va boshka turkman urug‗lari Xorazm hududlariga hujum
qilib talonchilik qilgani, Muhammad Raximxonning bunga chora ko‗rish
uchun
Amir Haydarga yuborgan maktublari natijasiz qolgani aytiladi. Shu sababdan
qo‗shin to‗plab 1821-yil boshlarida Buxoro hududlariga hujum qilgani
ko‗rsatiladi. Buxoro tarixchilari esa, Xiva xonlarining amirlik chegara hududlariga
yurishlarini ko‗prok talonchilik deb baholaydilar. Xususan, ―Tarixi Amir Haydar‖
asari mualliflari ayni o‗sha 1236-yilning sha‘bon (1821-yil may) oyidagi Muham-
mad Rahimxonning Buxoroga yurishini akasi uchun Amir Haydardan o‗ch
olish
niyati bilan bog‗liq deb yozadilar.
Umuman olganda, Buxoro amirligida 1821 yil markaziy hokimiyatga qarshi
bosh ko‗targan Samarqand hududidagi xitoy-qipchoqlar hamda Muhammad
Rahimxon va Umarxonning amirlik hududiga qaratilgan harbiy harakatlari bir-biri
bilan chambarchas bog‗liq edi.
Umarxon Xiva xoniga javob xatini yozishi Qo‗qon bu urushga rozi ekanini
bildirardi:
"...
ushbu vaqtlarda Buxoro podshohi kuchsizlanib qolganimizni nazarda tutib Jizzax, Hisor, Zomin, Yom, O„ratepani davrning nomdor qaroqchi mufsid va navbakorlaridan Xudoyorbek yuzning farzandi Otalqbek, ya‟ni ushbu dargohning bog„iyi (isyonkori)
va xoiniga tortiq qilgan. O„zi esa Buxoro arkini vatan qilmishdir. Bizning niyatimiz shuki, Ramazon ro„zasi, Maliki Mannon toatlari va tasbehlari tugagandan so„ng, Izidi taoloning xohish irodasi bilan shavvol oyining boshlarida o„zimizning saltanat borgohimiz va shavkatli davlatiz chodirlarini Jizzax va Zomin hududi atroflariga yoyishdir. Biz istaymizki, siz janobi oliylari ham ayni shu kelishilgan kun va vaqtli soatlarda o„zingizning bemisl lashkarlaringiz va suvoriylaringiz bilan Amu suvlaridan kechib o„tib ,
Buxoro tumanlariga kirib borsangiz. Toki sarkash dushmanimiz ko„rsinlar va shunga yarasha muomalada bulsinlar. Shunda biz ularning bu holatdagi kuchi qanchaga yetishini bilamiz. Hamma holatda h a m
nusrat (yani, g„alaba) Karim sifatli Zotning qo`lidadir. Vassalom ‖
. “ Shoxnomai nusratpayomdagi ma‘lumotlarga ko‗ra, Umarxon Xiva
elchilariga Abdulholik qorovulbegini hamroh qilib sovg‗a-salomlar bilan jo‗natadi.
Bu hol Buxoroga qarshi rasman Qo‗qon-Xiva harbiy ittifoqining tuzilganidan
darak berardi. Ko‗p o‗tmay ittifoqchilar amaliy harakatlarni ham boshlab
yuborishgan.