Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi konsepsiyasi Ma`lumki, korporativ tarmoqlar asosida qurilgan yirik avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida har doim ham tarmoqning bitta uzelida barcha ma’lumotlar bazasini va MBBTni markazlashgan joylashtirishni tashkil etib boimaydi. Bu esa taqsimlangan
ma’lumotlar bazasini bashqarish tizimi bilan uzviy bog`langan taqsimlangan hisoblash tizimlarining paydo bo‘lishiga sabab bo`ladi.
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi - kompyuter tarmog‘ida taqsimlangan, o‘zaro mantiqiy bogiangan maiumotlar bazalari majmui.
Taqsimlangan ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi Taqsimlangan ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi – taqsimlangan ma`lumotlar bazasini boshqarishni va foydalanuvchilar uchun uning taqsimlanganligining shaffofligini ta’minlovchi dasturiy tizim. Taqsimlangan ma`lumotlar bazasi yagona global sxema doirasida har qanday modelni (ierarxik, tarmoq, relyatsion va obyektga mo`jjallangan ma’lumotlar bazasini) madadlovchi ma`lumotlar
bazalarini birlashtirishi mumkin. Bunday konfigurasiya, barcha ilovalar uchun joylashgan yeri va formatidan qat’iy nazar, har qanday maiumotlardan shaffof foydalanishni ta’minlashi lozim.
Taqsimlangan ma`lumotlar bazasini yaratish va ishlashining asosiy prinsiplari quyidagilar:
- ma`lumotlar joylashishining foydalanuvchilar uchun shaffofligi (boshqacha aytganda. taqsimlangan mal’umotlar bazasi foydalanuvchi uchun taqsimlanmagandek ko‘rinishi lozim);
- foydalanuvchilaming bir-biridan izolyatsiyalanganligi (foydalanuvchi ma`lumotlami o'zgartirishi, yangilashi, yo‘q qilishi onida boshqa foydalanuvchilar ishini “sezmasligi”, “ko‘rmasligi” lozim);
- vaqtning har qanday onida ma’lumotlar holatining sinxronlanganligi va uyg‘unligi (zid emasligi).
Taqsimlangan ma`lumotlar bazasini yaratish va ishlashining qo‘shimcha prinsiplari Asosiy prinsiplardan quyidagi qo‘shimcha prinsiplar kelib chiqadi:
- lokal avtonomiya (har bir hisoblash qurilmasi muvaffaqiyatli ishlashi uchun, har qanday boshqa qurilmaga bogiiq boimasligi kerak );
- markaziy qurilmaning mavjud emasligi (oldingi bandning natijasi);
- joylashgan yeriga bog`liq emasligi (maiumotlar xuddi foydalanuvchining lokal qurilmasida joylashganidek);
- ishlashining uzluksizligi (tizimning rejali uzilishining mavjud emasligi);
- ma`umotlaming fragmentlanishiga bogiiq emasligi (gorizontal fragmentlash - bitta jadval yozuvlarining turli guruhlari turli qurilmalarda yoki turli lokal bazalarda joylashtiriladi; vertikal fragmentlash
— bitta jadvalning turli hoshiyalari - ustunlari turli qurilmalarda joylashtiriladi);
- maiumotlaming replikatsiyalanishiga (takrorlanishiga) bog‘liq emasligi (maiumotlar bazasining qandaydir jadvali turli qurilmalarda joylashgan bir necha nusxalari orqali ifodalanishi mumkin);
- so‘rovlaming taqsimlangan ishlanishi (so‘rovlaming optimizatsiyalash taqsimlangan xarakterga ega boiishi lozim - awal global optimizatsiya, so‘ngra ishga tushirilgan qurilmalaming har birida lokal optimizatsiya);
- tranzaksiyalami taqsimlangan boshqarish (taqsimlangan tizimda alohida tranzaksiya turli qurilmalarda harakatlaming bajarilishini talab etishi mumkin, tranzaksiya barcha qatnashgan qurilmalarda tugallangan boisa u tugallangan hisoblanadi);
- apparaturaga bogiiq emasligi (turli xil kompyuterlari bo`lgan qurilmalarda tizimning ishlashi mumkinligi maqbul hisoblanadi);
- operatsion tizim xiliga bogiiq emasligi (tizim turli hisoblash qurilmalardagi operatsion tizimlaming farqlanishiga bog`liq bo`lmagan holda ishlashi lozim);
- konununikatsiya tarmog‘iga bogiiq emasligi (turli kommunikatsiya muhitida ishlash imkoniyati);
- MBBTga bog‘liq emasligi (turli qurilmalarda turli MBBT ishlashi mumkin, amalda SQLni madadlovchi MBBTIar ishlatiladi).