mehnat qurollari, olovning paydo bo‗lishi natijasida insoniyatning 
bir-biriga yaqinlashuvi vujudga keldi. Yaspers kommunikatsiya aloqalarining 
paydo bo‗lishini madaniy bosqichning muhim jihati sifatida qaradi. Mil. avv. 4 
ming yilliklarga kelib, insoniyat rivojida yangi bosqich - tarixiy davr vujudga 
keladi. Qadimiy buyuk madaniyatlar, davlatlarning, yozuvning paydo bo‗lishi, suv 
resurslaridan foydalanish texnologiyalarining yaratilishi bunga asosiy omil bulib 
xizmat qilgan. Yaspers 3-bosqichni insoniyat tarixida ―o‗q atrofidagi vaqt‖ deb atar 
ekan, u bu davrda madaniy to‗ntarilish bo‗lib o‗tdi, deb ta‘kidlaydi. Ya‘ni bu 
to‗ntarilishlar bir-biridan aloxida uch region - Sharqda (Xitoy, Hindiston), Yaqin 
Sharqda Falastin, Eron, G‗arbda qadimiy Yunonistonda sodir bo‗ldi. Yaspers "o‗q 
atrofidagi" vaqtni diniy falsafaning paydo bo‗lishiga bog‗laydi: "Bu bosqichda biz 
hozirgacha fikrlayotgan va bugungi kun kishilari xayotini yo‗naltirayotgan dunyo 
dinlariga asos solindi". Uning fikricha, Xitoyda Konfutsiy va Lao Szi, Hindistonda 
buddizm, Eronda zardushtiylik, qadimiy Yunonistonda Gomer eposlari asosidagi 
yunon falsafasining vujudga kelishi davridan turli mifologiyalardan ilmiy 
tafakkurga o‗tish davri boshlanganligini kuzatish mumkin. Aynan shu davrdan 
boshlab turli mintaqalarda ilmiy, falsafiy bilimlar, san‘at va dunyo dinlarining 
poydevorlari qo‗yildi. Bu esa kelgusi madaniyatlar rivojini belgilashda muhim 
omillardan bo‗ldi. "O‗q atrofidagi vaqtda" insoniyatning ma‘naviy birligi 
shakllana boshladi va xalqlar tarixiy taraqqiyotga tortila boshladi. Yaspers buni 
G‗arbda german va slavyan, Sharqda esa yapon, koreys, malayziya xalqdari tarixi 
bilan bog‗liqlikda ko‗rsatadi. Messopotamiya misolida avval fors, keyin islom, 
Misrda rim-xristian, keyinroq islom ma‘naviy dunyosiga kirish jarayonlarini 
ko‗rsatar ekan, "O‗q atrofi"dagi g‗oyalarni qabul qilmagan xalqlar tarixdan ajralib 
qolganlar yoki yo‗q bo‗lib ketganlar.
Madaniyatning 4 davrini yangi ilmiy texnika davri deb atagan Yaspers, 
madaniyatlarning yangi tiplarini shaklanishini Yevropadagi renessans davri bilan 
bog‗laydi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropa sivilizatsiyasi 
dunyoning boshqa o‗lkalari bilan aloqaga kirdi. Zamonaviy bosqichda esa bu 
insoniyatning global umumiyligiga xos Yevropa madaniyatining boshqa dunyo 
madaniyatlariga ta‘sirini ko‗rsatish jarayoni boshlandi. Lekin shu bilan birga 


223 
Yaspers Yevropa madaniyatini "o‗q, atrofi" deb qarashga qarshi bo‗ldi. Chunki 
tarixiy jarayonlarning zaminini texnika emas, balki ma‘naviy asos tashkil etadi. 
XX asr birinchi yarmida jahonda sodir bo‗lgan tub o‗zgarishlar ko‗plab 
jahon mutafakkirlarini madaniyat masalalariga yangicha konsepsiyalar nuqtai-
nazaridan yondashishlariga olib keldi. Madaniyatga oid bu konsepsiyalar bir necha 
muammolar doirasida taxlil etila boshladi. Jumladan, "madaniyat va sivilizatsiya", 
"madaniyatning 
zamonaviy 
tanazzuli", 
"madaniyat 
sikllari", 
"ommaviy 
madaniyat", "madaniyat va ilmiy-texnika taraqqiyoti" va h.k. 
"Madaniyat va sivilizatsiya" konsepsiyasi doirasida fikr yuritgan rus 
faylasufi N.A.Berdyaev (1874-1948) bu ikki ibora o‗rtasidagi farqni aniq, 
ko‗rsatadi. Uning "ijtimoiy xayotda ma‘naviy ustunlik madaniyatga tegishli. 
Jamiyatning maqsadi siyosat va iqtisodda emas, aynan madaniyatda amalga 
oshadi. Jamoatchilikning sifat va qadriyatlari madaniyatning sifat darajasi bilan 
o‗lchanadi degan fikri K.Yaspersning qarashlari bilan yaqindir. N.Berdyaev 
madaniyatning asosiy qonuniyatini - vorislikda ko‗radi, ya‘ni bu madaniyatning 
konservativ ibtidosi bo‗lib, kelajakka intiluvchi va yangi qadriyatlarni yaratuvchi 
ijodkorlikdir. Madaniyatning konservativ komponentlarini e‘tiborga olgan holda, 
Berdyaev uni inqilob bilan ziddiyatda ko‗rdi. Eng avvalo mutafakkir madaniyat va 
sivilizatsiyani aniq ajratdi. "Madaniyat qanchalik qadimiy bo‗lsa, u shunchalik 
ahamiyatli va go‗zaldir. Madaniyat doimo o‗zining qadimiy kelib chiqishi, buyuk 
o‗tmish bilan chambarchas bog‗liqligi bilan g‗ururlanadi", "sivilizatsiya o‗zining 
yaqin o‗tmishini qadrlab, qadimiy va chuqur ildizlarini izlamaydi. U bugunning 
kashfiyoti bilan g‗ururlanadi. Uning ajdodlari yo‗q". Aytish lozim, N.Berdyaev 
sivilizatsiyaning umumiy xarakteriga ko‗proq, upg‗u beradi va bu hodisani barcha 
xalqlarda bir-biriga o‗xshash belgilar bilan namoyon bo‗lishini ta‘kidlaydi. "Misr, 
Bobil, Yunoniston va hokazo madaniyatlar kabi qadimiy xalqlarning madaniyati 
ilk bosqichlaridayoq, o‗ziga xos va qaytarilmas individuallikka ega.
Madaniyatning qalbi mavjud, sivilizatsiyaning esa faqat usul va qurollari 
bor. Olim madaniyatning tub ildizini din bilan bog‗laydi. 
Darhaqiqat, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab insoniyat tarixida yagona 
sivilizatsiyalar keng taraqqiy eta boshladi. Ilmiy - texnika yangiliklari, zamonaviy 
jahon infrastrukturalari va telekommunikatsiya insonni haqli ravishda makon va 
zamonni zabt etishiga olib keldi. Qit‘alar, xalqlar, mamlakatlar yaqinlashuvi sodir 
bo‗ldi. Televidenie insonning kundalik xayoti davomida dunyoda sodir 
bo‗layotgan turli-tuman jarayonlarning guvohiga aylantirdi, K.Yaspers bu haqda 
shunday yozgan edi: "bizning xozirgi kunimizda insoniyatning real ravishdagi 
umumiyligi mavjud...endilikda so‗z o‗zining ichki moxiyatiga asoslangan o‗zaro 
aloqadorlik xaqdda emas, balki bo‗lingan, lekin ichki tarafdan doimiy muloqotda 
bo‗lgan umumiylik xaqida boradi‖. Shunday qilib, xozirgi kunga kelib madaniyat 


224 
va sivilizatsiyalarning o‗zaro bog‗liqligi masalalariga oid ko‗plab qarashlar 
vujudga kelgan. Bu qarashlar uch yo‗nalishda umumiy, bosqichli va lokal-tarixiy 
nuqtai-nazardan talqin qilinmoqda. Sivilizatsiyalarni lokal-tarixiy jixatdan 
o‗rganishda madaniyatshunoslik, sotsiologik, 
etno-psixologik, 
geografik 
yondashuvlar mavjud. 
Bugungi kun da dunyo olimlari Yaponiya, Janubiy Koreya kabi Osiyo 
davlatlarini an‘analarga sodiqlik asosida G‗arb texnogen yutuqlarini o‗zlashtirib, 
an‘anaviy madaniyatga, o‗ziga hoslikni saqlab qolgan va rivojlantirayotgan 
sivilizatsiyalar sifatida baholanmoqdalar. 
Madaniyat tarixi falsafasiga doyir nazariy fikrlardan shunday xulosa qilish 
mumkinki, ularda eng avvalo jamiyat rivojining o‗ziga xosligini aniqlash kuchli 
bo‗lib, turli yondashuvlar, ya‘ni tarixiy jarayonlarga madaniy tiplar, davrlashtirish 
mezoni orqali, taraqqiyot o‗lchovi nisbatida tahlil etilganligi kuzatiladi. Bunday 
turli talqinlarning bo‗lishi tabiiy, chunki tarix turli ijtimoiy davr, madaniyat, 
sivilizatsiyalarni o‗z ichiga olar ekan, xar bir jamiyat rivoji o‗ziga xoslik 
xususiyatlari bilan taraqqiy etadi hamda har xil ma‘naviy qadriyatlar, diniy, 
mafkuraviy va boshqa jihatlarni o‗zida aks etgiradi. 
O‗rta Osiyo hududi o‗zinig tabiiy-geografik sharoitiga ko‗ra, qadimgi 
dehqonchilik va chorvachilik yodgorliklari keng tarqalgan o‗lkalardan biri 
hisoblanadi. Ayniqsa, mazkur xudud qadimgi dehqonchilik madaniyatining paydo 
bo‗lishi va rivoji uchun qulay imkoniyatlarga ega. O‗rta Osiyoning mintaqaviy 
rivojlanishi asosida ibtidoiy urug‗ jamoalarining o‗zlashtiruvchi xo‗jaligidan ishlab 
chiqaruvchi xo‗jalikka o‗tishi, ya‘ni dehqonchilik va chorvachilik xo‗jaliklarining 
paydo bo‗lishi va rivojlanishi yotadi. Uning davriy sanasi mintaqaning tabiiy 
geografik sharoitidan kelib chiqib, turli tarixiy davrlarda, ya‘ni vohalarda bir 
davrda yuz bermagan. O‗lkamizni tabiiy-geografik muhiti, tekislik yerlarda 
dehqonchilikni rivojlantirish uchun, tog‗ va tog‗ oldi hududlarda esa chorvachilikni 
rivojlantirish uchun qulay imkoniyat mavjud bo‗lgan. 
Dehqonchilik madaniyatining ilk bosqichi ilmiy adabiyotlarda turlicha 
nomlar bilan atalib kelingan bo‗lib, ular qayir, liman, qoq, cho‗ntak, qo‗ltiq 
(motiga) dehqonchiligidan iborat bo‗lgan. Azim daryolar va tog‗ soylari quyi 
havzalarida keng tarmoqlarga bo‗linib, asrlar davomida oqizib kelgan chirindi 
aralash loyqa hisobiga, keng va tekis maydonlarda ilk dehqonchilik paydo bo‗lgan. 
Odatda, qalin va unumdor tuproq o‗zida namlikni uzoq saqlash xususiyatiga ega 
bo‗lgan va ibtidoiy ajdodlar ana shu yerlarga yovvoyi boshoqli donlarni sepib, 
dehqonchilikni boshlaganlar. Sababi qalin unumdor taqir yerlar tarkibida namlik 
uzoq saqlangan, shu bois, dastlab ekinlarni sug‗orishga hojat qolmagan. Ana 
shunday qoq yerlar massivlarida katta va kichik ekin maydonlari paydo bo‗ladi. Bu 
tarixda qoq dehqonchiligi, liman dehqonchiligi, qayir dehqonchiligi, qo‗ltiq 


225 
dehqonchiligi, ya‘ni urug‗ jamoasi dastlab o‗zlashtirgan chegarali maydonda paydo 
bo‗lgan qo‗ltiq dehqonchiligi deb nom olgan. Dastlab bunday dehqonchilik 
maydonlarini ekinga tayyorlashda hayvon kuchidan foydalanilmagan. U joylarni 
biroz yumshatish uchun qo‗l omochi qo‗llanilgan. Shuning uchun qo‗ltiq 
dehqonchiligi fanda motiga dehqonchiligi deb ham yuritiladi. 
Dehqonchilik madaniyati o‗z taraqqiyotida ilk, sug‗orma, takroriy sug‗orma 
va yuksak darajada rivojlangan madaniy xo‗jalik bosqichlarini bosib o‗tgan. 
Qachonki, ilk bobodehqonlar tomonidan dehqonchilik qilish uchun yer 
maydonlarini kengaytirilishi va bu yerlarga ishlov berish uchun hayvon kuchidan 
foydalanila boshlashini kashf etishgach, endi ekin maydonlarini sug‗orish uchun 
ariqlar orqali suvlar olib kelish zaruriyati tug‗iladi. Bu esa tarixiy manbalarda 
sug‗orma dehqonchilik deb yuritilgan. 
Oddiy qilib aytganda, dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo‗lishi va 
rivoji mintaqaviy xususiyatning mazmun va mohiyatini tashkil qiladi. Bu ibtidoiy 
ajdodlarimiz hayotidagi tub ma‘nodagi inqilobiy o‗zgarishlar O‗rta Osiyo 
mintaqasida, uning rang barang tabiiy geografik sharoitiga ko‗ra, mil. avv. VII - V 
ming yilliklarda ro‗y berdi, ya‘ni O‗rta Osiyoda neolit davridan boshlab 
rivojlanishning 
mintaqaviy 
yo‗li 
shakllanib 
bordi. 
Bu 
jarayonlarning 
boshlanishidan dalolat beruvchi yirik va muxim yodgorlik Joytun yashash makoni 
bo‗lib, aynan mana shu ob‘ektda O‗rta Osiyo mintaqasining ilk bor qadimgi 
dehqonchilik madaniyati belgilari yaqqol ko‗rinadi. Shu kezlarda uning shimoliy 
sarhadlarida bu davrda ibtidoiy jamoalar hali ovchilik bilan kun kechirar edilar. 
Joytun madaniyati madaniy-xo‗jalik an‘analari asosida tarkib topgan eneolit 
va bronza davrining Anov-Nomozga madaniyati O‗rta Osiyo janubining shimoli-
sharqiy mintaqalari tomon, shimoliy Kopetdog‗ bo‗ylab keng yoyildi. 
Eneolit va bronza davrining bobo dehqonlari Zarafshon vodiysiga, Anov-
Nomozgoh madaniyatinig Nomozga V-VI bosqichlarida Murg‗ob vohasiga, 
Qadimgi Baqtriyaga kirib boradi. Ularning iqtisodiy xo‗jalik va etnomadaniy 
ta‘sirida bronza davriga kelganda qadimgi dehqonchilik madaniyatining qabilalari 
Ikki daryo oralig‗i (Movarounnahr) va unga tutash viloyatlarga keng yoyiladi. 
Zarafshon tog‗ tizmalaridan bosh olgan Otchopar soy, Chumali soy va 
Sho‗rnova soy etaklarida Oyim ko‗l tarkib topgan va uni atrofida sug‗orma 
dehqonchilik qilish uchun qulay unumdor yerlar hosil bo‗lgan. Dehqonchilik 
madaniyatining ilk bosqichlarida ushbu yerlar atrofida bobo dehqonlarning qishloq 
maskani poydo bo‗ladi. Bu qishloq maskani Sarazm qishlog‗ini hududida 
joylashganligi sababli shu nomda atalgan. Qadimgi sarazmliklarni paydo bo‗lishini 
O‗rta Osiyoning janubiy mintaqalaridan, ya‘ni Kopetdog‗ tog‗ etaklarida eneolit 
davrida tarkib topgan Nomozga madaniyati qabilalarining bu zaminga ko‗chib 
kelishi bilan bog‗lasada, A.A. Asqarov fikriga ko‗ra, Janubiy Turkmanistonning 


226 
qadimgi Geoksyur vohasidan ikki maqsadda, birinchisi dehqonchilik xo‗jaligi 
uchun qulay yerlarni izlab kelgan bo‗lsa, ikkinchisi, rangli metall ma‘dan konlari 
uchun kelib o‗rnashganlar. Yodgorlikda qo‗lga kiritilgan arxeologik topilmalarning 
ilmiy tahlilini ko‗rsatishicha, Qadimgi Sarazm aholisining iqtisodiy asosini 
sug‗orma, lalmikor dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil qilgan. Shu bilan 
birga hunarmandchilikning bir necha turlari hamda binokorlik yuqori darajada 
rivojlangan. Zarafshon vohasini o‗rta havzasida mil.avv. II ming yilik o‗rtalarida 
Sarazmda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy inqirozdan so‗ng bu hududda ilk bor qad 
ko‗targan qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli Ko‗ktepa yodgorligi 
hisoblanadi 
Zarafshon vohasini quyi oqimlarida ochib o‗rganilgan, Zamonbobo 
madaniyati soxiblarining iqtisodiy asosini xonaki chorvachilik va namli qoq 
yerlarga ekiladigan motiga dehqonchilik tashkil qilgan. Bu yerda topilgan mehnat 
qurollari jamlanmasida tosh yorg‗uchoqlar, o‗roqlar, tosh keli soplari, qorayib 
ketgan boshoqli o‗simlik donlari, ya‘ni arpa, bugdoy, tariq va boshqa o‗simliklarni 
qayd qilinishi dehqonchilik xo‗jaligi mavjud bo‗lganligidan guvohlik beradi. 
Kompleks materiallar tahliliga ko‗ra, Zamonboboliklarda chorvachilik bronza 
davrida hali dehqonchilikdan alohida xo‗jalik sifatida ajralib chiqmagan. 
Tadqiqotchi D. Djurakulova Zarafshon vohasini quyi oqimlaridagi tabiiy-geografik 
omillarni e‘tiborga olgan holda, bu yerda to antik davriga qadar dehqonchilik 
xo‗jaligi rivoj topmaganligini ta‘kidlaydi. 
1968 yildan boshlab Surxondaryoda, Ulanbuloqsoy o‗zanida joylashgan, 
mil. avv. II mingyillikka oid Sopollitepa yodgorligining o‗rganila boshlanishi bilan 
O‗zbekistonda ilk dexqonchilik madaniyati tarixiga oid ilmiy qarashlar va 
yondashuvlar tubdan o‗zgardi. 
O‗zbekistonniig janubiy hududlarida sun‘iy sug‗orma dehqonchilikni paydo 
bo‗lishi so‗ngi bronza davriga to‗g‗ri keladi. Buning asosiy sabablaridan biri 
hududning qulay iqlimi va uning subtropik kenglikda joylashganligidadir. Bu 
hududlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga ko‗ra, so‗nggi bronza davriga 
oid sun‘iy sugorish inshootlari ilk bor Ulanbuloqsoy va Bo‗stonsoy atroflarida 
barpo bo‗lgan. 
A.A. Asqarovni ta‘kidlashicha, Ulanbuloqsoy o‗zanlari miloddan avvalgi 
1700-1500 yilliklarda Sopollitepadagi istiqomat etgan aholi tomonidan 
o‗zlashtirilgan. Sopollitepa va uning atrofida kengligi 5-6 metr va chuqurligi 1-1,5 
metrni tashkil etgan sun‘iy sug‗orish inshootning qisman saqlanib qolganligi 
bundan dalolat beradi. Bundan tashqari, ilk dehqonchilik madaniyatlarida 
sug‗orma dehqonchilikni yuqori darajada rivojlanganligini bildiruvchi juda ko‗plab 
mehnat qurollari topilgan. Bularga toshdan qilingan yorg‗uchoqlar, hovoncha, 
o‗g‗ir dastasi va uchli motigalarni misol qilib keltirish mumkin. Sopollitepa 


227 
manzilgohidan esa motigani eslatuvchi bir qancha topilmalar o‗rganilgan bo‗lib, 
bular ikkita yirik o‗lchamdagi uchli motiga va ikkita yer kavlashga oid motigaga 
o‗hshash qilib suyakdan yasalgan mehnat qurollaridan iborat bo‗lgan. Ularga 
ishlov berish tomoni yaltiroq ko‗rinishda bo‗lib, buning sababi qurollar yerlarni 
yumshatish uchun ishlatilgan. 
O‗rta Osiyoning dehqonchilik madaniyatlarida yerga ishlov beruvchi mehnat 
qurollari qattiq materiallardan, ya‘ni tosh va bronzadan yasalgan, lekin 
tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, qo‗shni madaniyatlarda dehqonchilik qilish 
uchun ajratilgan yerlarni yumshatish uchun qadimgi dehqonlar daraxtdan yasalgan 
mehnat qurollaridan foydalanilgan. 
Sopollitepa manzilgohida olib borilgan tadqiqotlar natijasida, metalldan 
yasalgan mehnat qurollari uchrasada, lekin bu yerda yerni yumshatish uchun 
yog‗och va suyakdan yasalgan mehnat qurollari hozircha qayd qilinmagan. 
A.A. Asqarov va T.Sh. Shirinovlarning Jarqo‗ton yodgorligida olib borgan 
tadqiqotlari 
natijasida 
bu 
yerda 
o‗troq dehqonchilik madaniyatining 
rivojlanganligi, dehqonchilikda sun‘iy sug‗orish tizimining kashf etilganligi, 
Bo‗stonsoydan magistral kanallar orqali yangi yerlarga suv chiqarilganligi, yerni 
ishlashda omochdan va hayvon kuchidan foydalanilganligi isbotlab berilgan. 
Sun‘iy sug‗orishga asoslangan dehqonchilikni har tomonlama rivojlantirgan va 
O‗rta Osiyoda ortiqcha boylikning paydo bo‗lishiga olib kelgan bir yer maydonida 
bir necha marotaba xosil olish usulini qo‗llashgan. Shundan xulosa qilish 
mumkinki, sun‘iy sug‗orishga asoslangan dehqonchilik O‗zbekistoning janubiy 
hududlarida bronza davridayoq shakllangan. Tadqiqotchilar ta‘kidlaganidek, har 
qanday dehqonchilik emas, balki ekinni ko‗p marta sug‗orish tizimi hosildorlikni 
oshirib, mehnat unumdorligining yuqori bo‗lishiga olib kelgan. A.A. Asqarov 
fikriga ko‗ra, Sopolli madaniyati yodgorliklarida har bir ko‗p xonali uylarni bir 
xonasida zahira mahsulotlari, ya‘ni bug‗doy, arpa saqlaydigan maxsus saqlash 
xonalari mavjud bo‗lgan. Olib borilgan ilmiy tahlillarni guvohlik berishicha, bu 
yerda past bo‗yli g‗alla (zerno karlikovoy), yumshoq navli bug‗doy va uzum 
urug‗lari qoldiqlari uchragani aniqlangan. 
Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmiga kelib Jarqo‗ton 
Sherobod vohasidagi dehqonchilik jamoalarining himoya qal‘asiga aylangan. 
Aftidan shu davrdan boshlab aholi soni, ishlab chiqarish kuchlarining o‗sishi va 
aholining turli dehqonchilik vohalariga tarqalib borishi sodir bo‗lgan. Aholining 
ko‗payishi o‗z navbatida yangi vohalarni o‗zlashtirishga va bu vohalarda sun‘iy 
sug‗orish inshootlarining barpo etilishiga olib keldi. Mirshodi (Bandixon) 
sug‗orish inshootlari ilk temir davriga borib yanada takomilashadi. Bu jarayonni 
Surxondaryo viloyatida yangi vohalarni paydo bo‗lishidan ham kuzatamiz. 


228 
Boshqa vohalarda, jumladan Xorazm, Toshkent, Farg‗ona vodiysida ilk 
sug‗orma dehqonchilik jaryonlari birmuncha kechroq, ya‘ni so‗nggi bronza va ilk 
temir davrida sodir bo‗la boshlagan. 
Sopolli madaniyati moddiy manbalarini o‗rganish uning tadqiqotchilariga 
shunday xulosaga chiqarishga imkon berganki, Sopolli davrida dehqonchilikdan 
ikkinchi mehnat taqsimoti-hunarmandchilikning ajralib chiqishi yuz bergan. 
Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma‘lum bir sohalariga 
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu o‗z 
navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‗sishi va ularning bir yerga to‗planishi 
uchun imkoniyatlar paydo qiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‗sishi esa 
mahsulot hajmining o‗sib, qo‗shimcha mahsulot paydo bo‗lishiga sabab bo‗ldi. Bu 
davrda xo‗jaliklarning ixtisoslashuvi, sugorma dehqonchilikning rivojlanishi, 
hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o‗zaro ayirboshlash va savdo-
sotiqni taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarga 
olib keladi. Ushbu o‗zgarishlar ilk shaharlarni va ilk davlatchilikni paydo 
bo‗lishida asosiy poydevor bo‗lib xizmat qildi. 
Yuqordagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib aytadigan bo‗lsak, qadimgi 
sug‗orma dehqonchilik uchta bosqichni bosib o‗tadi: Birinchi bosqichda eng oddiy 
liman usulida sug‗orishni paydo bo‗lishi va uni rivojlanishi. Bunda mavsumiy suv 
toshishidan tabiiy sug‗oriladigan yerlarda dehqonchilik qilingan. Ikkinchi 
bosqichda tabiiy sug‗oriladigan yerlardan hosil olish mobaynida dehqonlarda 
ularni tartibga solish ko‗nikmalari asosida dastlabki irrigatsiya inshootlari bunyod 
etildi. Natijada irrigatsiya tizimidan foydalanib sun‘iy sug‗orishga o‗tildi va 
dastlabki magistral kanallar paydo bo‗ladi. Uchinchi bosqichda esa rasman endi 
kanallardan ariq kovlab suv chiqarish boshlandi. 
Umuman olganda mamlakatimiz xududida ilk dehqonchilik belgilari 
Zarafshon xavzasida dastlab Sarazmda va Zamonbobo madaniyati zamirida va bir 
oz keyin Sopolli madaniyati yodgorliklarida yaqqol ko‗rinadi. 
IX-X asrda arab tilidagi tarixiy-geografiya ilmi o‗zining yuksak darajasiga 
chiqdi va tarixiy geografiyaga bag‗ishlangan katta asarlar yaratildi. Arab tarixiy 
geografiyasida tavsifiylikka kuchliroq e‘tibor qaratilib, ular arab tilida tavsifiy 
geografiya deb ham ataladi. Bu esa, tarixiy geografiya sohasida butkul yangi 
qadam bo‗lib, yunon matematik geografiyasidan katta farq qilar edi. IX-X asrlar 
O‗rta Osiyo shaharlari tarixini o‗rganishda mana shu turdagi asarlarning qiymati 
yuksak hisoblanadi. Chunki tarixiy manbalarda shaharlar holatini yoritib berish 
mualliflarning e‘tiborlaridan chetda qoladi. Ularning ayrimlari asosan poytaxt 
shaharlar va tarixiy jarayonlar bilan bog‗liq tarzda shaharlar tarixiga oid ayrim 
ma‘lumotlarni yozib qoldirganlar, xolos. Tarixiy geografik asarlarda esa asosan 
shaharning o‗zini alohida ob‘ekti sifatida yuritib berishga urinish kuchli. Bunda 


229 
butun bir mintaqa, uning geografik holati, axolisi va uning tabaqalanishi, xo‗jalik 
mashg‗ulotlari, asosiy tirikchilik manbai, irrigatsion tizimi, bozorlari, ichki va 
tashqi asosiy yo‗llari, madaniy va diniy holati bir tizimli tarzda yoritib beriladi. 
Aynan yuqoridagi jihatlarga ko‗ra, tarixiy geografik asarlar O‗rta Osiyo shaharlari 
tarixini o‗rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Yana e‘tiborli jihati shundaki, 
tarixiy geografik asarlarning mualliflari o‗zlari tavsiflagan hududlarini ko‗p 
holatlarda o‗zlari sayohat uyushtirib bevosita ko‗rgan kechirgan holatlarini 
tavsiflashga uringanlar. Bormagan hududlari haqidagi ma‘lumotlarni esa boshqa 
aynan shu hudud bo‗yicha asosiy hisoblangan manbalardan olganlar. 
Al-Johiz (IX asr), Abu Zayd Ahmad ibn Sahla al-Balxiy (X asr) va Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr al-Jayhoniylarning (X asr) bugungacha 
yetib kelmagan geografik asarlarida O‗rta Osiyo xalqlari, ular yashagan shahar va 
qishloqlar haqida qimmatli ma‘lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, Istaxriy, Ibn Xavqal 
va Al-Muqaddasiylarning asarlari bu o‗rinda alohida ajralib turadi. 
Al-Istaxriy, Ibn Xavqal va Al-Muqaddasiy asarlarining ahamiyatli tomoni 
shundaki, ularda Movarounnahrning o‗sha zamonda qanday viloyatlarga, 
viloyatlarning ma‘muriy bo‗linishi, asosiy tumanlari va shaharlari, ularning 
iqtisodiy holati va mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‗sish, asosiy 
binolari, irrigatsion tizimi, tirikchilik manbai, mexmondo‗stligi va ayrim 
mintaqalarning etnik va diniy tarkibi to‗g‗risida ham muhim ma‘lumotlar 
keltirilgan. Shuningdek, katta shaharlarning har bir ko‗chasining nomi, asosiy suv 
bilan ta‘minlovchi irrigatsion tizimlar, shaharlardan o‗tgan kanalchalar, ular 
to‗yinadigan manbalar, shaharlarning darvozalari, ularning nomlari va 
shaharlarning hayotida qanchalik ahamiyatga ega ekanligi ko‗rsatib berilgan. 
Samarqand shahri to‗g‗risida so‗z ketar ekan, ularda bu shahar Somoniylar 
sulolasi hukmronligi davrida va undan keyin ham mintaqaning eng katta va 
markaziy shaharlaridan biri bo‗lganligi aytilgan. Tadqiq etilayotgan davrga oid 
manbalarda bu shaharga alohida e‘tibor qaratilgan va umuman Samarqandning 
shahar sifatida holati yorqin holda yoritib berishga urinilgan. Samarqand shahri 
haqida ma‘lumotlar arab geograflarining dastlabki ishlardayoq uchrab kelgan 
bo‗lsa-da, ammo anchayin mukammalroq ma‘lumotlar Istaxriyning yuqorida to‗liq 
tavsif etilgan asarida mavjud. Jumladan unga ko‗ra «So‗g‗dniig poytaxtiga 
Samarqanddir, u shuningdek mintaqaning poytaxti bo‗lib, uning o‗n ikkita rustaqi 
bor va ularning oltitasi daryoning janubida joylashgan hamda ular quyidagilardir: 
Bunjikas(t), Keyin Varag‗sar, keyin Moymurg‗, keyin Si(a)njarfag‗n, keyin 
D.trg‗am, keyin esa U(Av)far, daryoning shimolidagilardan esa eng tepadagisi 
Yorkas(t), keyin Burnamaz(d), keyin Buzmojan, keyin Kabuzanjkas(t), keyin 
Vizor, keyin Marzbon, ayrim holatlarda imharlaring yarmi rustaqlarda joylashgan, 
o‗lkaning qolgan shaxarlari esa Rivdad, Abg‗ar, Ishtixan, Kushoni, Dabusiya, 


230 
Karminiya, Rabinjan, Qatvona. Ibn Xavqal esa Samarqand Sug‗d daryosining 
janubiy qismida baland yerda joylashgan shahar go‗zalligini, shuningdek, uning 
qo‗handiz, madina va rabodi mavjudligi to‗grisida ma‘lumotlarni bergan. Ibi 
Xavqal imonida ko‗handizda qamoqxona mavjud bo‗lganligi va u yerda mishm 
qasri bu davrda vayronaga aylanganligi to‗g‗risida ma‘lumot beriladi. 
Boshqa bir muallif, Ibn Xudodbehning ma‘lumotiga ko‗ra esa, 
«Samarqandda shuningdek qo‗rg‗on ham mavjud bo‗lgan. Ayrim mualliflar uning 
[Samarqandning] shaharlari sifatida ad-Dobusiya, Arbinjan, Kushaniya, Ishtixan, 
Kess, Nasaf va Xujanda ilbilarni ham qayd etganlar». Ammo bu yerda bizning 
fikrimizcha, Samarqandning mintaqa miqyosidagi poytaxt shaharlardan biri 
bo‗lganligiga urg‗u berilyapti. 
Shuningdek, Istaxriy, Ibn Xavqal, Muqaddasiy va undan keyingi davr 
mualliflari o‗z asarlarini yozishda arab tilidagi tarixiy geografiya ilmining 
asoschilari al-Balxiy, al-Jayhopiy va boshqa olimlarning ma‘lumotlaridan ham 
keng foydalandilar. Afsuski, ushbu asarlarning ko‗pchiligi bugungi kunga qadar 
saqlanib qolmagan. Jumladan, buni al-Istaxriyning quyidagi fikrlaridan bilib olish 
mumkin: «Jayhoniy o‗z kitobida aytishicha So‗g‗dni odamni suratiga o‗xshatish 
mumkin uning boshi Bunji-ka(t)dir, oyoqlari Kushoniya, beli U(Av)far, qoni 
Kabuzanjkas(t) va Turksafi, qo‗llari Moymurg‗ va Buzmojan, uning uzunligini 
qirq olti farsaxda o‗ttiz olti farsax etib belgilagan. Uning eng katta masjidi 
(minbar) Samarqandda, keyin Kesh, keyin Nasaf, keyin Kushoniya va 
boshqalarigacha. Undan boshqasi esa Sug‗dning yana bir qasabasi Ishtixan va uni 
Samarqanddan ajratib ko‗rsatgan. Buxoroni ham Sug‗dga mansub qilib ko‗rsatgan, 
bunga asos sifatida Sug‗d nomli daryoning Buxorodan ham o‗tishini misol qilib 
ko‗rsatgan. Ammo masalaga bunday yondoshish noto‗g‗ridir, masalan Iordan 
(Urdun) daryosi Falastindan ham o‗tganligi uchun Falastinni Urdun (Iordan) 
o‗lkasi deyilmaydi-ku...». An-Nasafiyning asarida esa, Samarqandga tegishli 120 
ta toponim zikr etiladi. Bular Samarqand devori (xoit Samarqand) Xayyan devori, 
Kavsakon (Kusakok) devori, ichki shaharning uch darvozasi (bob), tashqi 
shaharning 2 darvozasi (darb), 16 ta mahalla, 36 ta ko‗cha (sikka), 12 qabriston 
(maqbara), 14 ta masjid, 5 ta madrasa, 7 rabot, uchta xonaqoh, 2 ta rasta (xonut), 
bitta saroy (dor), bitta savdo qatori (raff), bitta harbiy lager (al-maaskar) va bitta 
hovuz nomi keltirilgan. 
Ibn Xavqalning ma‘lumot berishicha, «Samarqand Sug‗dida, agar odam 
ularning qo‗rg‗oniga [qo‗handiz] chiqsa, daraxtlardan holi bo‗lgan tog‗larga va 
chang sahrolarga nazar tushadigan biror bir makon va shaharni ko‗rmagan holda 
manzara guvohi bo‗ladi. Ularning dalalari yam-yashillikka burkangan, daraxtlar 
bilan o‗ralgan. Abu Usmon aytib o‗tganki, nabotot yashil manzarasidagi o‗simlik 
ustidagi g‗ubor go‗zallikdandir [ziynatdir], biroq keng tuproq ustidagi chang yer 


231 
qachonki hayotda o‗z bahosini yo‗qotib, go‗zallikdan mahrum bo‗ladi, go‗zallik 
xususiyati qolmaydi, huzurbaxshligi yo‗qoladi, sayohatchini lazzatdan mahrum 
etadi. Movarounnahr bu masalada [go‗zallik bobida] taqdir ato etgan mo‗l-
ko‗llikka ega». 
Yana uning ma‘lumoticha, «Samarqand [shahri] da qal‘a va to‗rt darvoza 
bor; sharqiy darvoza Xitoy [darvozasi] deb atalgan bo‗lib, balandlikda joylashgan. 
Un[yoni] dan pastga qarab ketgan ko‗p sonli zinalar orqali Sug‗d daryosi [oldi] ga 
tushiladi; Garbiy darvoza-Navbahor [deb ataladi], u ham balandlikda joylashgan; 
shimoliy [darvoza] Buxoro [darvozasi], janubiy [darvoza esa] Katta [darvoza deb 
ataladi]. Ibn Xavqalning ushbu ma‘lumoti ushbu davrda ijod qilgan boshqa arab 
geograflari Al-Istaxriy, Al-muqaddasiy va boshqalarning ma‘lumotlarida ham o‗z 
tasdig‗ini topadi. 
Tarixchi Sh. Kamoliddin fikricha, qo‗rg‗onli shahar Afrosiyob hududida 
joylashgan bo‗lib, janubiy shahar tashqari qismi (rabod) esa «Amir Temur 
Samarqandi» hududida joylashgan. Shaharning uch qismli bo‗linuvi islomdan 
avvalgi paytlardayoq mavjud bo‗lgan. Shahar atrofdagi joylari rabod devori bilan 
o‗rab olingan va uning qoldiqlari bugungi kunda Devori Qiyomat nomi bilan 
ma‘lum. XII asrga kelib, janubiy shahar atrofidagi hudud «shahriston» (madina) 
deb, avvalgi shahristonning o‗zi qo‗rgon bilan birgalikda «ichki shahristonni» (al-
madina ad-daxila) deb atala boshlagan. Biroq IX - X asrlardayoq ayrim mualliflar 
tomonidan rabod atamasi bilan birgalikda «ichki shahriston» atamasi ham ayrim 
holatlarda qo‗llanilgan. Ibn al-Faqihning ma‘lumotiga ko‗ra, Samarqand shahri 
ichki shahristondan (maydoni 1500 jaribga teng bo‗lgan), tashqi shahristondan 
(maydoni 5000 Jaribga teng) va raboddan (maydoni 6000 jaribga teng) iborat 
bo‗lgan. 
Shuningdek, yana Ibn Xavqalning ma‘lumotiga ko‗ra, Samarqandda yirik 
shaharlardagidek katta bozorlar, bir qator mahallalar, hammomlar, karvon-saroylar 
va uylar mavjud. Unda oqar suv (soy) bo‗lib, u [shahar ichi] ga bir qismi 
qo‗rg‗oshindan yasalgan ariq orqali kirib boradi. Uning ustida to‗g‗on qurilgan 
bo‗lib, uning ayrim joylari yer ustidan ko‗tarilib turadi. Bozorning o‗rtasi va 
sarroflar mahallasida [yer ustiga] toshlar terilgan bo‗lib, ular ustidan suv [ariqda] 
Misgarlar mahallasidan oqib chiqadi va Kesh darvozasi orqali shahristonga kirib 
boradi. Bu [osma] ariqning tashqi tarafi butunlay qo‗rgoshindan [yasalgan]. Gap 
shundaki, shahriston atrofidan chuqur xandaq o‗tgan bo‗lib, [burun] uning ichidan 
shahar devorining qurilishi uchun loy olingan. Uning ichidan qazib olingan tuproq 
va loyning miqdoriga yarasha bu [xandaq] katta bo‗lib ketgan, shuning uchun 
uning ustidan shahristonga suv o‗tkazish uchun Gumbaz boshi» (Ra's at-Toq) 
degan joyda, shahar bozorlarining o‗rtasida, Samarqandning eng aholisi zich 
[joylashgan] yerda to‗g‗on qurilishiga ehtiyoj tug‗ildi. Bu [osma] ariq qadimgi 


232 
bo‗lib, islomdan oldingi davrlarda [qurilgan]. Bu [osma] ariqning ikki tarafida 
joylashgan yerlardan olinadigan daromad uni ta‘mirlash va yaxshilashga 
ishlatiladi. Unga qishda ham, yozda ham qarab [parvarish qilib] turish 
otashparastlar [«mug‗lar»]ga topshirilgan bo‗lib, [ular bilan tuzilgan] maxsus 
shartnomaga ko‗ra, buning evaziga ulardan [davlat] g‗aznasi foydasiga jon 
boshidan [olinishi lozim bo‗lgan] o‗lpon olinmaydi. Jome‘ masjidi shahristonda 
qo‗rg‗ondan pastroqda joylashgan, ular orasidan katta yo‗l o‗tgan. Shaxristonda 
suv [yuqorida] aytilgan ariq va bog‗lardan olinadi. Shahristonda, Asfizor deb 
nomlangan joyda Somoniylar qurdirgan qasr binolari joylashgan, shu bilan birga 
yana bir qasr bir qo‗rg‗on [ichi] da joylashgan». An-Nasafiy, Ibn al-Faqihlariipg 
ma‘lumotiga ko‗ra esa, Samarqand devori 134/750-751 yillarda Abu Muslimning 
Samarqandga yurishi natijasida, u tomonidan 135/752-753 yillarda bitkazib 
tugatilgan va o‗z ichiga 450 ta qasrni (javsaq) o‗rab olgan. Uning balandligi 15 zira 
(lokot), kengligi 7 zirani va aylanasi 90 ming zirani tashkil etgan. Unda 360 ta 
minora bo‗lib, har birining orasida 250 va istehkom tuynukchalari mavjud bo‗lgan. 
Samarqand shahrini suv bilan ta‘minlovchi daryo, soy va ariqlarga nisbatan 
geograf Ibn Xavqal tomonidai berilgan quyidagi ma‘lumoti katta qiziqish 
uyg‗otadi. Uning yozishicha, «Samarqand aholisi foydalanadigan suvlar Sug‗d 
daryosidan oqib keladi. Bu daryoning boshi - Buttam tog‗larida, Sag‗oniyon 
orqasidadir. Daryo tizimida Jan nomli ko‗lga o‗xshash bir suv havzasi [mavjud] 
bo‗lib, uning atroflarida qishloqlar joylashgan. Bu yer Urgar deb ataladi. Daryo 
tog‗lar orasidagi [o‗sha] ko‗ldan oqib chiqib, «To‗g‗on boshi» degan ma‘noni 
anglatadigan Varag‗sar nomli bir joyga yetib boradi. Bu yerdan vodiyning g‗arbiy 
qismiga Samarqand [shahri] tomoidan bevosita tutashuvchi ariqlar va rustaqlar 
ajralib chiqadi. Vodiyning sharqiy qismidagi ariqlar [esa] Varag‗sar qarshisidagi 
Gubar nomli joydan boshlanadi, chunki aynan shu joydan tog‗lar ayrilgan bo‗lib, 
ekin ekish va ariq o‗tkazish mumkin bo‗lgan yerlar ko‗rinadi. Varag‗sardan Barsh, 
Barmish va Bashmin [nomli] anhorlar boshlanadi. Barsh anhori Samarqand 
[shahri] yaqinidan [oqib] o‗tgan bo‗lib, undan Shahristonni va unga butun uzunligi 
bo‗ylab har tomondan [kelib] tutashgan bog‗lar va qishloqlarni [sug‗oruvchi] 
ariqchalar oqib chiqadi. Barmish [arig‗i] shu ariq bilan janub tomondan 
chegaradosh bo‗lib, uning [bo‗ylarida] butun uzunligi bo‗ylab bir kunlik yo‗l 
masofasi] davomida qishloqlar joylashgan. Bashmin [anhor] ga kelsak, u Barmish 
[anhor] dan janubroqdan [oqib] o‗tadi va o‗zining butun uzunligi bo‗ylab 
[joylashgan] ko‗p sonli qishloqlarni sug‗oradi, lekin u [yuqorida] zikr etilgan 
ikkala anhordan oldinroq tugaydi. Anhorlarning eng kattasi Barsh, keyin 
Varmishdir, ularning ikkovisida ham kemalar yurishi [mumkin]. Va anhorlardan 
ariqlar ajralib chiqqan bo‗lib, ularning soni juda ham ko‗p, shu tufayli ular 
yordamida qishloqlar va dalalar gullab yashiaydi. ... Buzmojan [arig‗i] Sinavab 


233 
[arig‗i] dan yaqinroqda, shaharga tutash bo‗lgan yerlar tomonda joylashgan bo‗lib, 
Kuzmojan [nomli] rustaqni sug‗oradi. Ishtixan [arig‗i] ga kelsak, uning [suvlari] 
dan faqat uning boshidan taxminan 4 farsax masofadagi yerdan boshlab 
foydalaniladi; o‗sha yerda u [kichik] ariqchalarga bo‗linadi va Ishtixan shaxriga 
yetib borguncha 7 farsax maydonni sug‗oradi.... Samarqandda suv ta‘minotining 
bosh boshqaruvchisi, shuningdek, daryoning qirg‗oqlari, daryo o‗zani va uning 
to‗g‗onlari yemirilib [ishdan] chiqqanda, [ularni] mustahkamlab [qurish] uchun 
maxsus tayinlangan odamlar bor. Varagsarda yer solig‗idan ozod etilgan 
uzumzorlar va bog‗lar bo‗lib, buning evaziga ularning [egalari] shu to‗g‗onlarni 
tuzatib turish |majburiyati] yuklatilgan. Daryodan biz [yuqorida] zikr etgan ariqlar 
ajralib chiqqandan keyin undan Samarqand darvozasi yonidagi Jird ko‗prigi 
chuqurligi bir necha kam ga teng bo‗lgan [boshqa] bir suv oqib chiqadi. Sug‗d 
yog‗ochlari Samarqandga [shu] daryo orqali [oqizib] keltiriladi. Bu daryo yozda 
Buttam, Usturushana va Samarqand tog‗laridagi qorlarning erishi hisobiga 
ko‗payadi. Ba‘zi vaqtlarda suv shunchalik ko‗p bo‗ladiki, u ko‗tarilib Jird 
ko‗prigining to‗g‗onidan toshib chiqadi va suvning haddan tashqari ko‗pligi tufayli 
Samarqand aholisi o‗zlarini suv toshqinidan himoya qiladilar». 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, IX-X asrlarda Samarqand shahri 
mintaqa siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida katta ahamiyat kasb etgan. 
Shu sababdan arab geograflari Samarqand shahrining ushbu davrdagi tarixiy 
joylashuvi, hududi, tarkibiy tuzilishi va eng asosiysi shaharlar vujudga kelishi va 
rivojlanishida muhim o‗rin tutgan suv bilan ta‘minlanishi kabi moslamalarni 
tasvirlashga katta e‘tibor qaratganlar. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin