Fayl serveri modeli Fayl serveri modeli eng sodda bo‘lib, qanchalik axborot tizimini yaratish usulini xarakterlasa, shunchalik lokal tarmog‘idagi komponentlaming o‘zaro aloqasining umumiy usulini xarakterlaydi. Tarmoq kompyuterlaridan biri ajratilib, fayl serveri, ya’ni har qancha ma’lumotlar saqlanuvchi umumiy joy deb belgilanadi. FS -modelining mohiyatini tushuntirish mumkin.
FS - modelida barcha asosiy komponentlar mijoz qurilmasida joylashtiriladi. Ma’lumotlarga murojaat qilinganida MBBT, o‘z navbatida, fayl tizimiga ma’lumotlami kiritish - chiqarishga so‘rovlar bilan murojaat etadi. Seans vaqtida operatsion tizim funksiyalari yordamida mijoz qurilmasining asosiy xotirasiga ma’lumotlar bazasi fayli to‘laligicha yoki qisman nusxalanadi. Bu holda server passiv funksiyani bajaradi.
Ushbu modelning afzalligi - uning soddaligi, server unumdorligiga yuqori talablaming mavjud emasligi (asosiysi, disk muhitining istalgan hajmi). Ta’kidlash lozimki, bu holda MBBTning dasturiy komponentlari taqsimlanmagan, ya’ni MBBTning hech qanday qismi serverga o`ratilmaydi va joylashtirilmaydi.
Ushbu modelning kamchiligi - foydalanuvchilaming tizimdan ommaviy foydalanishida, masalan, ish kunining boshida avj qiymatiga erishuvchi yuqori tarmoq trafigi. Ammo, ma’lumotlaming umumiy bazasi. bilan ishlash nuqtayi nazaridan, MBBT tomonidan ma’lumotlar bazasi fayli (fayllari) xavfsizligining maxsus mexanizmlarining mavjud emasligi jiddiyroq kamchilik hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, foydalanuvchilar orasida ma’lumotlami taqsimlash
(ma’lumotlaming bltta fayli bilan parallel ishlash) faqat operasion tizimning fayl tizimi vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Kamchiliklariga qaramay, fayl serveri modeli ko‘pchilik foydalanuvchi rejimni madadlash yo‘nalishida shaxsiy MBBTning imkoniyatlarini kengaytirishning tabiiy vositasi hisoblanadi, shu jabhada o'zining ahamiyatini saqlab qoladi.
Ma’lumotlardan masofadan foydalanish modeli Ma’lumotlardan masofadan foydalanish modeli relyatsion MBBTlar uchun tashqi xotirada ma’lumotlami joylashtirishning va fizik manipulyatsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishga asoslangan. RDA — modelda MBBTda ma’lumotlardan foydalanish komponenti ikkita boshqa komponentlardan (taqdimiy
va tatbiqiy komponentlardan) toialigicha ajratilgan va tizim serverida joylashtiriladi.
Ma’lumotlardan foydalanish komponenti SQL - server deb ataluvchi MBBT dasturiy qismining mustaqil qismi sifatida amalga oshiriladi va tizim serverining hisoblash qurilmasida o‘matiladi. Boshqacha aytganda, SQL — server maiumotlar mashinasi rolini o‘ynaydi.
Tizim serverida joylanuvchi maiumotlar bazasi faylida (fayllarida) ma`lumotlar bazasining tizimli katalogi ham mavjud bo`lib, unda, jumladan, ro‘yxatga olingan mijozlar, ulaming vakolatlari va h. xususidagi maiumotlar ham joylashtiriladi.
Mijoz qurilmalarida interfeys va tatbiqiy fimksiyalami amalga oshiruvchi MBBTning dasturiy qismi o‘matiladi. Foydalanuvchi tizimning mijoz qismiga kirib, u orqali tizim serverida ro‘yxatdan o‘tadi va ma`lumotlami ishlashni boshlaydi.