241
qo‗shgan. Shuningdek, at-Tabriziy birinchi bo‗lib
Abu Rayxon Beruniyning
tavallud topgan va vafot etgan sanasini aniqlashtirgan tadqiqotchidir. P. G.
Bulgakovning kitobida bu haqda to‗liq ma‘lumot keltirilgan bo‗lib, muallif ham
uning xulosalariga qo‗shilgan, ya‘ni Abu Rayhon Beruniy tavallud topgan sana
— xijriy 362 yil 3-zulxijja (973 yil 4 sentabr), vafot etgan sanasi esa — xijriy
440 yil 2
-
rajab (1048 yil 12 dekabr).
«Beruniyning hayoti va asarlari» kitobida ko‗rib chiqilgan keyingi masala
allomaning ijtimoiy kelib chiqishiga oid fikrlar tahlilidir. Bunda muallif XII asr
tarixchisi
as-Sam‘oniy
va XX asrning yirik tadqiqotchisi I. Yu.
Krachkovskiyning ma‘lumotlarini taxlil qilgan. Uning yozishicha, Beruniyning
ijtimoiy kelib chiqishiga doir har ikkala tadqiqotchining mulohazasi ham to‗liq,
asosga ega bo‗lmay, ularni faqat ilmiy farazlar deb hisoblash lozim (27-bet). P.
G. Bulgakovning o‗zi ham bu haqda aniq fikr aytmagan,
buning sababi ilmiy
asoslar yetarli emasligida deb xisoblaydi. Shuning uchun kitobda Beruniyning
yoshlik davriga oid bo‗limda asosiy e‘tibor u amalga oshirgan dastlabki mustaqil
ilmiy tadqiqotiga qaratilgan.
P. G. Bulgakov tomonidan «Geodeziya» asarining to‗liq arabcha tanqidiy
matni 1962 yilda Qoxirada nashr etilgunga qadar beruniyshunoslikda Abu
Rayxon Beruniyning dastlabki olib borgan mustaqil astronomik kuzatishlari 21
yoshdan boshlangan degan fikr hukm surar edi. «Geodeziya» asarining matnini
sinchiklab o‗rgangan P. G. Bulgakov asarda Beruniyning avtobiografik
mazmundagi
parchalarini tahlil qilgach, uning dastlabki astronomik kuzatuvlari
16 yoshdan o‗tganda, aniqrog‗i, 990 yilda amalga oshirilgan, degan xulosaga
kelgan (28-bet). Shu tarif Beruniyning tarjimai holidagi muhim davrni
aniqlashtirilgan.
P. G. Bulgakovning keyingi fikrlari Beruniyning 995-1010
yillar oralig‗ida
kechgan hayot yp‗lini aniqlashtirishga oiddir. Bu borada muallif o‗sha
paytga
qadar mavjud bo‗lgan I. Yu. Krachkovskiy, D. Yu. Yakubovskiy, S.
Dostları ilə paylaş: