Al-Xorazmiy (783-850)



Yüklə 15,05 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü15,05 Kb.
#36161
J J


Al-Xorazmiy

(783-850)

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy. Buyuk olim boshlang`ich ta`limni o`z yurtida xususiy muallimlardan oladi, so`ngra Marvdagi madrasada o`qiydi, keyinchalik Bag`doddagi “Bayt-ul hikma” (“Donishmandlar Uyi”) ga taklif qilinadi. Bu ilm maskanida markaziy osiyolik Ahmad al-Fag`oniy, Hamid ibn Abdumalik Marvarrudin, Abbos Javhariy kabi olimlar bilan hamkkorlikda ijod qiladi.



Asarlari: “Al-jabr va al-muqobala”. “Al-jabr” so`zidan bizga ma`lum bo`lgan “algebra”, “algoritm” kabi atamalar kelib chiqqan. “Hind hisobi bo`yicha kitob”, “Astronomik zij” asarlarida astronomiyaga oid muammolar haqida so`z yuritiladi. Oylar, shamsiy va qamariy, hijriy hisoblar tavsifi, sayyoralarning xarakatlari, oy tenglamasi va uning xarakati, sinusni yoyga ko`ra aniqlash, teskari sinuslar jadvali, soyalar jadvali beriladi. “Yer surati haqida kitob” ida 2400 shahar, dengiz, orol va boshqa obektlarnig joylanishi, koordinatlari va holatlari haqida ma`lumot beriladi. Nil daryosi, Azov, Kaspiy va Orol dengizlarining geografik xaritalari, manzaralari chizib berilgan. “Usturlob bilan ishlash haqida kitob”, “Yahuhdiylar eralari va bayramlarini aniqlash haqida risola”, “Kitob at-tarix”, “Kitob at-ruhnoma” kabi 16 ta asari ma`lum.


Yüklə 15,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin