185
adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilishdir. Bu savolga javob berish uchun qadimgi davr
tarixnavisligiga (manbalarga) murojaat qilamiz.
Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz?
Tarixiy manba deganda uzoq o`tmishda qolgan, tabiat va jamiyatning
ma`lum bosqichdagi kechmishini o`zida aks ettirgan moddiy va ma`naviy
yodgorliklarni tushunamiz.
Moddiy yodgorliklarga – qadimiy obidalar, manzilgohlari va mozorlar,
shaharlar, qasrlar va qal`alar xarobalari, uy-ro`zg`or buyumlari va boshqalar kiradi.
Ma`naviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og`zaki ijodi
namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar-bitik, qo`lyozma kitob, hujjatlar va
arxiv materiallari tushuniladi.
Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo`lgan va
uning xususiyatlarini o`zida aks ettirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklardan
iboratdir.
Shuni alohida ta`kidlash zararki tarixni, u qadimgi dunyo tarixi bo`ladimi,
yoki o`rta asrlar tariximi, yo bo`lmasa yangi davr tarixi bo`ladimi, undan qat‘iy
nazar, uni manbasiz, aniqrog`i birinchi manbasiz, o`rganib bo`lmaydi. Masalan,
ya`ni qadimgi dunyo tarixini o`rganish uchun ashyoviy (arxeologik) manbalar:
qadimgi shaharlar, qal`alar, suv va mudofaa inshootlarini va umuman qadimgi
odamlardan qolgan mehnat qurollari hamda zeb-ziynat ashyolari birinchi manba
bo`lib xizmat qiladi. O`rta asrlar xususan VIII-XIX asrlar tarixini arab, fors, turkiy,
xitoy va hind tillarida yozilgan qo`lyozma asarlarsiz o`rganib bo`lmaydi. Yangi
zamon tarixini o`rganishda esa davlat va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan
chiqqan hujjatlarsiz, ya`ni arxiv materiallarisiz o`rganib bo`lmaydi.
Shu o`rinda yana bir zarur gapni aytib o`tishga to`g`ri keladi. Ma`lumki,
manbadan foydalanishning o`zi bo`lmaydi. Buning uchun tadqiqotchi birinchi
navbatda xorijiy tillarni yaxshi bilishi bilan birga o`sha tillarda yozilgan tarixiy
manba va adabiyotlardan qiyosiy tahlil qilib foydalana olish malakasiga ham ega
bo`lishi lozim.
Bir so`z bilan aytganda tarixshunoslikni tarixiy manba va adabiyotlarni
qiyosiy tahlil qilmasdan o`rganib bo`lmaydi.
Dostları ilə paylaş: