Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi konsepsiyasi



Yüklə 39,13 Kb.
səhifə4/14
tarix23.12.2022
ölçüsü39,13 Kb.
#77507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Taqsimlangan ma\'lumotlar bazasi

Tizimning tatbiqiy komponenti
Tizimning tatbiqiy komponenti (so‘rovlar kutubxonasi, maiumotlami ishlash muolajalari) toialigicha mijoz qurilmasida joylashtiriladi va bajariladi. Tatbiqiy komponent o‘z fiinksiyasini amalga oshirishda SQL - serverga yo‘naltiriluvchi kerakli SQL - yo‘riqnomalami shakllantiradi. SQL - server turli mijozlardan SQLda yo'riqnomalami qabul qiladi va muvofiqlashtiradi, ularni bajaradi,
maiumotlar yaxlitligiga cheklashlaming tekshirilishini va bajarilishini ta'minlaydi va mijozlarga SQL - yo‘riqnomalami ishlash natijalarini maiumotlar (jadvallar) nabori ko‘rinishida yuboradi. Shu tariqa, mijozning server bilan muloqoti SQL - yo‘riqnomalar orqali o‘tadi, serverdan mijoz qurilmalariga esa faqat ishlash
natijalari, ya’ni hajmi bo‘yicha ma’lumotlar bazasidan jiddiy kam bo`lgan maiumotlar nabori uzatiladi. Natijada tarmoq yuklanishi keskin kamayadi, server esa faol markaziy funksiya maqomiga ega bo`ladi. Undan tashqari SQL - server ko‘rinishidagi MBBTi yadrosi bir necha foydalanuvchilaming birgalikda ishlashida ma`lumotlarning cheklangan yaxlitligini va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
an’anaviv va muhim funksiyalami ta’minlaydi.
RDA - modelning boshqa, ko‘rinmaydigan afzalligi – axborot tizimlarining tatbiqiy komponentlarining o‘zaro aloqa interfeysining umumiy ma’lumotlar bilan unifikatsiyalanganligi. Bunday o‘zaro aloqa SQL tili doirasida maxsus protokol ODBC (Open Database Connectivity - ma’lumotlar bazasidan oshkora foydalanish) orqali standartlashtirilgan. Ushbu protokol ko‘p protokollikni, ya’ni
taqsimlangan tizimlardagi mijoz qurilmalarida MBBT xiliga bog‘lik emaslikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.


MBBTining ko‘p protokolligi
MBBTining ko‘p protokolligi - MBBTning dastlab turli xil MBBTiga mojjallangan tatbiqiy dasturlarga xizmat qilish qobiliyati. Boshqacha aytganda, serverdagi MBBT yadrosining maxsus komponenti (ODBC drayveri deb ataluvchi) so‘rovlami qabul qilish, ishlash va natijalami boshqa, “begona” relyatsion MBBT boshqaruvida ishlovchi mijoz qurilmalariga jo‘natish qobiliyatiga ega.
Bunday imkoniyat qandaydir tashkilotda mavjud lokal maiumotlar bazasi asosida shaxsiy yoki boshqa xil relyatsion MBBT boshqaruvida taqsimlangan axborot tizimini yaratishda moslashuvchanlikni jiddiy oshiradi.
Mijoz hisoblash qurilmalariga qo‘yiIadigan yuqori talablar RDA - modelining kamchiligi hisoblanadi, chunki axborot tizimi predmet sohasining o‘ziga xos xususiyati orqali aniqlanuvchi ma`lumotlami ishlashning tatbiqiy dasturlari ularda bajariladi. Boshqa bir kamchiligi - tarmoq trafigining jiddiyligi, ya’ni ma’lumotlar bazasi serveridan ba’zi hollarda yetarlicha jiddiy hajmni egallovchi maiumotlar (jadval) naborlari mijozlarga jo‘natiladi.



Yüklə 39,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin