O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


O„rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi masalalari XX asr 20-yillari



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112
O„rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi masalalari XX asr 20-yillari 
matbuotida. 
1920 yilning boshlarida Turkkomissiya raisi Ya.Rudzutak Turkiston 
ASSRni bo‗lib tashlash va milliy til belgisiga qarab muxtor (avtonom) 
respublikalar tuzish masalasini qo‗ydi. Milliy respublikalar tuzish zarurligi g‗oyasi 
tashabbuschilari bu masalani yerli xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi, milliy 
mojarolar kuchayib borayotgani bilan asosladilar. Bolsheviklar O‗rta Osiyoda 
yashab kelayotgan millatlarning ushbu geografik hamda siyosiy chegara ichida 
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiy qilishi mumkin emas deb topdilar. 


164 
Ushbu masala yuzasidan matbuotda e‘lon qilingan maqolalarni tahlil qilinar ekan, 
ularni mazmuni va mohiyatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‗lish mumkin: 
O‗rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash masalasiga doir savollar va 
murojaatlar. 
Markazdan yuborilgan va mahalliy rahbarlarning O‗rta Osiyoni milliy-
hududiy chegaralash masalasidagi fikrlari va savollarga javob maqolalari. 
O‗rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralash masalasida milliy-etnik 
nizolarning oldini olishga bag‗ishlangan maqolalar. 
Xorazm Xalq Sovet Respublikasining milliy-hududiy chegaralanishga 
tortilishi masalasi. 
O‗zbekiston SSRning tashkil topishi va uning poytaxti masalasi. 
Xorijdagi 
vatandoshlarimizning 
O‗rta 
Osiyoning 
milliy-hududiy 
chegaralanishiga oid maqolalari. 
O‗rta Osiyoni milliy respublikalarga bo‗lish masalasi o‗rtaga tashlangach, 
davriy matbuotda milliy ziyolilarning ushbu masalaga oid turli-tuman savollari va 
murojaatlari chiqa boshladi. «Milliy jumhuriyatlarga ayrilish kerakka o‗xshaydir. 
Busiz iloj yo‗q ekan. Ayrilish Turkiston doirasida bo‗lsunmi yoxud O‗rta Osiyo 
masshtabidami? Milliy jumhuriyatlar bo‗lgach, uni birlashtiradirgan Markaz 
masalasi qanday hal bo‗ladir? O‗rta Osiyo federatsiyasi kerakmi? Jumhuriyatlar 
Rusiya Sovet jumhuriyatiga bog‗lanadirmi? Milliy jumhuriyatlar bevosita 
markazga bog‗lansa, millatlar orasida iqtisodiy aloqa qanday bo‗ladir? Bo‗linish 
tartiblari va qirg‗iz qozoqlar Qozog‗istonga qo‗shiladirmi yoxud alohida 
jumhuriyat bo‗ladirmi? Turkmanlar, Xorazm va Buxoro turkmanlarini 
birlashtiradirmi? Tojik, qirg‗iz avtonomiyasi qanday tuziladir?». 
Yuqorida keltirilgan savollar hamda murojaatlar faqatgina hukumatning 
rasmiy gazeta va jurnallarida emas, hatto hajviy nashr hisoblangan «Mushtum»da 
ham chop etildi. «Turkistonda barchadan ham katta nufuzga ega biz deb davo 
qiluvchi ba‘zi rus mustamlakachilarning chegarasi qaerdan boshlanadir yoki 
bularning respublikasini bo‗yab ko‗rsatish uchun bo‗yoq yetmay qoldimi? Agar 
taqsimda xiyonat qiling‗on bo‗lsa, bu masala boshqatdan ko‗rilsun!». 
Yuqorida keltirilgan muhim savollar o‗rtaga tashlanganidan keyin ba‘zi bir 
mutassaddilar «Mushtum» nashriyoti nomidan ushbu savollarga quyidagicha javob 
qaytargan: «Milliyat masalasi to‗g‗risida axtarganimizda hech narsa 
ko‗rsatilmagan. Milliy masalaga qaratilib bir lug‗at nashr etilgandan keyin 
munosib bir javob berish niyatidamiz. Har holda, Sovetlar hukumatida 
mustamlakachilar jumhuriyati bo‗lmaydir. O‗rtoq, bu masala to‗g‗risida Angliya 
hukumatiga murojaat qiling!». 
Markazdan yuborilgan kommunistlar bilan birga mahalliy rahbar 
xodimlarning Turkiston mintaqasining milliy-hududiy chegaralanishi masalasidagi 


165 
fikrlari rasmiy matbuotda bosilib turdi. Masalan, Zelenskiy, Aytakov, Gajuxov, 
F.Xo‗jaev, A. Muhiddinov, S. Xo‗janov, I. Xidiraliev va boshqalarning nutqlarida 
milliy siyosat to‗g‗ri hal etilishiga ishonch bilan qaraldi. 
1924 yil 4-iyun kuni Moskvada 13-firqa qurultoyi bo‗lib, unda Turkistondan 
vakil S.Xo‗janov ishtirok etadi hamda unda ko‗rilgan masalalar matbuotda e‘lon 
qilinadi. Bu qurultoyda O‗rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishiga doir 
muhim masalalar muhokama etiladi. Eng asosiysi, milliy respublikalar tashkil 
topgach, O‗rta Osiyo o‗lkalari birikib, federatsiya tuzilishi masalasi ko‗riladi. 
Dastlab qurultoyda O‗rta Osiyo byurosi nomidan Rudzutak ma‘ruza qilganidan 
keyin Turkistondan borgan har bir millat vakillariga so‗z beriladi. Afsuski, o‗zbek, 
qozoq, turkman va qirg‗iz millatiga mansub vakillar ham O‗rta Osiyoning yagona 
federatsiyaga birlashishiga hali erta ekanligini ta‘kidlab, bu masalaga rad javobini 
beradilar. 
O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishningo‗tkazilishi paytida milliy-
etnik nizolarning oldini olishga bag‗ishlangan bir qator maqolalar e‘lon qilingan. 
Jumladan, hukumat vakillaridan biri Hojiboev milliy muxoliflikka bormaslik va 
etnik nizolarning oldini olishga e‘tibor qaratadi. Afsuski, milliy-hududiy 
chegaralanish arafasida milliy-etnik nizolar va hudud talashishlar kuzatiladi. 
Mahalliy ziyolilardan bo‗lgan Ismoilzoda matbuotda bu kabi janjallarni 
to‗xtatishga chaqiradi. «Milliy jumhuriyatlarga ajratish to‗g‗risida gazetalarimizda 
ko‗b narsalar ko‗rilmoqdadir. Bu to‗g‗rida «Oq jo‗l», «Angbakchil qozoq» 
(Urunburug‗da), Turkiston, Farg‗ona va Zarafshonda har xil maqolalarning ichida 
aksarisi bir tomonliq va tor bir o‗lchovda millatchilik ruhida bo‗ldikim, bu 
matbuotimizda katta nuqson hisoblanadir. Bunday maqolalarning natijasida 
matbuotimizda milliy shovinizm ruhining ko‗tarilishini sezamiz, hatto bu to‗g‗rida 
gazetamizning bir-birlari bilan so‗kushmagi omma orasiga millatchilik 
shovinizmining tuxumini ekish emasmi? Masalan, «Turkiston» bilan «Oq jo‗l» 
janjallari «Angbakchil qozoq»ning haddan oshishi, Zarafshonning chiqishi va 
Farg‗onada Alievning maqolasi va boshqalar. Albatta, biz bu yerda aybning kimda 
va qaysi tomonda ekanini surishtirmay matbuotimizning bu xususida to‗g‗ri yo‗l 
tutishini va uning har masalada ijtimoiy qarashga ega bo‗lishini chindan tilab 
qolamiz». 
Shu bilan birga, «Yacheyka yoki rayondagi firqa a‘zolarini aldab, sen o‗zbek 
jumhuriyatiga o‗t, sen qirg‗iz jumhuriyatiga o‗t deb ul bechoralarni miyasini 
aynitishdan nima foyda bor? Tezisdan chetga chiquvchilarga tegishlik firqa 
idoralari chora ko‗rsalar kerak» degan fikrlar matbuot sahifalarida uchragan. 
1924 yil 8-mayda O‗rta Osiyo iqtisodiy konferensiyasida qatnashish uchun 
Toshkentga kelgan Xorazm delegatsiyasi a‘zolari RKP(b) MQ O‗rta Osiyo byurosi 
raisiga «Xorazmda milliy masalaning hal qilinishi to‗g‗risida maktub» 


166 
topshiradilar. Unda Xorazmni mustaqil ma‘muriy rayon sifatida o‗zining doirasida 
qoldirish, shuningdek, Xorazm Respublikasi bilan Turkiston Respublikasining 
Amudaryo viloyatini birlashtirish taklif qilingan edi. Aslida, bu Xorazmning 
chegaralanish o‗tkazilishini rad qilishi edi... 1924 yilning 26 iyunida yangilangan 
Xorazm kommunistik partiyasi Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning 
zarurligini e‘tirof etadi. 
Xorazm Respublikasi Markaziy 
Ijroqo‗mining 
raisi Sulton 
Qori 
Jumaniyozov «Keyinroq qoldik» sarlavhali maqolasida o‗lkaning milliy 
chegaralanish uchun ortda qolganligi sababini tushuntirishga harakat qilib shunday 
deydi: «O‗lkamizning markazdan juda uzoqda bo‗lishi va yo‗llarining qiyinligi 
sabablik ko‗b masalalar bizga juda qiyin va butunlay eshitilmasdan qolar edi. 
Milliy chegaralash masalasi ham shunday bo‗ldi. 1924 yilning yanvar oyida o‗rtoq 
Mizlavik Xivaga kelib, milliy chegaralash masalasida doklad qildi. Lekin bu 
doklad bo‗yicha uning asosiy qoidasini va qanday yo‗lda bo‗lishini bilgan 
odamimiz bir bo‗lsa, bilmaganimiz o‗n bo‗ldi... O‗rta Osiyo byurosining kotibi 
o‗rtoq Korklin Xivada bo‗lib, milliy chegaralash masalasida qanoatlanarlik 
dokladlar qildi va uning asosiy foydalarini tamoman tushuntirdi. Shundan keyin 
biz Xorazm o‗zbeklari uchun O‗zbek jumhuriyatiga qo‗shilishdan boshqa chora 
yo‗qligini tushundik. Lekin shunday bo‗lgani holda qo‗shilishga qaror berib, shuni 
O‗rta Osiyo byurosiga bildirdik va qarorimizni topshirdik. Natija nima bo‗lur, 
hozircha ma‘lum emas...» 
Bolsheviklarning Turkiston mintaqasini milliy chegaralashdan maqsadi 
ushbu o‗lkalarni xomashyo yetkazib beruvchi hududiy birlikka yoki rayonga 
aylantirish edi. Hatto O‗rta Osiyoda milliy chegaralanish jarayoni bo‗layotgan bir 
paytda xomashyo va xo‗jalikka qarab yirik shirkatlar tuzish loyihasi allaqachon 
yaratilgan edi. «O‗rta Osiyo jumhuriyatlarini chegaralash munosabati bilan 
Turkiston paxtachilik shirkatini ikkiga ajratish to‗g‗risida loyiha tayyorlana 
boshlandi. Bu shirkatlarning biri «rus-o‗zbek shirkati» va ikkinchisi «rus-turkman 
shirkati». «Rus-o‗zbek shirkati» hay‘atiga O‗zbekiston jumhuriyati bilan unga 
qaragan qozoq, qora qirg‗iz, tojik rayonlari hamda Buxoro bilan Xorazmning 
ko‗proq qismlari kiradir. Buxoro bilan Xorazmning qolgan qismlari «rus-turkman 
shirkati»ga kiradir. Turkiston paxtachilik shirkatining sarmoyasi bu 
jumhuriyatlarda ekilgan va ulardan sotib olingan paxtalarning hisobiga qarab 
taqsim qilinadi - ya‘ni bo‗linadir». 
Davriy matbuotda berilgan rasmiy ma‘lumotga ko‗ra, O‗zbekiston SSRning 
maydoni (tojik muzofotidan boshqa) 440 ming murabba‘cha qirim va 7 ta 
muzofotdan: Toshkent, Samarqand, Farg‗ona, Zarafshon, Surxon, Qashqadaryo 
hamda Xorazmdan iborat ekanligi qayd etilgan. 


167 
Toshkentda 1924 yilning 5-dekabr sanasi O‗zbekiston SSRning tuzilgan 
kuni sifatida bayram qilingan. 5-dekabr tantanasini o‗tkazish bo‗yicha Rahmat 
Ahmadiy raisligida komissiya tuzilib, tadbirni o‗tkazish rejasi ishlab chiqilgan. 
Ushbu tantanada O‗zbekiston inqilob qo‗mitasi nomidan F.Xo‗jaev, Butunrusiya 
kommunist firqasi O‗rta Osiyo byurosi nomidan Zelenskiy, eski shahar ijroqo‗mi 
firqa 
raykomi 
kasabalar 
byurosidan 
Mallaboev, 
bundan 
tashqari, 
Rahimboevningtabrik so‗zlari yo‗llangan. 
1925 yil fevralda Buxoro shahrida chaqirilgan sovetlarning birinchi s‘ezdi 
«O‗zbekiston SSRni tuzish to‗g‗risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Bu 
deklaratsiyada shunday deyilgan edi: «Sovet hokimiyatining Sharqdagi avangard 
posti bo‗lgan O‗rta Osiyoda millatlarning o‗z taqdirini o‗zi belgilash huquqini 
amalga oshirish maqsadi bilan sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari 
hududlaridagi o‗zbek yerlarining qishloq va ovullari mehnatkashlar ommasi 
birinchi sovetlar s‘ezdi orqali bu xalqning tarixida ilk marotaba ishchi va dehqonlar 
O‗zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta‘sis qilinganini e‘lon qiladilar». 
O‗zbekiston SSRning poytaxti masalasi ham matbuotda ko‗p muhokama 
qilingan. Respublika markazining Samarqand shahri bo‗lishini barcha mahalliy 
aholi vakillari yoqlab chiqqanidan so‗ng, «Markaz» ham buni tasdiqlaydi. Matbuot 
materiallarida keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, hukumat va qator muassasalar 
uchun binolar qurish va shaharni obodonlashtirish maqsadida «Markaz»dan 
mablag‗ ajratilgan. «Samarqandni markaz holiga qo‗yish uchun hozirliq boradir. 
Buning uchun markaz million so‗m berdi». To‗plangan materiallarga tayanib 
shuni aytish mumkinki, qisqa muddatda (1924 yil 5-dekabrdan 1925 yilning 3-
apreliga qadar) Buxoro va Toshkent shaharlari O‗zbekiston SSRning poytaxti 
vazifasini bajardi. 1925 yilning 3-aprel kuni respublika poytaxti Samarqandga 
O‗zbekiston markaziy hukumati ko‗chib boradi. Poytaxtning Samarqandga ko‗chib 
kelishi munosabati bilan shahar maydonida bayram bo‗lib, unda F.Xo‗jaev, 
Y.Oxunboboev, I.Xidiraliev, V.Ivanov va boshqalar tabrik yo‗llaydilar. Jumladan, 
Ivanov shunday deydi: «Bu kungacha tarixda hech bir davlatning o‗z poytaxtini 
yaxshi katta shahardan ko‗ra quyiroq darajada bo‗lgan shaharga ko‗chirgani 
ko‗rilmagan. Sovet hukumati bo‗lsa o‗z poytaxtini mehnatkashlarga eng yaqin 
bo‗lgan joyga quradir». 
Xorijda yashagan vatandoshlarimiz tomonidan nashr etilgan jurnalda sovet 
milliy siyosati va O‗rta Osiyoning milliy chegaralanishiga oid maqolalar talaygina. 
Jumladan, shunday jurnalning ta‘sischilaridan biri bo‗lgan Mustafo Cho‗qay O‗rta 
Osiyoning milliy chegaralanishi xususida shunday deydi: «Turkistonning ayrim 
bo‗limlari - Turkmaniston, Qozog‗iston, Tojikiston, O‗zbekiston, Qirg‗iziston 
sovet jumhuriyatlari bo‗ldimi. Yo‗qsa, qozoq, o‗zbek, qirg‗iz, tojik, turkman rayon 


168 
va yo okruglari ataldimi - farqsizdir, Baribir, ularning hammasida O‗rta Osiyo 
byurosi va boshqa bir ism bilan Moskva idorasining diktaturasi ostida bo‗ladir». 
O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish jarayoni bolsheviklar milliy 
siyosatining yangi bosqichi bo‗lib, bunda milliy mojarolarning oldini olishi va 
hududlarning iqtisodiy taraqqiy etishi belgilangan edi. Ammo milliy nizolar, ya‘ni 
hudud talashishlarning davom etishi natijasida Turkiston mintaqasining 
yaxlitligiga putur yetdi. Sovet namunasida tuzilgan mazkur respublikalar 
iqtisodiyoti bir yoqlama, sobiq Ittifoqning xomashyo yetishtiradigan chekka 
hududlariga aylantirildi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin