O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TARIXSHUNOSLIK VA MANBASHUNOSLIK KAFEDRASI
Abu Rayxon Beruniyning «Qonuni Ma’sudiy asari tarixiy manba sifatida» Bitiruv malakaviy ishi.
Talaba: Umarova Zuxro
Ilmiy rahbar: ass. H. Abriyev
MUNDARIJA:
Kirish
I bob. Abu Rayhon Beruniy ilmiy faoliyati va uning astronomiya faniga qo’shgan xissasi.
1.1. Abu Rayhon Beruniy o’rta asrdagi buyuk qomusiy olimlarning peshqadami
1.2. «Qonuniy Ma’sudiy» asari astronomiya tarixini o’rganishda eng muhim manba
1.3. Beruniyning «Qonuniy Ma’sudiy» asari osmon jismlarini o’rganishdagi o’rni
II bob. Jahon ilm-fani rivojida Beruniyning «Qonuniy Ma’sudiy» hamda boshqa asrlaning tarixiy ahamiyati.
2.1. Beruniynig «Qonuniy Ma’sudiy» asarining tarixiy ahamiyati
2.2. Abu Rayhon Beruniy tarixiy manbashunoslikka qo’shgan xissasi
Xulosa
Foydalanilgan manba va adabiyotlar
KIRISH
Istiqlol yillarida ko’hna tariximiz, boy madaniy-ma’naviy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi, aziz-avliyolarimizning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo’q bo’lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan ta’mirlandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag’rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg’usi yuragimizning tub-tubidan o’rin oldi.
Darhaqiqat, mustaqillik tufayli biz o’zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O’zbekistonning bor bo’y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoniga ega bo’ldik. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning doimiy e’tibori tufayli mustaqillik yillarida jahon ilm-fani, madaniyati rivojiga, insoniyat ma’naviyati takomiliga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning biz uchun ardoqli bebaho merosini o’rganish, shu bilan birga, ularning ibratli hayoti va ijodi, benazir kashfiyotlarining jahonshumul ahamiyati haqidagi bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan harakat bugun o’z samarasini bermoqda.
O’tgan davr ichida, Ahmad Farg’oniy, Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabi o’nlab allomalarimizning xalqaro miqyosda o’tkazilgan tavallud sanalari, ularning qadamjolarini obod etish va asrab-avaylash borasidagi ulkan ishlar xalqimizning, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitibgina qolmasdan, buyuk o’tmishimizdan meros bebaho ma’naviy mulkning jahon miqyosida yanada chuqurroq tushunilishi va keng e’tirof etilishiga xizmat qildi.
Ayniqsa, o’rta asrlarda yurtimiz zaminidan o’nlab buyuk olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi tabiat va jamiyatshunoslik fanlarining barcha sohalariga oid asarlari faqat O’rta Osiyo xalqlarining emas, balki butun dunyo xalqlarining ma’naviy mulkidir.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqand shahrida 2014 yilning 15-16 may kunlari bo’lib o’tgan xalqaro ilmiy konferensiya O’rta asr Sharq ilm-fani taraqqiyoti, Sharq allomalari va mutafakkirlarining ilmiy merosi va uning bugungi sivilizasiya taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati masalalarini yoritishga qaratilgani bilan dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg’otdi.
Konferensiyada nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, ellikka yaqin mamlakat, shu jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Misr, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Rossiya, Ozarbayjon kabi davlatlardan taniqli olimlar, oliy ta’lim muassasalari professorlari, ilmiy markazlar va institutlar mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etgani, ularning har biri ushbu anjuman, yurtboshimizning unda so’zlagan nutqi haqida bildirgan va bildirayotgan fikr-mulohazalari aynan shundan dalolat beradi.
Prezidentimiz Islom Karimov konferensiyaning bosh maqsadi haqida to’xtalib bunday deb ta’kidladi: «...O’rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizasiya tarixida tutgan o’rni va roliga baho berishdan iborat.
Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug’ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhim deb hisoblayman»1.
IX-XII asrlar o’z mazmuni, salmog’i jihatidan O’rta Osiyo uyg’onish davri sifatida tarixga kiradi. Bu davrning o’ziga xos xususiyatlarida dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo’lda o’tmish va dunyodagi davlatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy falsafiy, diniy, tarixiy hamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirishga e’tibor qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
O’rta asrlarda Xorazm Ma’mun akademiyasi kutubxona, madrasa, tarjimon va xattotlar maktabi kabi tuzilmalarga ega bo’lgan va unda yuzdan ortiq allomalar, iste’dodli talabalar ilmiy izlanishlar olib borgan.
Ularga Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Xo’jandiy, Ahmad ibn Muhammad Xorazmiy va Ahmad ibn Hamid Naysaburiy kabi qomusiy olimlarni misol keltirish mumkin.
Yurtimizda YuNESKO ishtirokida Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi keng nishonlangani, uning faoliyati qayta tashkil etilgani mamlakatimizda ajdodlar xotirasiga, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan ulkan e’tiborning yorqin namunasidir. Hozir bu qadimiy va navqiron ilm maskanida Xorazm tarixi, uning o’ziga xos madaniyati, ekologiyasi, yer va suv resurslarini o’rganish bo’yicha ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.
IX-X asrlardagi boshqa tarixchilardan farqli o’laroq, O’rta Osiyo, xususan, Xorazmning qadimgi tarixiga oid eng ishonchli va noyob, bizning davrimiz uchun ham eng qimmatli asarlarni yozgan olim vatandoshimiz, Xorazm Ma’mun akademiyasining gultoji bo’lgan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. Bu buyuk olim to’g’risida eng tugal ta’rifni yirik nemis sharqshunosi Karl Eduard Zaxau bergan: «Dunyoda tog’lar ko’p, lekin ular orasida shunchalik yuksak bir cho’qqi borki, bu cho’qqini insoniyat hyech qachon zabt etolmaydi. Bu – Beruniydir».
Beruniy o’zining birinchi astronomik tajribalarini 16 yoshida Kat shahrida boshlagan. Beruniy Jurjon saroyida xizmat qilgan davrida uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari yaratiladi. Bu asar muallifning ko’p qirrali ilm sohibi ekanini namoyish etdi va unga juda katta shuhrat keltirdi. Beruniy Jurjonda 10 dan ortiq yirik asarlarini bitishga muyassar bo’lgan. Beruniy 1005 yilda vatani Xorazmga qaytadi.
Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo’lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o’ziga xos yangi g’oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo’shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo’lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan «Beruniy asri» deb atalishi bejiz emas2.
Beruniy shunday degan edi. «Mening hamma istaklarim, butun vijudim ilm tarqatishga qaratilgandir va men buni o’zim uchun eng ulug’ baxt deb bilaman».
«Beruniy… qiziqqan sohalarini sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan sohalarini sanab chiqish osonroqdir» degan edi akademik I.Yu.Krachovskiy.
Yoshi oltmishlarga yaqinlashib qolgan Beruniy o’zining astronomiya sohasidagi tadqiqotlariga yakun yasab, yirik bir asar yaratishni niyat qildi. 1036 yil oxiri yoki 1037 yil boshida yozib tugallangan «qonuni Ma’sudiy» ana shu maqsadning samarasi o’laroq dunyoga keldi.
1.1. Abu Rayhon Beruniy o’rta asrdagi buyuk qomusiy olimlarning peshqadami.
IX-X asrlardagi boshqa tarixchilardan farqli o’laroq, O’rta Osiyo, xususan, Xorazmning qadimgi tarixiga oid eng ishonchli va noyob, bizning davrimiz uchun ham eng qimmatli asarlarni yozgan olim vatandoshimiz, Xorazm Ma’mun akademiyasining gultoji bo’lgan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. Bu buyuk olim to’g’risida eng tugal ta’rifni yirik nemis sharqshunosi Karl Eduard Zaxau bergan: «Dunyoda tog’lar ko’p, lekin ular orasida shunchalik yuksak bir cho’qqi borki, bu cho’qqini insoniyat hyech qachon zabt etolmaydi. Bu – Beruniydir»3.
Abu Rayhon Beruniy milodiy 973 yilda Xorazmning o’rta asrlardagi markazi Kat shahri atrofida dunyoga keladi.
Beruniy yoshligidan noyob iste’dod egasi bo’lib, ilm-fanga juda qiziqadi. Ota-onadan erta yetim qolgan Beruniy mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo’lida tarbiyalanadi va ta’lim oladi. Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq zamonasining taniqli olimi bo’lgan. U o’zining matematika hamda astronomiyaga doir ilmiy ishlari va kashfiyotlari bilan Xorazmdagina emas, balki ko’pgina xorijiy mamlakatlarda ham mashhur bo’lgan4.
Kat shahri Urganch hokimi tomonidan bosib olingandan so’ng Beruniy bir qancha vaqt Jurjonda va Reyda yashaydi. 1004 yilda Beruniy vataniga qaytib keladi. O’sha vaqtdagi Xorazm hukmdori Ali ibn Ma’mun tog’asi Abu Nasr ibn Iroqning taklifi bilan Abu Rayhon Beruniyga «Majlisi ulamo va orifin» ya’ni «Fanlar akademiyasi»ni tuzishni topshiradi. U uzoq yillar shu ilmiy dargohga rahbarlik qiladi, uning qo’l ostida Abu Nasr Iroq, Ibn Sino, Mas’udiy kabi 300dan ortiq olimlar fanning turli sohalarida ijod qildilar.
Mahmud G’aznaviy Xorazmni egallagach (1017y) Beruniy o’z ilmiy faoliyatini G’azna shahrida davom ettirgan. Hindistonda bir necha bor safarlarda bo’lgan. Ulug’ mutafakkir 1048 yilda G’azna shahrida vafot etadi.
Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni «Beruniy asri» deb ta’riflaydi. Bu ulug’ zot qanchalar ulkan olim bo’lganligini, buyuk tafakkurga ega ekanligini tasavvurga sig’dirib bo’lmaydi. Abu Rayhon Beruniy o’rta asrlardagi buyuk qomusiy olimlarning peshqadami edi. Uning bu qadar buyukligi o’sha davrning deyarli barcha fanlariga qo’shgan betakror ilmiy merosida yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Beruniyning olimlik salohiyatiga mashhur sharqshunos tadqiqotchilar «...uning qiziqqan ilm sohalaridan ko’ra, qiziqmagan sohalarini sanab o’tish osondir», deb baho bergan edi.
Shuningdek, bu asar bundan ming yil avval yozilgan bo’lsa-da, shunchalar mukammal bitilganki, minerallar va ularning hozirgi eng zamonaviy laboratoriyalardagina aniqlanishi mumkin bo’lgan xossalari shu darajada aniq berilgan. Bundan aql lol qoladi. Holbuki, mineralogiya Abu Rayhon Beruniy shug’ullangan o’nlab fan sohalarining biri edi, xolos.
Beruniy Xorazm, Kat, Gurganj bilan bog’liq joylar, shahar va qishloqlarning jo’g’rofiy kengliklarini va ular orasidagi masofalarni aniqlab, ushbu joylar tushirilgan Yer kurrasi modelini yasadi. Bu insoniyat tarixida ilk bor yaratilgan yarim shar ko’rinishidagi o’ziga xos globus edi.
Beruniy o’z tadqiqotlarida hozirgi Amerika qit’asining mavjudligiga ham ishora qilgan allomadir. Abu Rayhon Beruniyning buyukligi o’sha davrning deyarli barcha fanlariga qo’shgan betakror ilmiy merosida yanada yaqqol namoyon bo’ladi.
Mashhur sharqshunos olim A.M.Beleniskiy Beruniyning «Mineralogiya» asarini arab tilidan rus tiliga tarjima qilgan. Mana shu tarjima jarayonida bu asar ta’sirida A.M.Beleniskiy turli minerallar to’g’risida 14 ta ilmiy maqola yozgan. Olimning ta’kidlashicha, bu asar bundan ming yil avval yozilgan bo’lsa-da, shunchalar mukammal bitilganki, minerallar va ularning hozirgi eng zamonaviy laboratoriyalardagina aniqlanishi mumkin bo’lgan xossalari shu darajada aniq berilgan5. Bundan aql lol qoladi.
Abu Rayhon Beruniy 973 yili Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tavallud topgan va bolalik va o’spirinlik yillarini o’z vatanida o’tkazib, o’sha yerda turli ilmlarni o’rgandi va yoshligidanoq olim sifatida shakllandi. Beruniy dastavval zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo’lida ta’lim oladi. U yoshligidanoq olim bo’lishga intilib, haqiqiy ilm bir necha tillarni bilishni taqozo etishini juda erta anglab yetgan va shu bois o’zining ona tilidan tashqari arab, sug’diy, fors, suryoniy, yunon tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini chuqur o’rgangan.
Beruniy o’zining birinchi astronomik tajribalarini 16 yoshida Kat shahrida boshlagan. Beruniy Jurjon saroyida xizmat qilgan davrida uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari yaratiladi. Bu asar muallifning ko’p qirrali ilm sohibi ekanini namoyish etdi va unga juda katta shuhrat keltirdi. Beruniy Jurjonda 10 dan ortiq yirik asarlarini bitishga muyassar bo’lgan. Beruniy 1005 yilda vatani Xorazmga qaytadi.
Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Beruniyni o’z saroyida katta izzat-hurmat bilan qabul qilgan. Beruniyning ushbu turlicha fanlardagi ijodi va muvaffaqiyati uning tom ma’noda qudratli shaxs va cheksiz bilim sohibi ekanligini ko’rsatdi va uning nomini mangulikka muhrladi.
Tarixiy ildizlari uch ming yildan chuqurroq qadimiyatga borib taqaluvchi o’zbek davlatchiligi ko’p marotaba yuksalishlar va evrilishlar davrini boshdan kechirgan. Eng qadimgi davlat uyushmalarining shakllanishi natijasida taraqqiy topgan davlatlarning vujudga kelishi, bu davlatlarning G’arb va Sharq mamlakatlari bilan «Buyuk Ipak yo’li» orqali olib borgan aloqalari samarasi o’laroq Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining gurkirab rivojlanishi omillari ilm-fan ahlini ko’pdan beri qiziqtirib keladi. Markaziy Osiyo, shu jumladan, O’zbekiston insoniyat sivilizasiyasi qaror topgan mintaqalardan biri sifatida o’z o’rni va salohiyatiga ega hudud sanaladi.
O’z davrida hozirgi zamon ilm-fanining ilk poydevorini qo’ygan va rivojlantirgan ajdodlarimiz qadim-qadimlardan G’arb Sharq xalqlari yaratgan tafakkur, g’oya, kashfiyotlar va donishmandlikni sinchiklab o’rganganlar. Shuning uchun ham o’rta asrlarda G’arbda «Nur Sharqdan taraladi» degan iboraning paydo bo’lishi ham bejiz emas.
Qadimgi Turonda ilmiy, ruhiy va ma’naviy quvvat shu darajada kuchli ediki, buni turli bosqinlar, tajovuzlar, yovuzliklar yo’q qila olmadi. Ana shunday sharoitda ham ajdodlarimiz tarixan shakllangan boy madaniy-ma’naviy va ilmiy merosni milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlab qolganlar va uni yanada boyitib rivojlantirganlar.
Biz bu dorilomon kunlarda yurtning ozodligi va xalqning baxt-soadati, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda ulkan meros qoldirgan ajdodlarimizning muqaddas nomlarini g’urur bilan tilga olamiz. Chunki, ular bizga qoldirgan ilmiy meros–ma’naviy mulk bo’lib, bu boy meros butun bir bashariyat manafaatlarini o’zida aks ettiradi6.
O’tmish tariximiz sahifalariga nazar tashlasak, buyuk ajododlarimiz nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo mamlakatlari tamaddunini o’rgangan va ularning tarixi va madaniyatiga hurmat va ehtirom bilan o’z munosabatlarini yozib qoldirgan asarlari bizgacha yetib kelgan. Demak, ilm-fan va madaniyat rivoji xalq tanlamaydi, balki xalqlarninng o’zaro hamjihatligini ta’minlashda muhim tarbiyaviy omil vazifasini o’taydi.
Buyuk sharq allomalarining ilmiy merosi mazmuni va ko’lami shundaki, bu meros bugun ham o’zining ilmiy-amaliy ahamiyatini yo’qotmasdan, yangi ilmiy tadqiqotlar uchun muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» nomli asari Hindiston to’g’risida barcha zamonlarda yozilgan eng mukammal asar sifatida hozir ham o’z qimmatini yo’qotmagan va bugungi kunda tadqiqotlar uchun manba bo’lib xizmat qilayotgani buning yaqqol isbotidir.
Buyuk ajdodarimiz o’z ilmiy merosi bilan insoniyat sivilizasiyasiga munosib hissa qo’shganlar. Sharq va G’arbning ilmiy dunyosi birlashgan va uyg’unlikda rivoj topgan. Allomalarimiz faqat Osiyoning ilm-fan yutuqlari bilan chegaralanib qolmasdan, xorijlik mutafakkirlarning ham ilmiy yutuqlaridan bahramand bo’lganlar va ularni yanada boyitishga alohida e’tibor qaratganlar.
Buyuk allomalarimiz o’zlariga mansub bo’lgan fan sohalaridagi faoliyatlaridan tashqari, qadimgi yunon tilida yozilgan Aristotel, Ptolemey, Yevklid, Demokrit, Sokrat, Pifagor, Galen kabi qadimgi yunon va ellinizm davrida yashagan olimlarning matematika, falsafa, tibbiyot, geografiya, astronomiyaga oid bir necha yuzlab eng sara asarlarini arab va suryoniy tillarga tarjima qilganlar. Mana shu tarjimalar va o’zlarining asarlari shu tariqa Qadimgi Sharq fanining shakllanishi va yuksak taraqqiyotida muhim o’rin tutgan. Buyuk allomalarimiz yoshligidanoq haqiqiy ilm bir necha tillarni bilishni taqozo etishini juda erta anglab yetganlar va shu bois o’zining ona tilidan tashqari arab, ivrit, fors, suryoniy, yunon, sanskrit tillarini chuqur o’rganganlar. Manbalarda Abu Nasr Forobiyning ko’plab tillarni bilganliklari qayd qilingan. Shubilan birga uning Aristotel asarlariga sharhlari mashhurdir7.
Beruniyning Aristotelga munosabati Abu Ali ibn Sino bilan yozishmasida o’z ifodasini topgan. Ularning yozishmalari asosan Aristotelning «Fazo haqida» va «Fizika» asarlari bo’yicha olib borilgan edi. Beruniy Aristotelni qadimgi dunyoning eng qomusiy yetuk olimi deb hurmat bilan tilga oladi.
Ulug’ vatandoshimiz Muhammad ibn Muso Xorazmiy algebra fanining asoschisi bo’lishi bilan birga, turli fanlar sohalarida samarali ijod qilib, nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo fanlarining rivojiga beqiyos hissa qo’shgan. Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy kabi olimlar hozirgi zamon hisoblash tizimini kashf etdilar.
Manfiy va irriosional sonlar bilan ishlash yo’lini, ildiz chiqarish, kvadrat tenglamalarni yechish usullarini topdilar va o’z kashfiyotlari bilan dunyo fanining cho’qqisiga chiqdilar.
O’rta asrlarda o’lkamizda ko’plab ilm va ma’naviyat maskanlari faoliyat ko’rsatgan. Ushbu markazlarda juda ko’plab olim va ulamolar ijod qilgan, xalqning ma’rifatini ko’targan. Masalan, buxorolik olimlar soni haqida Narshaxiyning shunday gaplari bor: «Agar Buxoro olimlarining hammasini zikr qilsak, bir nechta daftarni tashkil etadi»8. Mazkur ma’lumot ushbu hududda ilmiy faoliyat tizimining o’sha davrda yaxshi yo’lga qo’yilganligini anglatadi. Shu bilan birga X-XI asrlarga kelib Xorazmda ma’rifatparvar shoh Ma’mun rahnamoligida Gurganjga to’plangan olimlar ishtirokida 1004 yilda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil topdi. Bu ilmiy markaz tarixga «Ma’mun akademiyasi» degan nom bilan kirdi. Uning rahbari Abu Rayhon Beruniy bo’lib, u boshchiligida qator qomusiy olimlar (Abu Nasr ibn Iroq, Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr ibn Hammor, Abu Fazl Bayhaqiy va boshqalar) ko’plab amaliy va ilmiy muammolarni yechib, jahon fani rivojiga katta hissa qo’shdilar. G’arb tadqiqotchilaridan M.Meyerxoff esa «Beruniy musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo’lishi kerak» degan fikrni bildiradi9.
1.2. «Qonuniy Ma’sudiy» asari astronomiya tarixini o’rganishda eng muhim manba.
Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad Beruniy (973-1048) o’rta asrning buyuk enqiklopedist, jahon bo’yicha eng peshqadam olimlaridan biridir. Beruniy o’z zamonasining deyarli barcha fanlarini, avvalo, astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, tarix filologiya kabi fanlarni puxta elalladi. Alloma mazkur fanlar taraqqiyotiga shu qadar katta hissa qo’shdiki, natijada uning nomi jahon ilm-fanining eng ulug’ siymolari qatoridan mustahkam o’rin oldi.
Beruniy shunday degan edi. «Mening hamma istaklarim, butun vijudim ilm tarqatishga qaratilgandir va men buni o’zim uchun eng ulug’ baxt deb bilaman».
«Beruniy… qiziqqan sohalarini sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan sohalarini sanab chiqish osonroqdir» degan edi akademik I.Yu.Krachovskiy10.
Yoshi oltmishlarga yaqinlashib qolgan Beruniy o’zining astronomiya sohasidagi tadqiqotlariga yakun yasab, yirik bir asar yaratishni niyat qildi. 1036 yil oxiri yoki 1037 yil boshida yozib tugallangan «qonuni Ma’sudiy» ana shu maqsadning samarasi o’laroq dunyoga keldi.
Bernuniy kitobning kirish so’zida butun umri bo’yi matematika va astronomiyaga qiziqqanligini ta’kidlab yozadi: «….men (avvaldan) ilmi riyoziyning bir uchiga aloqalik, uni mahkam tutgan va unga mansub bo’lgan edim. O’sha vaqtdan beri himmatim bu ilmdan nariga o’tmagan edi».
«Qonuni Ma’sudiy» Beruniyning eng yirik astronomik asaridir XIII asrning mashhur tarixchisi Yoqut Hamaviyning aytishicha, bu asar (Beruniydan) avval astronomiya va matematika sohasida yozilgan barcha asarlardan ustun bo’lgan. Ibn al-qiftiy, Abo’l Fido kabi yirik olimlar ham Beruniy kitobini shu sohadagi asarlari ichida birinchi o’ringa qo’yganlar.
«Qonuni Ma’sudiy» yaratilgan davrda Beruniy g’aznaviylar sulolasidan bo’lmish Sulton Mas’ud g’aznaviy saroyida xizmat qilar edi. Asar murakkab tarixiy sharoitda vujudga keldi.
Sulton Ma’sud irodasiz, mayparast bo’lishiga qaramay, zamonasiga nisbatan ancha o’qimishli kishi bo’lgan va o’z atrofiga olimlarni to’plagan. Uning qo’l ostida Beruniy ilmiy ijod bobida bir muncha imkoniyatga ega bo’lgan. Shuning uchun bo’lsa kerak, Beruniy o’zining astronomiyaga oid eng yirik asarini Ma’sudga bag’ishlaydi. Bu haqida Beruniy bunday deydi: «Ma’sudning «Al-Xikmat» deb ataluvchi xazinasiga, astronomiya san’atiga xos bir qonun bilan xizmat qilishni ixtiyor etdim, bu «qonun» uning oliy ismi va nishoni bilan sharaflandi va uning g’olib davlati afzal bo’ldi, chunki uning eng aziz ziynati bilan bezadim, bu esa «qonuni Ma’sudiy» degan nomdir11.
Beruniy ushbu asarni yozishdagi asosiy maqsad va vazifalari haqida bunday deydi: «Men har bir insonning o’z san’atida amalga oshirishi lozim bo’lgan ishni qildim. U esa: o’zidan oldingi kishining ijtihodini (tirishish, g’ayrat ko’rsatish) minnatdorchilik bilan qobil etish, u ijtihodda biror xalal borligi ma’lum bo’lsa-ayniqsa (planetalar) harakatlari miqdorlarining xuddi o’zini bilish mumkin bo’lmasa-qo’rqmay uni tas’hih etish va ravshan bo’lgan fikrni o’zidan bir qancha vaqt keyin keluvchi kishilar uchun estalik qilib qoldirishdir. Men har bobdagi har bir amal yonida uning illat va sabablarini keltirdim, fikrlovchini o’zimga taqlid qilishdan uzoqlashtiradigan, to’g’ri ish qilgan bo’lsam, uni tasdiqlaydigan, agar yanglishgan yoki hisobda xato qilgan bo’lsam, uni isloh etadigan amaliyot bayon qilishni ustimga olgan edim, uni ado etdim».
Hozirgi kunda «qonuni Ma’sudiy»ning yettita nodir qo’lyozmasi mavjud bo’lib, ular London, Parij, Berlin, qohira va Istambo’l kutubxonalarida saqlanadi. Asar shu paytgacha birorta tilga to’la tarjima qilinmagan. Faqat ayrim bo’laklari yevropa tillariga ag’darilgan, bundan tashqarii, unga ko’pgina tadqiqotlar bag’ishlangan.
Lekin bu tadqiqotlarni mukammal deb bo’lmaydi, chunki ularning hammasi ham «qonuni Ma’sudiy»ning to’laligicha qamray olmaydi. Shularga qo’shimcha qilib qohira universitetining professori doktor Imom Ibrohim Axmad bajargan 111 maqola taxriri haqida eslatib o’tish maqsadga muvofiqdir. Ibrohim Axmad «qonuni Ma’sudiy»ni Boyazid kutubxonasi (Turkiya) qo’lyozmasi asosida 111 maqolani mukammal filologik va matematik izohlar bilan tahrir qilgan. Lekin bu tahrir arab tilida bo’lganligi uchun faqat shu tilni biluvchilargagina tushunarlidir.
Shunday qilib, «qonuni Ma’sudiy»ni Beruniyni o’z vatani – O’zbekiston xalqlariga yetkazish kun tartibidagi muhim masaladir. Bu masalani «qonuni Ma’sudiy»ni o’zbek va rus tillariga tarjima qilish bilangina hal qilish mumkin edi. Hozigi kunda «qonuni Ma’sudiy» ikkala tilga ham tarjima qilingan.
«Qonuni Ma’sudiy» 11 ta kitob yoki, Beruniy ta’biri bilan aytganimizda, 11 maqoladan iborat bo’lib, har bir maqola bir necha bobdan tashkil topgan. O’zbekcha tarjimoni ikki jildda chop etildi.
Birinchi jild 1-V maqolalardan iborat, qolgan VI-XI maqolalari shu jildga kiradi12.
Maqolalarning bunday bo’lishiga sabab shuki, avvalgi besh maqolada fanning turli sohalarida bahs yuritiladi, qolgan olti maqola esa faqat astronomiyaga bag’ishlangan. Shuning uchun ularni alohida jild qilib chop etish maqsadga muvofiq topildi.
«Qonuni Ma’sudiy»ning 1 maqolasida 11 bobdan iborat bo’lib, Beruniy bu maqolada qisman o’z kosmogoniyasi, olam shakli va xronologiya haqida baxs yuritadi.
1-maqolaning 1-bobi «Olamdagi mavjudodlarning umumiy shakli haqida muqaddima tarzida tafsilsiz qisqacha xabar» deb atalgan. Bu bobda Beruniy olam shaklining sferikligi (sharsimon, dumaloq) haqida fikr yuritadi va «quyi» hamda «yuqori» olamni ajratadi. Beruniyning aytishicha, «quyi olam» to’rt unsurdan (elementdan) iborat bo’lib, bular tuproq, suv, havo, olovdir. «Yuqori olam» esa efirdan iborat. Efir ichma-ich joylashgan sakkiz sferani o’z ichiga oladi, avvalgi yetti sfera bo’ylab planetalar harakat qiladi. Sakkizinchi sfera turg’un yulduzlar sferasidir. Beruniy planetalarni sferalar bo’ylab shunday tartibda joylashtiradi: birinchi – Oy, so’ngra – Merkuriy, Venera, quyosh, Mars, Yupiter, Saturn, Yer bilan quyosh orasidagi planetalarni Beruniy «quyi planetalar» quyoshdan keyingi uch planetani «yuqori planetalar» deb atadi.
Bu yerda asosan Ptolomeyning planetalar sistemasi bayon qilingan. Ptolomeyning ta’siri ko’proq 2-bobda seziladi. Ushbu bobda «Ptolomey Almajistiy»si 1 maqolasidagi «olti bahs», ya’ni «oltita prinsip» nazariy jihatdan asoslangan. Bu prinsipl arni Beruniy «asosiy qoidalar» deb atadi. Beshinchi, asosiy qoida diqqatga sazovor. Bu prinsipni asoslashda Beruniy, asosan, Yer harakatsizdir degan xulosaga kelsa ham uning ayrim fikrlari bu xulosani uzil-kesil deb bilmaslik kerakligini ko’rsatadi.
Chunonchi, u (Yerning) «harakatsizligi aksidensiyadir, aksidensiyalar esa doimiy emas» deyishi bunga dalil bo’la oladi13.
Beruniy Yerning harakatlanishi haqida fikrini boshqa asarlarida ochiqroq aytgan. Masalan, asturlob (ko’chma astronomik asbob) yasashga doir asarida Abu Said Sijiziy yasagan bir asturlob haqida bunday deydi: «Men Abu Saida barcha asturloblardan boshqacha asturlobni ko’rdim. Menimcha, u juda yaxshi asbob va osmonning ko’rinma harakatiga emas, balki Yerning qat’iy harakatliligiga asoslangan».
3-bobni sferik astronomiyaga kirish deyish mumkin. Bu bobda gorizontal, ekvatorial va ekliptik koordinat sistamalari ta’riflanadi.
1-maqolaning 4-bobidan to 11 maqolaning oxirigacha xronologiyaga bag’ishlangan. Bu bobning materiali «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarining asosiy qismini tashkil qiladi. Shuning uchun bu boblar haqida to’xtalib o’tirmaymiz. Faqat shuni aytish kerakki, Beruniy 11-maqolaning 5 bobida Eron, Bobil, Rim, Yahudiy podshohlarining va arab halifalarining xronologik jadvallarini keltirib, Eron, Bobil va Rim podsholarining ismlarini yunoncha transkripsiyada keltirgan.
«Qonuni Ma’sudiy» III maqolasi boshdan oyoq matematikaga oid bo’lib, keyingi maqolalardagi astronomik hisoblashlar vat adqiqotlar uchun matematik apparat bayon qilinadi. Sferik astronomiya uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan geometriya va trigonometriya masalalari ko’rib chiqiladi.
«Qonuni Ma’sudiy» IV maqolasi sferik astronomiyaning asosiy muammolariga va geodeziyaning ba’zi masalalariga bag’ishlangan. Maqola 26 bobdan iborat. Bu maqolada keltiriblgan ma’lumotlar Beruniyning nihoyatda teran va aniq fikr yuritishini yani bir karra tasdiqlaydi. Masalan, shu maqolaning 1-bobida ekliptikaning ekvatorga og’ish burchagini hisoblash usuli bayon qilinadi, so’ngra o’rta asr astronomlarning asosiy astronomik asbobi bo’lish asturlobning tuzilishi ta’riflanadi. Shu bob davomida Beruniy o’zidan oldin o’tgan mashhur astronomlar-yunon olimlari Eratosfen, Gipparx, Ptolomey, Sharq astronomlari-Yahyo ibn Abu Mansur, Holid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Musa ibn Shokir o’g’illari al-Battoniy, Sanad ibn Ali, mavrlik, damashqlik astronomlar Sulaymon ibn Ismat Samarqandiy, Abo’l Xusayn So’fiy, Abo’l Vafo Buzjoniy, Abu Hamid Sug’oniy, Mansur ibn Talha, Muhammad ibn Ali al-Makkiy va Abu Maxmud Xujandiylarning ekliptikaning og’ish burchagi uchun topilgan qiymatlarini keltiradi va shu bobning oxirida o’zi topgan qiymat -230 35' ni keltiradi. Beruniyning oxirida o’zi topgan qiymat – 230 34' dan faqat 1' ga farq qiladi, holos14.
Yana bir misol. 2 bob oxirida graduslarning og’ishlar va kengliklar jadvallari keltiriblgan. Beruniyning bu jadvallari undan oldin tuzilgan jadvallar ichida eng aniqlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi zamon matematik simvolikasi asosan XVII asr oxirilarida yuzaga keldi. U davrgacha matematik belgilarning bo’lmaganligi matematika fanining rivojlanishini birmuncha orqaga surdi. Shunga qaramay, Beruniy matematik formulalardan foydalanmasdan so’z bilan aytilgan qoidalari hozirgi zamon formulalariga ko’chirilsa, uning aqLiy mulohazalash qobiliyatining nihoyatda kuchli bo’lganligiga ishonch hosil qilish mumkin.
IV maqoladan yana bir qiziq dalil keltiramiz. Beruniy shu maqolaning 23 va 24 boblarida «to’rt vatad», «qoziq»ni ta’riflaydi. Shundan so’ng Beruniy «ko’rinish iqlimi kengligi» degan yangi tushuncha kiritadi va uni «ko’ruvchi og’ish» va «kunduz yarmi balandligi»ning funksiyasi sifatida topiladi.
Beruniy kiritgan bu funksiya tushunchasi undan avvalgi arab va yunon astronomiyasida qo’llanmagan va faqat hind-astronomiyasida qo’llanilgan. Demak Beruniy bu tushunchani birinchi bo’lib o’sha davr astronomiyasiga kiritdi.
V maqolada o’rta asr fani oldida turgan eng mushkul masalalardan biri-joyning geografik uzunligini aniqlash, shuningdek koordinatalarni, masofalarni va joylar azimutini hisoblash bilan bog’liq masalalar mufassal bayon etiladi.
Jumladan, V maqolaning 8-11 boblari diqqatga sazovordir. Chunonchi, 8-bobda muallif Yer Shimoliy yarim sharini yetti mintaqaga bo’ladi.
9-bobda Yerning odamlar yashaydigan (ma’mur) qismi tavsiflanadi. Shuningdek, turli xalqlarda Yer ma’mur qismining qanday bo’lishi bayon qilinadi.
10-bobda yetti iqlim bo’yicha joylashgan mamlakatlar, o’lkalar, viloyatlar, orollar, shaharlar va ularning geografik koordinatalarining jadvallari keltiriblgan. Bu yerda Yaqin va O’rta Sharq, O’rta Osiyo, g’arbiy Hindiston shaharlari haqidagi ma’lumotlar anchagina aniq berilgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, Beruniy ushbu bobda Shosh viloyati, ya’ni qadimiy Toshkent viloyatining poytaxtini, «Toshkent» deb ataydi. Demak, respublikamiz poytaxtining nomi kamida ming yillik tarixga ega.
Beruniy Sharqiy Yevropada o’sha davrda yashagan saqlab (slavyan), rus (normann), burjon (bolgar), unqra (venger) va yura (ugro-fin) qabilalari hamda Sharqiy Yevropa va Osiyoda yashagan turk, turkman sug’d xalqlari haqida xabarlar beradi.
V-maqolaning eng oxiri, II bobida har xil shartlarga ko’ra joyning kengligi va og’ishini topishga doir masalalar va Sharqning mashhur astronom va matematiklari: Sobit ibn qurra, Sanad ibn Ali, Annayriziylarning shu masalalarni yechish usullari keltiriblgan15.
Masalaning shartiga qarab, kenglik va og’ishni topish qoidasi ixcham, ba’zan esa murakkab formula ko’rinishini oladi.
Asarning VI maqolasi quyoshga va uning harakati natijasida sodir bo’ladigan hodisalarga bag’ishlangan. Shu maqolada uch burchak qoidasiga ko’ra shaharlar orasidagi masofani topish masalasi ham ko’riladi. Bu maqolada Beruniy quyosh apogeyining harakatlanuvchi ekanligini hisoblaydi.
VII maqolada Oy va uning harakatlariga bag’ishlanadi.
VII maqolada quyosh va Oy tutilishlari haqida baxs yuritiladi. Bu yerda Beruniy juda aniq formulalarga asoslanib quyosh va Oy tutilishi jadvallarini keltiradi. Jadvallarda eramizdan avvalgi VIII asrdan beri sodir bo’lgan quyosh tutilishlarining aniq vaqti hisoblangan. Shu bilan birga u o’zidan keyingi asrlarda ro’y beradigan quyosh tutilishi vaqtlarini ham hisoblab chiqargan. Beruniy Oy to’tilganda Yerning ikki nuqtasidan turib kuzatish o’tkazish yo’li bilan joyning geografik uzunligini aniqlash usulini nihoyatda takomilligini yetkazdi. Olim joyning geografik kengligini aniqlash bobida juda katta ish qildi.
IX maqola turg’un yulduzlarga bag’ishlangan. Bu maqolada Beruniy cheksiz koinotdagi tumanliklar yulduzlar to’plamidan iborat ekanligini ta’kidlaydi va shu bilan qadimgi yunon astronomlarining tumanliklar bug’ to’plamlaridan iborat, degan fikrlari noto’g’ri ekanligini isbotlaydi. Shu maqolada Beruniy 1029 yulduz katalogini keltiradi. Uning katalogi O’rta asrlarda ham va birmuncha keyingi vaqtlarda ham eng mukammal katalog bo’lib qoladi16.
X maqolada planetalar harakatiga bag’ishlangan. Bu yerda planetalar harakat jadvallari ulargacha bo’lgan masofalar, ularning kattaligiga oid miqdorlar keltiribladi.
XI maqola ob-havo (metereologiya) va qisman astrologiyaga bag’ishlangan. Beruniy «qonuni Ma’sudiy» asari, yuqorida aytganimizdek, biror tilga, jumladan, yevropa tillariga tarjima qilinmagan va yevropalik olimlar tomonidan o’rganilmagan. Shunday bo’lsa ham, buyuk xorazmlik olimning bu asari Yevropa astronomiyasiga bilvosita ta’sir ko’rsatdi.
Ma’lumki, XIII asrning buyuk astronomii Nasriddin Tusiyning (1201-1274) Marog’adagi rasadxonasida astronomiyadan asosiy qo’llanma Beruniyning «qonuni Ma’sudiy» asari edi. Nasriddin Tusiy rahbarligida yozilgan «Ziji Elxoniy» (zij-jadval degani) Beruniy asarining asosiy mag’zini o’ziga singdirgan. Keyinroq Ulug’bekning (1374-1449) Samarqand rasadxonasida ham «qonuni Ma’sudiy» asosiy qo’llanma bo’lgan. «Ziji Guragoniy»ning yozilishicha «qonuni Ma’sudiy» bilan birgalikda «Ziji Elxoniy» ham ta’sir ko’rsatgan.
XVII asrning o’ttizinchi yillarida ingliz astronomii Jon Grivs (1602-1662) Istanbulda bo’lib u yerdan Ulug’bek zijining bir nusxasini olib ketadi. Shundan so’ng bu asar Oksford (Angliya) astronomlari tomonidan o’rganildi.
Shunday qilib, Beruniyning «qonuni Ma’sudiy» asaridagi astronomik g’oyalar-Ziji Go’ragoniy orqali Yevropa astronomlariga ta’sir ko’rsatdi17.
Shunday qilib, Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» medisina tarixida naqadar muhim rol o’ynagan bo’lsa, Abu Rayxon Beruniyning «Qonuni Ma’sudiy» asari ham astronomiya tarixida shunchalik ulkan ahamiyatga ega bo’ladi. Bir zamonda yashagan va bir-birovlarini yaxshi bilgan bu ikki ulug’ zot medisina va astronomiya fanlarining o’sha vaqtga qadar qo’lga kiritgan barcha yutuqlarining «qaymog’i»ni jamlab unga yakun yasabgina qolmay, o’zlarining uzoq yillik nazariy va amaliy tadqiqotlariga tayangan holda bu ikki fan sohasini shunday katta yutuqlar bilan boyitdilarki, anna shu yutuqlar har ikki «qonun»ning asrlar osha yashashini qonuniy bir hodisa qilib qo’ydi.
Dostları ilə paylaş: |