Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi konsepsiyasi



Yüklə 494,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix06.04.2023
ölçüsü494,15 Kb.
#94124
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Data base security - lecture 6 (1)



Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot 
xavfsizligi konsepsiyasi 
Ma`lumki, korporativ tarmoqlar asosida qurilgan yirik avtomatlashtirilgan axborot 
tizimlarida har doim ham tarmoqning bitta uzelida barcha ma’lumotlar bazasini va 
MBBTni markazlashgan joylashtirishni tashkil etib boimaydi. Bu esa taqsimlangan 
ma’lumotlar bazasini bashqarish tizimi bilan uzviy bog`langan taqsimlangan 
hisoblash tizimlarining paydo bo‘lishiga sabab bo`ladi. 
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi - kompyuter tarmog‘ida taqsimlangan, o‘zaro 
mantiqiy bogiangan maiumotlar bazalari majmui. 
Taqsimlangan ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi 
Taqsimlangan ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi – taqsimlangan ma`lumotlar 
bazasini boshqarishni va foydalanuvchilar uchun uning taqsimlanganligining 
shaffofligini ta’minlovchi dasturiy tizim. Taqsimlangan ma`lumotlar bazasi yagona 
global sxema doirasida har qanday modelni (ierarxik, tarmoq, relyatsion va 
obyektga mo`jjallangan ma’lumotlar bazasini) madadlovchi ma`lumotlar 
bazalarini birlashtirishi mumkin. Bunday konfigurasiya, barcha ilovalar uchun 
joylashgan yeri va formatidan qat’iy nazar, har qanday maiumotlardan shaffof 
foydalanishni ta’minlashi lozim. 
Taqsimlangan ma`lumotlar bazasini yaratish va ishlashining asosiy prinsiplari 
quyidagilar: 
- ma`lumotlar joylashishining foydalanuvchilar uchun shaffofligi (boshqacha 
aytganda. taqsimlangan mal’umotlar bazasi foydalanuvchi uchun 
taqsimlanmagandek ko‘rinishi lozim); 
- foydalanuvchilaming bir-biridan izolyatsiyalanganligi (foydalanuvchi 
ma`lumotlami o'zgartirishi, yangilashi, yo‘q qilishi onida boshqa foydalanuvchilar 
ishini “sezmasligi”, “ko‘rmasligi” lozim); 
- vaqtning har qanday onida ma’lumotlar holatining sinxronlanganligi va 
uyg‘unligi (zid emasligi). 

Yüklə 494,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin