O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112

partiyalarning 
o‗rnini belgilab, ularning o‗zaro munosabatlari, 
yangilanayotgan jamiyatda tutgan mavqei, vazifalri va huquqlarini kafolatlaydi. 
Oliy Majlis tomonidan «Kichik va xususiy tadbirqorlikni rivojlantirishni 
rag‗batlantirish to‗g‗risida»gi (1995 yil dekabr), «Konsessiyalar to‗g‗risida»gi 
(1995 yil dekabr), «Erkin iqtisodiy zonalar haqida»gi (1996 yil aprel), 
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida»gi 
Qonunlarning qabul qilinishi iqtisodiy islohatlarni huquqiy jihatdan ta‘minlash 
yo‗lidagi jiddiy tadbir bo‗ldi. 
Pul-kredit tizimini, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutani 
mustahkamlash, pulning qadrsizlanishini kamaytirish, narxlarning barqarorligini 
ta‘minlash maqsadida Oliy Majlis tomonidan «O‗zbekiston Respublikasining 


173 
Markaziy banki to‗g‗risida»gi, «Muddatida to‗lanmagan soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarini undirib olish to‗g‗risida»gi Qonunlar qabul qilindi. 
Respublika parlamenti agrar islohatlarni huquqiy jihatdan ta‘minlash maqsadida 
«Yer to‗g‗risida», «O‗simliklarning karantini to‗g‗risida», «Naslchilik to‗g‗risida», 
«Yer kodeksi», «Qishloq xo‗jalik shirkatlari», «Fermer xo‗jaligi», «Dehqon 
xo‗jaligi» to‗g‗risitdagi yangi Qonunlarni qabul qildi. 
Ushbu 
hujjatlar 
O‗zbekiston Respublikasining Inson huquqlarini 
kafolatlovchi siyosiy partiyalar, iqtisodiy islohatlarning huquqiy asoslarini 
yaratish, ma‘naviy yangilanishni ta‘minlash borasida manba rolini o‗ynaydi. Shu 
tarzqa manbalar bazasi shakllanmoqda. 
Oltinchi manbaga ilmiy – publisistik va maxsus asarlar kiradi. Bunday 
asarlarga I.A.Karimov va Sh.M.Mirziyoyev asarlarini kiritish zarur. I.Karimov 
mustaqilluikning dastlabki davrida o‗zining qat‘iy, ilmiy jihatdan yashovchan 
xulosalarini o‗rtaga tashladi. Ayni choqda mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida 
tahlil qiladi. Xuddi shunday asarlardan birinchisi 1992 yil 2-iyulda O‗zbekiston 
Oliy Kengashining X-sessiyasida «Istiqlol yo‗llari va muammolari» mavzusidagi 
nutqi hisoblanadi. Bu asarda islohatlarni amalga oshirish borasidagi dastlabki 
tamoyillarni belgilab berdi: 1-tamoyil: Bozor iqtisodiyotiga o‗tishda milliy-tarixiy 
turmush tarzimizni xalqimiz, urf-odatlarni, an‘analarimizni hisoblga olish; 
Ikkinchidan: respublikadagi o‗ziga xos ma‘naviy-ruhiy vaziyatdan kelib 
chiqib ish tutildi. Chunki, O‗zbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan-yilga 
o‗sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning ahamiyatiga etibor berar ekan 
I.Karimov shunday deydi: «Xalqimizning 60 va hatto undan ko‗proq foizi qishloq 
joylarida istiqomat qiladi va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida ishlaydi. 
Xulosa shuki, qishloq joyda va rayon markazlarida mavjud bo‗lgan ortiqcha ishchi 
kuchini shaharga olib kelish shart emas, balki yangi, ixcham, zamonaviy 
korxonalarni qishloq joylariga, tuman markazlariga olib borb qurishimiz zarur. 
Sodda qilib aytganda, odamlarni ishxonaga emas, ishhonalarni odamlarga 
yaqinlashtirish lozim». 
Uchinchidan: O‗zbekiston taraqqiyot yo‗lini ishlab chiqishda respublikaning 
jo‗g‗rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olinadi, demakki, mintaqalararo aloqalar, 
dunyoviy integrasiyani yo‗lga qo‗yishga kirishiladi. 
To‗rtinchidan: O‗zbekistonning bozor munosabatlariga o‗tishida ijtimoiy 
ong, ijtimoiy psixologiya masalalasini hisobga olish lozimligi ham ko‗rsatib 
berildi. Chunki sho‗rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tushunchasi,
ya‘ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan fikr 
shakllanib, boqimandalik paydo bo‗lgan edi. Islohatlar davrida xususiylashtirish 
jarayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllanining sari 
dadil qadamlar qo‗yilishi mana shu omildan kelib chiqqan xulosadir. 


174 
Beshinchidan: I.Karimov mustaqil O‗zbekiston siyosatini belgilashda islom 
diniga munosabatini tubdan o‗zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi va «din 
turmush tarzimizga o‗chmas muhrini bosgan. Xudoga qarshi kurashganlarning 
ahvoli nima kechishini ko‗rdik. Endi bu xil besamar va quruq inkor yo‗li 
yaramaydi. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ayniqsa 
musulmon davlatlari bilan o‗zaro aloqalarimizni kengaytirishda katta ahamiyatga 
ega», - deb ko‗rsatdi. 
Oltinchidan: 
O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy 
va 
siyosiy 
mustaqilligini himoya qilish va ta‘minlash imkoni beradigan boy moddiy-ma‘naviy 
hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. 
Endi hamma gap ana shu imkoniyatlardan unumli foydalainshda edi. 
Ushbu xulosalar I. Karimov tomonidan muntazam to‗ldirib, qadam-baqadam 
yangi qoida va yo‗l-yo‗riqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992 yil avgust oyi 
oxirida O‗zbekiston mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning 
«O‗zbekistonning o‗z istiqlol va taraqqiyot yo‗li» nomli O‗zbekiston istiqlolining, 
demokratik jamiyat ko‗rishning nazariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari 
nashrdan chiqdi. Ushbu risola keng jamoatchilik tomonidan, ma‘naviy hayotdagi 
yangilik va qo‗llanma sifatida kutib olindi. Unda O‗zbekiston istiqlolining nazariy 
ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o‗rganilib, jamiyat siyosiy xo‗jalik 
faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni bildiradi. 
Ijtimoiy va ma‘naviy sohada bu: 
-insonparvarlik g‗oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy 
daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib 
qolishini; 
- ma‘naviyaini qayta tiklashni; 
- o‗zbek tilini rivojlantirishni; 
- hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishlik; 
- ijtimoiy adolat qoidalarini ro‗yobga chiqarish, aholining eng nochor 
qatlamlari – keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‗p bolali oilalar, o‗quvchi 
yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‗lgan kafolatli huquqlarni 
ta‘minlashlik; 
- odamlarning iste‘dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit 
yaratish, ma‘naviy mulkni himoya qilishni bildiradi. 
Prezident I.Karimovning O‗zbekistonning huquqiy demokratik davlat 
sifatida qaror toptirishining yuqoridagidek dasturiy qoidalari demokratik, 
insonparvar jamiyat ko‗rish borasidagi jahon tajribasini yanada rivojlantirdi va 
yangi qoidalar bilan boyitdi. 
Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun-mohiyatini ko‗rsatish bilan 
birga, dolzarb vazifa qilib, eng avvalo bozor iqtisodiyotiga o‗tish masalasini 


175 
qo‗ydi. Chunki, faqat iqtisodiy baquvvat davlatgina kuchli bo‗ladi va har qanday 
islohatlarga qodir bo‗lishini u yaxshi tushunar edi. 
Shuning uchun ham, I.Karimov «O‗zbekiston – bozor munosabatlariga 
o‗tishining o‗ziga xos yo‗li» risolasida O‗zbekiston davlat qurilish va iqtisodiyotini 
isloh qilish dasturning o‗zagi sifatida qo‗yidagi beshta asosiy qoidani o‗rtaga 
tashladi. 
Birinchidan, iqtisodiy islohatlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, 
u biror mafkuraga bo‗ysundirilishi mumkin emas. Buning ma‘nosi shuki, 
iqtisodiyot siyosatidan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqg‗tisodiy 
munosabatlarni mafkuradan xoli qilish kerak.
Ikkinchidan, o‗tish davrida bosh islohatchi bo‗lishi lozim. U islohatlarning 
ustivor yo‗nalishlarini belgilab berishi, o‗zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va 
uni izchillik bilan o‗tkazishi shart. 
Uchinchidan, qonun ustivorligiga erishish, qonunlarga qa‘tiy rioya lozim. 
Buning ma‘nosi shuki, demokratik yo‗l bilan qabul qilingan yangi Konstitusiya va 
qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga oqishmay rioya etishi 
lozim. 
To‗rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli 
ijtimoiy siyosat o‗tkazish. 
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‗tish ob‘ektiv iqtisodiy qonunlar 
talablarini hisobga olgan holda, yaqin o‗tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larimiz, 
ya‘ni evolyucion yo‗l bilan puxta o‗ylab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi 
kerak.
O‗zbekistonning bozor munosobatlariga bosqichma-bosqich o‗tishi, bir 
tomondan, avvaldan meros bo‗lib qolgan barcha ijtimoiy tajribalarni chuqur 
o‗zlashtirish imkonini beradi. Ikkinchi tomondan isloh qilishning asosiy 
bosqichlarini aniq, ajratib beradi. Bu bosqichlarning har biri uchun aniq 
maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishga sharoit yaratadi. 
Prezident I. Karimov har bir risola va nutqida O‗zbekiston taraqqiyotiga doir 
tajribalarni mushohida qiladi, ularni boyitib borib, yangi-yangi qoidalarni ishlab 
chiqadi.
I.Karimov «O‗zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo‗lida» 
kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga doir beshta tamoyilining ahamiyatiga 
yana bir bor to‗xtaladi. Xususan, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich 
o‗tishning O‗zbekiston uchun naqadar afzalliklariga alohida urg‗u beradi. 
Jumladan, «bir bosqichni tamomlaganidan keyingina zarur shart – sharoitlarni 
yaratib, yangi bosqichga o‗tish mumkin, - deydi I.Karimov. Har bir bosqichda 
tafakkurimizni o‗stirib, erishilgan real natijalar bilan yangi tuzumning afzalligiga 
ishontiribgina islohatlarni oxirigacha amalga oshira olamiz. Dastlabki yakunlarni 


176 
chiqarish navbatdagi bosqichning vazifalarai va ustivor yo‗nalishlarini belgilash 
zarur». Shuning uchun I.Karimov ushbu kitobining ikkinchi qismida mamlakatni 
iqtisodiy rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar – xususiylashtirish va 
raqobatchilik muhitni shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, mikroiqtisodiy 
barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, ijtimoiy kafolatlari kuchli 
bo‗lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalarini belgilab beradi. Jumladan, 
uning fikricha, mazkur masalaning ustivor yo‗nalishlari qo‗yidagicha bo‗lmog‗i 
lozim: 
Birinchidan, iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qishloq hayotiga 
yetakchi tarmoq sifatida qarash; 
Ikkinchidan, milliy valyutaning qadrini muttasil oshirib borish; 
Uchinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erk berish, shaxsiy 
tashabbus va ishbilarmonlikka yo‗l ochish tadbirqorlikni qo‗llab-quvvatlash; 
To‗rtinchidan, iqtisodiy jonlantirish uchun korxonalarni xususiylashtirish, bu 
jarayonni tobora chuqurlashtirish; 
Beshinchidan, o‗tmish madaniyat va qadjriyatlarni tiklash ishlarini yo‗lga 
qo‗yish va bu borada izchil tadbirlarni amalga oshirish mustaqil O‗zbekistonda 
davlat mustaqilligini amalga oshirishning jamiyat rivojining hozirgi bosqichidagi 
ustivor yo‗nalishlaridir. 
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqqilgan, yuqorida 
keltirilgan bessh tamaoyilning ma‘naviy davomi sifatida 2017 yil Prezident 
Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarga mo‗ljallangan harakatlar strategiyasi 
ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etilayapti.
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga kora, har 
bir xalq o‗z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‗yishi hamda uni amalga 
oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egallaydi. Bugun 
O‗zbekiston ham o‗z tarixining ana shunday masuliyatli chorrahasida turibdi, 
desak, mubolag‘a bo‗lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 
ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va 
yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga aylanmoqda. 
Strategiya — bu ta‗limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‗lib, u 
izchillik bilan va to‗liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni 
ta‗minlaydi. 
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, 
dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda 
boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va 
bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir 
tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan 


177 
o‗zaro bog‘liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko‗plab tushunchalarda 
ifodalanadi. 
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. Siyosat, 
strategiya va taktika-strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog‘liq uchta 
mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va 
amalga 
oshirish 
uchun 
qabul 
qilingan 
bo‗lsa, 
uning 
joriy 
qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayog‘iga aylanadi. Taktika esa 
strategik vazifalarni amalga oshirish bo‗yicha kundalik, oylik va yillik (joriy) 
rejalarni va ularning yechimi bo‗yicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat-bu 
strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va 
integratsiya qilinishidir. 
Ko‗rib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-
umidlari yo‗g‘rilgan g‘oyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. 
Mafkuradan nusxa olib bo‗lmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham 
boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan o‗zlashtirib yoxud nusxa olib 
bo‗lmaydi. Zero, har bir xalqning o‗ziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, 
iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud bo‗ladi. Aynan shu omillar 
ma‗lum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi. 
Davlat strategik rejalari aniq va o‗zgarmas tamoyillarga bo‗ysundirilishi 
muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yo‗nalishini taʼminlashga xizmat 
qiladi. Jumladan, rahbar o‗z vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi 
ma‗lumotlar va xulosalar bilan qurollanmog‘i, bundan tashqari, improvizatsiya 
qilmog‘i, qo‗yilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ 
yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan 
qarorni o‗zgartirish ehtimoli yoki o‗zgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta 
ko‗rib chiqish imkoniyatini berishi zarur. 
Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past 
sur‗atlariga, shaxsiy mas‗uliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini 
oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor 
yondashuvlar bilan o‗zgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik 
yo‗nalishlarni belgilashning mavhum va noma‗lum jihatlarini oydinlashtirish 
orqali tartiblashtirishga erishiladi. 
Istiqbol maqsadlarni qo‗ygan davlatlarning aksariyati milliy strategik 
muvaffaqiyatlarni YAIMning o‗sishida, fuqarolarining farovonlik darajasining 
yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin o‗tmishda davlatning birlamchi vazifalari 
hosildorlikni oshirish, oltin-neftni ko‗paytirish, armiyani mustahkamlash bilan 
izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun O‗zbekistonda 
milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarning 
g‘oyaviy e‗tiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror 


178 
ijtimoiy institutlarning mavjudligini ta‗minlash asnosida amalga oshirish ko‗zda 
tutilmoqda. 
Strategik maqsadlarning aynan inson kapitaliga va u orqali adolatli 
qonunlarning, faol ijtimoiy institutlar harakati tashkil etilishiga qaratilayotganligi 
bejizga emas. Shuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish 
bilan amalda uning tamal toshi mustahkamlanadi. 
Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari 
tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga 
bo‗lgan munosabatini o‗zgarayotganligida namoyon bo‗lmoqda. Yurtimizda 
yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat‗i nazar, erkin, tinch va 
badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‗lib yashashi davlatning bosh 
maqsadi 
sifatida 
strategik 
yo‗nalishlar 
belgilanmoqda. 
Ular 
avvalo, 
rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda o‗z ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib 
ta‗lim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini 
taʼminlash, nogironligi bo‗lgan shaxslar, boquvchisini yo‗qotganlar, yolg‘iz 
keksalar, umuman, ko‗makka muhtoj qatlamlarni qo‗llab-quvvatlash davlatimiz 
rahbarining 2018 yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‗llagan Murojaatnomasida 
o‗z tasdig‘ini topdi. 
Davlat va jamiyat qurilishi shunday bir murakkab tuzilmaki, uning 
tarkibidagi bir-biriga bog‘liq bo‗lgan va bir-birini to‗ldiradigan soha va jabhalarni 
bir vaqtning o‗zida jadal rivojlantirishni talab qiladi. Ularning har biri ikkinchisiga 
zamin yaratadi. Qaysidir asosiy soha avval rivojlanib, boshqa soha va tarmoqlar 
uchun lokomotiv vazifasini ham bajaradi. Albatta, bu jarayonda har bir sohaning 
o‗ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, obyektiv tahlil qilish, o‗z vaqtida tegishli 
chora-tadbirlar qabul qilish, ularni rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratish, 
samarali ishlash mexanizmlarini yangi texnologiyalar asosida tashkil etib berish 
kabi vazifalarni hal qilishni talab qiladi. 
Davlatning harakatlar strategiyasi yetaklovchi lokomotiv kuchi — bu davlat 
va uning organlari. Islohotlarning garovi va kafolati hokimiyatning samarali 
faoliyati bilan bog‘liq hodisa. U boshqaruv mahorati bilan uzoqqa mo‗ljallangan 
maqsadlarni rejalashtiradi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qiladi, aholini 
safarbar etadi, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va uni odilona taqsimot 
qilish vazifalarini amalga oshiradi. Shunday ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi 
tizimlarini takomillashtirmasdan turib mamlakat hayotini modernizatsiya qilib 
bo‗lmaydi. Modernizatsiya o‗z umrini poyoniga yetkazgan boshqaruv usullarini 
yangi sifat va talablar darajasiga ko‗tarish bilan mamlakatni rivojlantirishga olib 
keladi. 
Bu 
jarayonlar 
bevosita 
mahalliy 
hokimiyatlarning 
hududlarni 
rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qilishning 
huquqiy asoslarini shakllantirishni taqozo qiladi.


179 
Boshqaruvda adolatli davlat idora tizimlari shakllanmas ekan, qonun 
ustuvorligini ta‗minlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor 
yo‗nalishlari — ikkinchi uzviy bog‘lanuvchi muhim tamoyil ta‗minlanmaydi. Ular 
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‗minlash, sudning nufuzini oshirish, 
sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Bunday tizimning samarali faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qilishning real imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Oliy sud — oliy 
hakam sifatida jamiyatning yaxshi-yomoni, foyda-ziyonini belgilab beruvchi 
ma‗naviy barometrga aylanadiki, bunday ijtimoiy muhitda jinoyat qilishdan ko‗ra 
bunyodkorlik qilish afzal bo‗ladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini 
ta‗minlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada 
takomillashtirish lozimligiga ahamiyat berishi strategik maqsadlarning izchil 
amaliyotini joriy etishga qaratilmoqda. 
Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni 
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlarini takomillashtirish 
imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori 
iqtisodiy o‗sish sur‗atlarini saqlash, tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish, 
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq xo‗jaligini 
modernizatsiya 
qilish 
va 
jadal 
rivojlantirishning 
yangi 
innovatsion 
texnologiyalarining tatbiq etilishi imkoniyatlarini yaratadi.
Jamiyatda ijtimoiy ongning o‗zgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham 
rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining in‗ikosi. Fuqarolar 
qanday ezgu amallar ma‗rifati bilan qurollangan bo‗lsa, ana shu ruhiy qudrat 
istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan to‗lqin sifatida millatning 
mushtarak maqsadlarida namoyon bo‗ladi. U, o‗z navbatida, ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi o‗rinlarning paydo bo‗lishiga, 
aholining real daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining o‗sib borishiga 
xizmat qiladi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin