Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi konsepsiyasi


“Mijoz - server” tizimlarining bosqichlari



Yüklə 494,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix06.04.2023
ölçüsü494,15 Kb.
#94124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Data base security - lecture 6 (1)

“Mijoz - server” tizimlarining bosqichlari 
“Mijoz - server” tizimlari o‘zining rivojida bir necha bosqichlami bosib o‘tish 
jarayonida uning turli modellari shakllandi. Ulami amalga oshirish, demak, to‘g‘ri 
tushunish MBBT strukturasini quyidagi uchta komponentga ajratishga asoslangan: 
- taqdimiy komponent - ba’zida oddiygina foydalanuvchi interfeysi deb ataluvchi, 
ma’lumotlami kiritish va aks ettirish funksiyasini amalga oshiruvchi; 
- tatbiqiy komponent - muayyan predmet sohasidagi avtomatlashtirilgan axborot 
tizimi vazifalarini amalga oshiruvchi so‘rovlar, hodisalar, qoidalar, muolajalar va 
boshqa hisoblash funksiyalari nabori; 
- ma’lumotlardan foydalanish komponenti - ma’lumotlami olish, saqlash, fizik 
yangilash va o'zgartirish fimksiyalarini amalga oshiruvchi. 
Ushbu uchta komponentning tizimda amalga oshirish va taqsimlash 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda “mijoz - server” texnologiyalarining to‘rtta 
modeli farqlanadi: 
- fayl serveri modeli (File Server - FS); 
- ma’lumotlardan masofadan foydalanish modeli (Remote Data Access - RDA); 
- ma’lumotlar bazasi serveri modeli (Data Base Server - DBS); 
- ilovalar serveri modeli (Application Server - AS). 
 
Fayl serveri modeli 
Fayl serveri modeli eng sodda bo‘lib, qanchalik axborot tizimini yaratish usulini 
xarakterlasa, shunchalik lokal tarmog‘idagi komponentlaming o‘zaro aloqasining 
umumiy usulini xarakterlaydi. Tarmoq kompyuterlaridan biri ajratilib, fayl serveri, 
ya’ni har qancha ma’lumotlar saqlanuvchi umumiy joy deb belgilanadi. FS -
modelining mohiyatini tushuntirish mumkin. 
FS - modelida barcha asosiy komponentlar mijoz qurilmasida joylashtiriladi. 
Ma’lumotlarga murojaat qilinganida MBBT, o‘z navbatida, fayl tizimiga 
ma’lumotlami kiritish - chiqarishga so‘rovlar bilan murojaat etadi. Seans vaqtida 
operatsion tizim funksiyalari yordamida mijoz qurilmasining asosiy xotirasiga 
ma’lumotlar bazasi fayli to‘laligicha yoki qisman nusxalanadi. Bu holda server 
passiv funksiyani bajaradi. 
Ushbu modelning afzalligi - uning soddaligi, server unumdorligiga yuqori 
talablaming mavjud emasligi (asosiysi, disk muhitining istalgan hajmi). Ta’kidlash 
lozimki, bu holda MBBTning dasturiy komponentlari taqsimlanmagan, ya’ni 
MBBTning hech qanday qismi serverga o`ratilmaydi va joylashtirilmaydi. 


Ushbu modelning kamchiligi - foydalanuvchilaming tizimdan ommaviy 
foydalanishida, masalan, ish kunining boshida avj qiymatiga erishuvchi yuqori 
tarmoq trafigi. Ammo, ma’lumotlaming umumiy bazasi. bilan ishlash nuqtayi 
nazaridan, MBBT tomonidan ma’lumotlar bazasi fayli (fayllari) xavfsizligining 
maxsus mexanizmlarining mavjud emasligi jiddiyroq kamchilik hisoblanadi. 
Boshqacha aytganda, foydalanuvchilar orasida ma’lumotlami taqsimlash 
(ma’lumotlaming bltta fayli bilan parallel ishlash) faqat operasion tizimning fayl 
tizimi vositalari yordamida amalga oshiriladi. 
Kamchiliklariga qaramay, fayl serveri modeli ko‘pchilik foydalanuvchi rejimni 
madadlash yo‘nalishida shaxsiy MBBTning imkoniyatlarini kengaytirishning 
tabiiy vositasi hisoblanadi, shu jabhada o'zining ahamiyatini saqlab qoladi. 

Yüklə 494,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin