279
undan Umarxonning xukmronlik davri voqealari to‗liqligicha ―Shoxnoma-i
nusratpayom‖dan olingan. Attor ―Shoxnomai nusratpayom‖dagi matn va
xoshiyadagi tuzatishlarni e‘tiborga olgan. Qo‗lyozmaning old qismidagi bobni
ham matn ichiga kiritgan. Lekin davriy jihatdan xato joyga, ya‘ni 1813-1814 yil
voqealari ichiga joylashtirgan .
―Shoxnoma-i nusratpayom‖ (hamda ―Tarixi jahonnamoyi‖)dan o‗rin olgan
Muxammad Raximxon maktubi mazmuni budir:
“...men kim Xorazm mamlakatining farmonravosi, ushbu ulug„vor hukmni
o„zimga qabul qilishni lozim deb bildim hamda sultonu sohibqiron, saxovat va
xayr-ehson manbasi, tinchlik va xotirjamlikning sababchisi bo„lmish u zotga
bo„lgan itoatni o„zimga vojib deb bildim. Zero, Allox subhanaxu va taolo Qur‟oni
majid va Furqoni hamidda
marhamat qilganidek: “Allohga, uning
payg„ambarlariga va o„zlaringizdan bo„lgan amirlarga itoat qiling” (Niso 59).
Ushbu kundan e‟tiboran men amiri sohibqironning farmonlariga buysunaman.
Agar men tomonga marhamat nazarlari bilan ishora qilib, sarkashligi bilan
ma‟lum bo„lgan Buxoro podshohining ahvolini xarob qilishga amr qilsalar, agar
Parvardigor o„z lutfi marhamati bilan madadkor bo„lsa, umidvormanki, ularni
tag-tugi bilan yulib tashlardim. Assalom at-taqsir
. ‖
Elchilar keltirgan maktub va Umarxonning unga javobi Xiva xonligi bilan
Qo‗qon xonligi o‗rtasida Buxoro amirligiga qarshi harbiy ittifoq tuzilganini
anglatar edi. Chunki bu ikki tomon o‗rtasidagi elchilar bordi-keldisi uchta davlat
o‗rtasida yuz bergan harbiy-siyosiy jarayonlarga bevosita aloqadordir.
―Shoxnoma-i nusratpayom‖da elchilarning kelish yillari ko‗rsatilmagan, faqatgina
sha‘bon oyidaligi aytilgan. ―Tarixi jahonnamoyi‖da 1236 yil sha‘bon (mil. 1821
yil may) oyi deb berilgan. Bunaday aniq sana balki ―Shoxdoma-i
nusratpayom‖ning Tojikiston nusxasida kelgan va Avaz Muxdmmad Attor uni
o‗sha manbadan olgandir.
XIX asr boshida taxt tepasiga kelgan uchchala hukmdor-Amir Xaydar,
Muhammad Raximxon va Umarxon o‗rtasidagi munosabatlar mahalliy
manbalarda turlicha yoritilgan. Masalan, Amir Haydar Umarxonga taxtga o‗tirishi
munosabati bilan tabriklab hadyalar jo‗natib, do‗stlik taklif qilgani haqidagi matn
saqlanib qolgan. Balki Amir Haydar davlatlararo munosabatlar rasmiy an‘anasiga
amal qilgan holda shunday xat jo‗natgandir.
Qo‗qon va Buxoro tarixi aks etgan ―Muntaxab-ut tavorix‖ asarining muallifi
Hakimxon to`ra ma‘lumotlariga qaraganda, Umarxon
Buxoroga elchi qilib
yuborgan Sayyid Eshonxoja to‗ra Maxdumi A‘zamiyni (vaf.1834/35 y.) Amir
Haydar juda iliq kutib olgan. Bundan tashqari, boshqa manbada Oxund domla Mir
Boqiy Buxoro olimlari bilan bellashish uchun yuborilgani va Buxoro amiri
qo‗qonlik olimning ilmiga tan berib hadyalar bilan kuzatib qo‗ygani haqida
280
tafsilotlar ham aytiladi.
Biroq ikki hukmdor o‗rtadagi do`stona aloqalar uzoqqa cho‗zilmagan.
Xususan, Buxoro tarkibidagi O‗ratepa hokimi Maxmudxojaning (Maxmudxon
Ahroriy, vaf. 1821Y.) Umarxon xizmatiga o‗tib ketishi o‗rtadagi iliq munosabatlar
buzilishining boshlanishi bo‗ldi.
Umarxonning 1810-1820 yillar oralig‗ida amirlik chegarasidagi Jizzaxga
uch-to‗rt marotaba yurishi va O‗ratepa uchun doimiy urushlar hamda Turkistonda
hukmron bo‗lib turgan To‗qi to‗ra Buxoro amiridan yordam olib Qo‗qon
xonligi
hududlarini talon-taroj qilib, karvonlarini talashi ikki davlat o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlarni butkul yomonlashtirgan edi.
O‗rta Osiyo mintaqasida asosiy ta‘sirga ega hukmdor mavqeini egallash
borasida ham Amir Haydar bilan Umarxon o‗rtasida kurash ketgan. Amir Haydar
hukmronligining dastlabki yillarida Usmonli davlati
bilan aloqalarini yaxshilab,
Qo‗qon va Xiva xonliklarini turk Sultoni bilan yaqinlashishiga to‗sqinlik qilib
turadi. Shuning uchun
dastlab Umarxonning Sulton Maxmudga
bay‘at qilish,
to‗g‗, bayroq va yorliq so‗rab yuborgan elchilari natijasiz qaytgan.
Qo‗qon-Xiva o‗rtasidagi munosabatlar masalasida ham qator ziddiyatlar
bor. Xo‗sh, Xiva xoni Muxammad Raximxon Umarxonga shunday
maktub
yuborishi
mumkinmidi?
―Shoxnomai nusratpayom‖da
kelgan maktub
mazmunidan Xiva xoni Muhammad Raximxon Umarxonga so‗siz itoat qilishga
qaror qilgani tasvirlangan. Albatta, bu yerda vaziyat biroz bo‗rttirilgan ko‗rinadi.
Qolaversa, Muxammad Raximxonning bunday taklifi tug‗risida boshqa
manbalarda deyarli ma‘lumot yo‗q. Uchchala davlat hukmdorlari o‗rtasidagi
tortishuvlarni o‗sha davr manbalarida mashhur bo‗lgan she‘riy musobaqada
ko‗rish mumkin. Unda, Umarxon amir Haydardan yuqori turishini ko‗rsatishga
uringan.
Shunga qaramay, Umarxon va Muhammad Rahimxon davrida Qo‗qon Xiva
munosabatlari ancha yaxshi bo‗lgani ma‘lum. 1822-yil bahorida turk sultoni
Sulton Mahmudxonning (1808-1839) Umarxon uchun yuborgan hadyalari va
―xoni xonon‖ yorlig‗ini olib kelayotgan Mir Qurbon Xorazm orqali kelgan. Xiva
xoni Muhammad Rahimxon uning xavfsizligini ta‘minlash
uchun ikki elchini
hamroh kilib yuborgan .
Muhammad Rahimxonning Buxoroga qarshi kurashish uchun Qo‗qon bilan
ittifoq
tuzishini tushunsa bo‗ladi. Chunki, birinchidan Muhammad Rahimxonga
Umarxondan boshqa amaliy yordam ko‗rsata oladigan ittifoqchi topish qiyin edi.
Qolaversa, Dashti Qipchoq bo`ysundirilgach, Qo‗qon bevosita Xorazm hududi
bilan chegaradosh davlatga aylanib, kelgusida Xiva saroyida tinch qo‗shnichilik
munosabatlarini kafolatlash
masalalari ham ko‗ndalang turardi.
Muhammad Rahimxonning xonlik davri aks etgan ―Firdavs-ul iqbol‖