Birinchisi
, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Tarix instituti
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan «O`zbek xalqi davlatchiligi tarixi
kontseptsiyasi» (O`zbekiston tarixi, 1999 yil, №1-son, -31-34 betlar).
Ikkinchisi
,
akademik
Ahmadali
Asqarovning
«O`zbekiston tarixi:
davrlashtirish yuzasidan mulohazalar» maqolasi (Turon tarixi, ommabop to`plam,
2003, «Fan» 17-21 betlar).
Uchinchisi
, akademik Akbar Hamidovning «O`zbekiston davlatchiligining
shakllanishida madaniyat va san`atning roli» maqolasi (Moziydan sado, №3-4 (19-
20), 2003 yil, -6-18 betlar).
Ko`rib turibsizki, odamzod va uning jamiyat tarixi juda qadimiy va
murakkabdir. U bir necha yuz ming yillik tarixni o`z ichiga oladi. Ana shu ko`p
ming yillik tarixiy davr ichida insoniyat o`zining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
etnomadaniy rivojlanish darajasiga ko`ra qator tarixiy davr va bosqichlarni bosib
o`tdi. Dastlab, XX asrning 40-yillarigacha O`rta Osiyoda hali arxeologik
izlanishlar izga tushib, kishilk jamiyati tarixini davrlashtirishda arxeologik
manbalardan foydalanish amaliyoti shakllanmagan paytda V.V.Bartold O`rta
Osiyo xalqlari tarixini yozma manbalar asosida davriy tizimini ishlab chiqadi.
Bunga ko`ra, O`rta Osiyo xalqlari tarixi «musulmonchilikkacha bo`lgan davr»,
«mo`g`ullargacha bo`lgan davr», «mo`g`ullar» va «temuriylar davri» nomlari bilan
davrlashtirildi.
188
SHo`rolar davri tarix fanida kishilik jamiyati tarixini 5 ta ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalar (ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va
sotsializm)ga bo`lib o`rganish uslubi qo`llanildi.
Keyingi yillarda tariximizning dolzarb muammolarini yangicha qarashlar
asosida yorita boshlagan bo`lishimizga qaramay, O`zbekiston tarixining
davrlashtirish masalasi hozirgacha o`z yechimini topa olgani yo`q.
O‗zbekistonnnng zamonaviy "ilmiy tarixiy maydonida" faollashayotgan
tarixshunoslik tobora tarixchilarning tadqikotchilik amaliyotiga kirib borish
diapazonini kengaytirmoqla, yangi muammolarni aniqlab va ularni hal qilish
orqali, ilmiy tarixiy bilish chegaralarini ham kengaytirmoqda. Bu nafaqat bugun
mamlakatimizda kechayottan tarix fani tashkiliy funksional tizimidagi
modernizatsiyalashuv jarayoni balkim, katta hajmdagi ilmiy tadqiqotchilik
mummolarini mushohada qilish, shuningdek, epistemologik va ijtimoiy madaniy
"chaqiriqlar" sharoitida sifat jihatdan yangi "tarixiy polotno" yaratish bilan
izohlanadi.
Tarixshunoslik ramziy ma‘noda profsssional tarixiy bilimlarning, tarix
sohasida bilish jarayonini tadqiq qilishga yo‗naltirilgan qolaversa ilmiy
mushohadaning haqqoniyligini ko‗rsatuvchi "lakmus qogozi", tarixchilar g‗oyalari
va nuqtai nazarlari o‗rtasidagi hakamdir. Ilmiy tarixiy jaryonning "ustida"gi
tarixshunoslik ayni paytda tarix fanining funksional muhitida bo‗lib, uning
ajralmas va tarkibiy qismidir. O‗zbekiston tarixini qayta mushohada qilishda, tarix
rivojini o‗rganishning konseptual yangilanishida, tadqiqotchilik muammolarini
dolzarblashuvida tarixshunoslik muhim
o‗rin tutadi. Mazkur darslikda
tarixshunoslikning "Muammoviy tarixshunoslik" yo‗nalishi, uning tarix fani uchun
tahlilchilik vazifasining ahamiyati va ishlanajak dolzarb muammolarini
aniqlashdagi roli haqida mushohada yuritiladi. Hozirgi paytda muammo
tarixshunosligi funksiyasi ikki yoqlama bo‗lib, bir tomondai tarixshunoslar
an‘anaviy ravishda vatan tarixi muammolarini o‗rganilishi, ilmiy maktablar va
tadqiqotchilar faoliyatini baholashga, yoki bir so‗z bilan aytgaida ma‘lum bir
muammo bo‗yicha ilmiy bilimlar to‗planishi jarayonini ko‗rsatishga urinmokdalar.
Ikkinchi tomondan qadriyatli yondoshuv asosida muqaddam shakllangan
tarixshunoslik an‘analaridan ilmiy bilimlar rivojining zamonaviy bosqichi uchun
nimalar muhim ahamiyatga ega ekanligini aiiqlash funksiyasi bo‗lib, bu ancha
murakkab vazifa hisoblanadi. Biz bu vazifaning nechog‗lik murakkab ekanligini
his qilgan holda diqqatimizni masalaning ikki jihatiga qaratdik: muammoviy
tarixshunoslik sohasidagi tadqiqotchilik tajribasi umumlashtirish; hozirga davrda
muammoviy tarixshunoslik rivojining asosiy tendensnyalarini ko‗rsatish. Bu
kontekstda mustakillik davrida muammo tarixshunosligining rivojlanish darajasi,
holati, ko‗lamipi aniqlash muhimdir.
189
Avvalambor "muammo tarixshunosligi" nima va u "oddiy tarixshunoslik"
dan qanday farq qiladi degan savolga javob berishga urinib ko‗ramiz.
Muammo tarixshunosligi ma‘lum bir muammoni yorituvchi ilmiy ishlar, u
yoki bu muammo mavzuviy "bloklarga" kiruvchi alohida olingan tadqiqotlarning
birlashmasidir. Muammo tarixshunosligida "o‗rganilayotgan masala bo‗yicha turli
ilmiy maktablar va yo‗nalishlar konsepsiyalari tahlili markaziy o‗rinni egallasa,
konsepsiyalar tahlilida esa ularning kelib chiqishi metodologiyasi, konsepsiyalar
genezisini o‗rganish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Tarixshunoslik haqida umuman gap yuritadigan bo‗lsak birinchidan, ya‘ni u
yoki bu mavzuviy yoki xronologik ilmiy axborot hajmi umumlashtirilgan
materiallar, tarixshunoslik rejasidagi ilk nashrlar 1920-30-yillarda vujudga kelgan
edi. Undan so‗ng 1940-50-yillarda respublikada ilmiy tarixiy bilimlar rivojini
ko‗rsatuvchi yakunlovchi mazmundagi ishlar chop etildi.
Ikkinchidan, tarixshunoslik xaqida ilmiy tarixiy tadqiqotlar va tarix fani
rivoji haqidagi ilmiy bilimlar tizimi sifatida fikr yuritadigan bo‗lsak, vatan
tarixshunosligi rivoji kontekstida 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarii "tizimli
epizodik" rivojlanish davri deb shartli ravishda xarakterlash mumkin. Gap
shundaki bu davrda tarixshunoslik yordamchi funksiyalarni bajaruvchi "mavqega"
ega bo‗lib, uning uning predmeti atrofida sobiq SSSR ilmiy tarixiy doiralarida
qizg‗in bahslar olib borilayotgan edi. Bu anjumanlar tarixshunoslikiing tarixiy
bilimlar tizimida o‗z ob‘ekti va predmetiga, funksiyalari va vazifalariga ega
bo‗lgan maxsus sohaga aylanishida muhim omil bo‗lib, muammo tarixshunoslik
tadqiqotlarining sifatida ham aks etdi.
Uchinchidan, 1968 yilda FA Tarix institutida tarixshunoslik bo‗limining
tashkil topishi O‗zbekistonda tarixshunoslikning mustaqil soha sifatida
rivojlanishida muhim rol o‗ynaganligini alohida ta‘kidlash lozimdir. Bu soha
shakllanishi va rivojida B.V. Luninning xizmatlari ayniqsa yuksak e‘tirofga
sazovordir. Muammo tarixshunosligi haqida gapiradigan bo‗lsak, bu soha
O‗zbekistonda 1970-yillarda, G. Jeltova, F.Qosimov va boshqa bir qator
tadqiqotchilarning monografik asarlari chop etilishi bilan vujudga keldi. Bu
tadqiqotchilik yo‗nalishidagi tizimli ish to‗g‗risida shuni ta‘kidlash o‗rinli
bo‗ladiki, aynan shu davrdan boshlab nafaqat umumlashtiruvchi balkim, tahliliy-
tanqidiy mazmundagi kapital asarlar chop etila boshladi. 1970-1980 yillarda
muammo tarixshunosligi rivojlana borib, bu sohada jiddiy tadkiqotlar amalga
oshirildi, dissertatsiyalar himoya qilindi, ko‗plab maqolalar e‘lon qilindi.
Sovet davrida yaratilgan tarixshunoslik ishlarini tahlil qilar ekanmiz, bir
qator tadqiqotchilar adabiyotlarni tahlil qilishda o‗zlari bilmagan holda tahlil
qilinayotgan adabiyotlardan ortiqcha sitatalar keltirish yoki tarixshunoslik faktlarni
sanab o‗tishga og‗ib ketganliklarini kuzatish mumkin. Sovet mualliflari
190
nashrlarining nazariy metodologik va konseptual mazmuniy darajasi ham bir qator
savollarni uyg‗otadi. Tarixshunoslik ishlarida obzor xarakteridagi tendensiya
bartaraf etilmaganligini: nazariy umumlashmalar va falsafny mushohada nashrlar
obzori bilan cheklangani yoki chop etilgan ma‘lum muammoga doir
adabiyotlarning bibliografik qaydi bilan almashtirilganligi, adabiyotlarni
annotatsiya qilish bilan cheklanganligi ko‗ramiz. Albatta tarixshunoslik uchun
bibliografik tadqiqot zarur va muhim. Biroq bu hali tarixshunoslik emas.
Bizningcha
tarixshunoslik
tadqiqotidan
o‗rganilayotgan
masalada
yondoshuvlarning kengayib borishida namoyon bo‗ladigan dinamikasini,
aniqlangan muammolar doirasini ko‗rsatish, jalb qilingan manbalar va tahlil
usullarini, muammoni mushohada etish asosiga qo‗yilgan asosiy g‗oyalarni
baholash talab qilinadi.
Sovet tarixchilari va tarixshunoslari asarlaridagi yondoshuvlarni tahlil qilar
ekanmiz, ularda "g‗oyaviy bo‗yoqlar" yaqqol ko‗zga tashlanishiga qaramay, bu
asarlar juda katta hajmdagi foydali ilmiy axborotga ega bo‗lib, bugungi kunda ham
mazmuniy muhimligini yo‗qotmagan.
Bu fikrimiz asosan ilmiy tadqiqot ishi "texnologiyasiga", sovet ijtimoiy
tuzumi barcha tomonlarini tarixshunoslik sohasida o‗rganilishida masalaning
qo‗yilishi va dolzarb muammolarini hal qilishga tegishli. Bu o‗rinda tanqidiy
remarka sifatida shuni ta‘kidlashimiz joizki, muammo tarixshunosligi (tarix fani
kabi) ilmiy ijod uchun zararli bo‗lgan siyosiy va g‗oyaviy unsurlar bilan
yuklatilgan edi. Ko‗rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan, sovet davridagi muammo
tarixshunosligi ma‘lum darajadagi saloxiyatini namoyon qilib, uni tarixshunoslik
ishi formatida ilmiy bilimlarning yaxlit tizimi sifatida to‗la asos bilan tasniflash
mumkin. Bu davr tarixshunoslik adabiyotlarini diqqat bilan o‗rganish respublikada
ilmii tarixiy tafakkur rivojining asosiy tendensiyalari va jarayonini kuzatish,
muammo tarixshunosligining asosiy va kontekst yo‗nalishlarini aniqlash imkonini
beradi.
O‗zbekistonning Mustaqillikka erishuvi tarix fani vazifalari va mohiyatini
tubdan o‗zgartirdi. Bunga binoan tarixshunoslik va tarixshunoslar ham yangi
jamiyat talablari va mezonlari asosida o‗z oldida turgan vazifalarni qayta ko‗rib
chiqib, bu jamiyat tafakkuriga mos keladigan tadqiqotchilik faoliyatini
shakllantirishga kirishdilar va o‗tgan yillar davomida ma‘lum natijalarga erishdilar.
Mustaqillik yillarida tarixshunoslik sohasi dinamik ravishda, ma‘lum darajada
maqsadli rivojlanib bordi. Bu kontekstda muammo tarixshunosligi holati va
xususiyatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, uning rivojidagi asosiy tendensiyalardan
biri ushbu yo‗nalishdag‗i tarixshunoslar va ilmiy maktabning shakllanishi bo‗ldi.
Bu ilmiy maktabning yangiligi shunda bo‗ldiki, tadqiqotchi o‗zini qiziqtirayotgan
mavzuga oid tarixshunoslik manbalarini o‗rganish bilan cheklanmay, tadkiq
191
qilinayotgan mavzu ramkasida "tarixshunoslik jarayoni" tushunchasini tashkil
qiladigan masalalar doirasini ham ko‗rib chiqishni qamrab oldi. Tarixshunoslar bu
tushunchaga "ilmiy tadqiqotlarni tashkil etilishini", konkret tarixiy muammoga oid
nazariy tasavvurlar tahlilini mujassamlashtirib, manbaviy asosidagi, tarixiy
tadqiqot usullaridagi o‗zgarishlarni, tarixiy profildagi ilmiy muassasalar faoliyati
xususiyatlarini, tarix fani rivojining har bir bosqichida kadrlar salohiyatining
shakllanishi ko‗rsatishga urindilar.
Muammo tarixshunosligi tadqiqotlari rivojidagi ikkinchi tendensiya
tarixshunoslik manbalari janrining‗ yiriklashuvi bo‗ldi: ilmiy anjumanlardagi
materiallari, jurnal maqolalari bilan bir qatorda individual monografiyalar chop
etildi, alohida muammolar bo‗yicha doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
O‗tkazilgan yirik ilmiy anjumanlar tarix fani rivoji kontekstida tarixshunoslik
rivoji muammolariga ham e‘tibor qaratdi. FA Tarix institutida o‗tkazilib
kelayotgan an‘naviy tarixshunoslik o‗qishlari muammo tarixshunosligi holati,
mavzular doirasini belgilash, istiqbolda o‗rganiladigan dolzarb muammolarni
aniqlashda muhim rol o‗ynab kelmoqda.
Mustaqillik yillarida muammoviy tarixshunoslik sohasida amalga oshirilgan
ishlarni tahlil qilishga o‗tar ekanmiz, shuni ta‘kidlash zarurki, 1990 yillarning
boshlaridagi muammo tarixshunosligiga doir ishlar xususiyati shundan iborat
bo‗ldiki, ular sovet davrida tadqiq qilinib, shu davrda yaratilgan adabiyotlar sovet
tarix fani g‗oyalari asosida tahlil qilingan.
Bu yillarda tadqiqotlar mavzusining yangilanishi ancha sekinlik bilan
amalga oshdi. Tarixshunoslik tadqiqotlari mavzularining yangilanishiga ularning
sifat jihatidan o‗zgarishiga tarix tadqiqotlaridagi yangilanish jarayoni turtki bo‗ldi.
Muammo tarixshunosligi rivojidagi Vatan tarixining dolzarb muammolarini qayta
mushohada etishda yangicha yondoshuvlarga asoslangan tadqiqotlar 1990
yillarning o‗rtalaridan boshlab vujudga kela boshlaganligini kuzatish mumkin.
Vatan tarixining dolzarb muammolarini o‗rganishda yangicha yondoshuvlarning
ommalashuvida 1994 yilda tayyorlangan maqolalar to‗plami O‗zbekiston
Respublikasi FA Tarix instituti tarixshunoslik bo‗limida tayyorlangan "XX
asrning dastlabki o‗ttiz yilligida O‗zbekistonda tarix fani (Tarixshunoslik
ocherklari)" ni alohida ko‗rsatib o‗tmoqchimiz. Mazkur tarixshunoslik
ocherklarida mustaqillik davri ilgari surgan, sifat jihatidan yangi vazifalardan kelib
chiqib, XX asrning dastlabki 30 yilligida O‗zbekiston tarixi fani rivojining asosiy
bosqichlari har tomonlama izchillik bilan yoritildi. Ushbu asarning ijobiy momenti
sifatida ilmiy o‗rganish ob‘ektiga kirgan muammo va masalalarni nihoyatda
chuqur
va
jiddiy,
yangi
nazariy-metodologik
yondoshuvlar
asosida
o‗rganilganligini ta‘kidlash zarur.
192
O‗zbekistonda amalga oshirilgan tarixshunoslik tadqiqotlarini xarakterlashga
o‗tar ekanmiz, shuni alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yillari ilmiy
tarixshunosligida O‗zbskistonning alohida hududlari tarixshunosligi masalalari
tadqiq qilindi. Xususan, Qoraqalpog‗iston, Buxoro, Xiva tarixshunosligiga oid
ishlar chop etildi. Shuni ta‘kidlash zarurki, bu tadqiqotlarda O‗zbekiston tarixining
umumiy va regional jihatlari turli muammoviy mavzuviy va xronologik rakurslari
vatan adabiyotlari doirasida tahlil qilish bilan chegaralanmaydi. Ishga yuqori
mutaxassislik mahorati darajasida chet el tarixshunoslik manbalari jalb qilinadi.
Bunday yondoshuv o‗z navbatida tahsinga sazovorki, bu orqali vatan tarixining u
yoki bu muammosi tarixshunosligining yaxlit manzarasi yaratiladi.
1990-yillarda sovet tarixshunosligida ilgari o‗rganilmagan prinsipial yangi
mavzu paydo bo‗ldi. Gap tarixiy sivilizatsion kommunikatsiyalar muammosi,
avvalambor Buyuk ipak yo‗li haqida ketyapti. Bugungi kunda ushbu mavzu
O‗zbekiston Respublikasi geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlari nuqtai nazaridan
uning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga asosli ravishda intilayotganligi,
dunyoning turli davlatlari bilan (asosan iqtisodiy va transport kommunikatsiyalar
sohasida) har tomonlama munosabat o‗rnatishida yetakchi mavzu bo‗lib qolmoqda.
So‗nggi yillardagi «tarixshunoslik mahsulotlar» ijtimoiy-siyosiy mavzularni
yetarlicha intensiv tadqiq qilish bilan xarakterlanadi. Ular mustaqillikning ilk
yillarida qizg‗in bahs-munozaralarga sabab bo‗lgan O‗rta Osiyoning Rossiya
tomonidan bosib olinishi va uning oqibatlari, milliy-ozodlik kurashlari,
«bosmachilik harakati», milliy va diniy siyosatning amalga oshirilishi, xotin-qizlar
muammosi.
Jadidchilik tarixshunosligi masalasi tahlil qilishda original yondashuvni
qo‗llayotgan O‗zbekiston tarixshunosligi maktabida bir muammo doirasida
birlashgan ilmiy hamjamiyat xususiyatlarini namoyon qilmoqda.
Mustaqillik
yillaridagi
muammoviy
tarixshunoslikdagi
eng
katta
yutuqlaridan
biri
bu
O‗zbekiston tarixining turli mavzularini xorijiy
tarixshunosligini yoritish bo‗ldi. Yangi avlod tarixchilarining chet tillarni
o‗zlashtirishi, xorijiy mamlakatlarga safarga chiqish, ilmiy markazlar,
kutubxonalaridan foydalanish imkonining vujudga kelishi bilan bu soxadagi
tadqiqotlar ayniqsa kengaydi.
O‗zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlari rivojlanishining asosiy tamoyillari
haqida aytilgan fikrlarimizga yakun yasar ekanmiz, tarix fani rivojida muhim
ahamiyatga ega bo‗lgan hozirgi zamon tarixshunosligi oldida quyidagi dolzarb
muammolar borligi qayd etish lozim:
Tarixshuioslik tadqiqotlari tahlili asosiga qo‗yilgan tarixiy adabiyotlarni
yangicha nuqtai-nazardan o‗qib, o‗rganib chiqish kerak. Bunday tadqiqotchilik
harakatlari tanqidiy ishning xolisligi va vatan tarixi tarixshunosligi muammolarini
193
o‗rganish umuman va xususan qanday amalga oshirilganligshsh baholashda
maqsadga muvofiq bo‗lar edi.
Tarixshunoslik tadqiqotlari mualliflari ilmiy tarixshunoslikning zarurligini
takidlamoqdalar. U fanda sodir bo‗layotgan o‗zgarishlar sabablarini anlashga,
zamonaviy tarixiy ong mohiyatini, ilgari surilayotgan konsepsiyalarning qanday
tekshirilayotganini, yangi ilmiy bilimlar qanday qilib yangi shaklga kirishini
tushunishga, tarix nafaqat bilim, balkim amalga oshayotgan jarayonni anglash
vositasi sifatida ham zarur bo‗ladimi degan savollarga javob topishga yordam
beradi. Muammo tarixshunosligi o‗zining rivoji davomida sifat jixatdan o‗zgarib,
tarixshunoslik tadqiqoti usullarini takomillashtirish uchun istiqbolda yaxshi
imkoniyatlarga ega.
Dostları ilə paylaş: |