Manbashunoslik va tarixshunoslik” fanining 2018-2019 o’quv yili uchun mo’ljallangan s illabusi



Yüklə 234,5 Kb.
səhifə1/6
tarix18.04.2023
ölçüsü234,5 Kb.
#99837
  1   2   3   4   5   6
portal.guldu.uz-Manbashunoslik va tarixshunoslik


Manbashunoslik va tarixshunoslik” fanining
2018-2019 o’quv yili uchun mo’ljallangan
S ILLABUSI



Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Guliston davlat universiteti

Guliston shahri, 4-mavze

Kafedra:

“Tarix” kafedrasi

“Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti

Ta’lim sohasi va yo’nalishi:

200000– umumkasbiy fanlar

5120300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)

Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:

Ma’ruza:
t.f.n. To’ychiboyev
Baxodir
Bosimovich
Amaliyot: t.f.n. To’ychiboyev
Baxodir
Bosimovich

e-mail:

bahodir@umail.uz





Dars vaqti va joyi:

Bosh bino 306- auditoriya

Kursning davomiyligi:

02.02.2019-06.04.2019

Individual grafik asosida ishlash vaqti:

Chorshanba va Payshanba kunlari 15.00 dan 17.00 gacha

Fanga ajratilgan
soatlar

Auditoriya soatlari

Mustaqil ta’lim:

74

Ma’ruza:

38

Amaliyot

36

Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi :

Manbashunoslik va tarixshunoslik fanini chuqur o’zlashtirish, nazariy va amaliy masalalar echimini to’liq nihoyasiga etkazish qator fundamental fanlarga asoslanadi, chunonchi: arxeologiya va etnologiya asoslari, xronologiya, jahon tarixi, antropogenez, tabiiy fanlarning zamonaviy kontseptsiyasi, falasafa, iqtisodiyot fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Fanni o’qitishdan maqsad – «Manbashunoslik va tarixshunoslik” fanini o’rganishdan maqsad talabalarda ushbu sohalar to’g’risida umumiy tushuncha hosil qilish va ularda qiziqish uyg’otish hamda O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil o’rganish, voqea-hodisalarning tahlil qilish malakasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi:
Yuqorida ta’kidlangan maqsaddan kelib chiqib, fanni o’qitishda quyidagi vazifalarni hal etish ko’zda tutiladi:

  • Turli manbalarni o’rganish hamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish;

  • Tarixiy manbalar turlarini tasniflash;

  • O’zbekiston tarixining turli davrlariga oid manbalar haqida tushunsha hosil qildirish;

  • Talabalarda tarixiy manbalar bilan ishlash malakalarini takomillashtirish.

  • Talabalarga tarixiy hodisalar nima va ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlar farqini ko’rsatish, asoslash hamda , tarix, etnografiya, arxeologiya, antropologiya, manbashunoslik, tilshunoslikka oid dalillarni qo’llashga o’rgatish;

  • Tarixiy qonuniyatlar bilan talabalarni tanishtirib borish;

  • Tarixiy voqea-hodisalarni izohlab, analitik tahlilga qarab yo’naltirilgan tadqiqot olib borish yo’lini o’rgatish;

  • Berilayotgan dalillarga o’z munosabatlarini bayon qilish zarurligini anglatish va bunga ko’niktirish yo’llarini izlash;

  • Voqealarning to’g’ri yozilish yo’llarini, to’g’ri va oqilona holatda izoh berish yo’llarini o’rgatish;

  • Respublikamiz hududi tarixini o’rganishni kuchaytirish, O’zbekistonning asl tarixini yaratish uchun hamda amaliy tadqiqotlar olib borishni davom ettirish zarurligini ko’rsatish;

  • Yoshlarda tarixga muhabbat, ajdodlar xotirasiga xurmat, moddiy va ma’naviy merosni ko’z qorachig’iday asrash hissini uyg’otishni ko’zda tutadi.


Yüklə 234,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin